Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə58/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

O‘stirish texnologiyasi

Chakanda yorug‗sevar, sovuqqa chidamli o‗simlik. 
Chakanda urug‗idan, poya va ildiz qalamchalardan ko‗paytiriladi. Chakanda kuzda yoki 
erta bahorda ekiladi. Erta bahorda maysalar bir tekis unib chiqishi uchun urug‗lar bir oy 
davomida qumda stratifikatsiya qilinadi. Urug'lar sabzavot ekish moslamalarida 5 sm 
chuqurlikda ekiladi. Egat oralari 70-90 sm, gektariga 11-13 kg urug‗ sarflanadi. 
Maysalar urug‗lar ekilgandan 10-15 kundan keyin pay do bo‗ladi. Birinchi yili sekin 
o‗sadi, 15-30 sm balandlikka boradi. Shuning uchun har 3-4 sug‗orishdan keyin 
kultivatsiya va yagana ishlari olib boriladi. Birinchi yili 12 marta sug‗oriladi.
Vegetativ ko’paytirish.
Chakandani dorivor va mevali o‗simlik sifatida 
ko‗paytirishda urug‗chi (onalik) butadan qimmatli xo‗jalik belgilariga ko‗ra farq 
qilmaydigan genetik bir xil ko‗chatlar etishtirish imkonini beradigan vegetativ 
ko‗paytirish usulidan foydalaniladi. Chakandani yog‗ochlashgan (qishgi) novda 
qalamchalaridan ko'paytirish istiqbolli usul hisoblanadi, chunki bu usul ishlab chiqarish-
biologik jihatdan sodda, ko‗p mablag‗ va ishlab chiqarish vositalari talab etmaydigan 
usul hisoblanadi. 
Qalamchalarni ildiz oldirib, o‗z ildiziga ega ko‗chatlar yetishtirishning asosi - 
qalamchada yonlama ildizlar hosil qilib, yangi yosh o‗simlik, ya‘ni ona o‗simlikdan 
qimmatli biologik-genetik belgilari va xususiyatlariga ko‗ra farq qilmaydigan bir xil 
klonlar yetishtirish hisoblanadi. Qalamchalar tuproqqa ekilgandan so‗ng ulaming quyi 
qismida (bazal qismida) kallyus yuzaga kela boshlaydi. Qalamchani quyi qismining 
diametri kcsilgan joyida 30-40 % ga ortib, qadoqlar (kallyus) yoki buqoqsimon 
bo‗rtiklar shakllanadilar, ular o‗simlikning zararlangan (kesilgan) qismini berkitadi 
hamda undan kelgusida qulay sharoitlarda yangi ildizlar rivojlanadi. 
Chakandaning yog‗ochlashgan qalamchalari o‗simlikni tinim davrida fevral oxiri-
mart boshlarida oldindan tanlangan va belgilangan yirik mevali va serhosil butalardan 
tayyorlanadi. Qalamchalar istiqbolli shakllarning va Oltoy (Sibir) navlarini urug‗chi 
(onalik) butalaridan tayyorlanadi. Changchi (otalik) o‗simliklar meva bermaydi, ular 
faqat changlatish uchun xizmat qiladi. Qalamchalarni kuzda tayyorlash va qish 
mavsumida tuproqqa ko‗mib quyib, bahorda ekish ham mumkin, lekin bu ortiqcha 


~ 69 ~ 
xarajatlarni talab etadi. Qalamchalar bir yillik va diametri 1 sm dan kam boimagan 
novdalardan 30 sm uzunlikda tayyorlanadi. Qalamchalar novdaning o‗rta qismidan oikir 
bog‗ qaychisi yordamida kesib tayyorlanadi va qalamchalar ekishgacha ho‘l bo‗z 
material bilan o‘ralgan holda saqlanadi. Qalamchalarni ekishdan avval geteroauksining 
0,01 % eritmasida 14 soat ushlansa, ulami ildiz olishi vegetatsiya oxirida 78,8 % ni 
tashkil etadi (suvda ushlangan qalamchalar 68,9% ildiz oladi). 
Qalamchani kesish paytida novda po‗stlogini ko‗chib ketmasligiga e‘tibor berish 
lozim, qalamchani uchki qismi kurtakdan 2-3 sm yuqoridan kesiladi. Qalamchalar orasi 
60 sm, balandligi 20 sm qilib tayyorlangan egatlarning pushtalariga, tayoqcha yoki 
maxsus qoziq bilan oldinroq o‗rin ochilgan erga tik holda ekiladi, tuproq yuzasida 4-5 
sm yoki 1-2 kurtagi qoldiriladi.
Qalamchalar qum, go‗ng va torf aralashmasiga ekiladi. Ekish oldidan 
qalamchalar geteroauksin eritmasi bilan (1 chelak suvga 100 mg) 12-18 soat 20-25°C da 
ishlov beriladi. Erta bahorda ildiz otgan qalamchalar dalaga ekiladi. Ekish sxemasi: egat 
oralari 70 sm yoki 90 sm qilib, ko‗chatlar orasi 10-15 sm. Vegetatsiya davri davomida 
10 martagacha sug'orish, kultivatsiya, 2 marta 60 kg dan ammofos o‗g‗iti bilan 
oziqlantirish kerak. 
Qalamcha ekilgach, uning atrofidagi tuproq zichlanadi. Qalamchalar bir-biridan 
12 sm masofada ekiladi. 60x12 sm sxemada ekilganda 1 gektar ko‗chatzorga 138888 
dona qalamcha joylashtiriladi. Ko‗chatzorda ariqlami nishabligi bir tekisda boiishi 
ko‗chatlami sug‗orishda qiyinchilik tug‗dirmaydi. Qalamchalar ekilgandan 
so‗ng, ular egatlar bo‗ylab zaxlatib sug‗oriladi, bahorda yogin miqdori yetarli bo‘lmasa, 
ko‗chatzorni har 5-10 kunda sug‗orish zarur. Bu davrda begona oilar ham tez o‗sa 
boshlaydi, ular tuproqdagi ozuqa moddalar va namni tez o‗zlashtiradilar, shuning uchun 
egatlar orasi sug‗orilgandan keyin tuproq yetilgach, doimo oilardan tozalanadi va 
chopiq qilinadi. Bu tadbir tuproq aeratsiyasini yaxshilaydi va qalamchalarda kallyus 
paydo bo‘lishini tezlashtiradi.
Chakanda qalamchalari aprel oyida yoppasiga ko‗kara boshlaydi, kurtaklar 
bo‗rtib ilk bargchalar paydo bo‘ladi, bu davrda qalamchaning quyi qismida ildiz tizimi 
shakllanish ham qayd etiladi. May-iyun oyida kallyus hosil bo‘lib, normal ildiz tizimi 
shakllanmagan qalamchalar quriy boshlaydi, o‗z mustaqil ildiz tizimiga ega 
ko‗chatlarda iyulsentabr oylarida jadal o‗sish va rivojlanish kuzatiladi.
Vegetatsiya oxirida qalamchalaming balandligi 32-76 (110) sm bo‘lib, ulaming 
ildiz ohsh va saqlanish darajasi 78,8 % ni tashkil etadi. Ko‗chatlardagi hukmron 
novdalaming diametri 3-5 mm ni tashkil etdi.Chakandani ildiz qalamchalaridan ham 
ko‗paytirish mumkin, buning uchun fevral oxiri-mart oyining boshlarida urug‗chi 
(onalik) butaning yonlama (gorizontal) ildiz poyalari 25-30 sm uzunlikda 
kesib olinadi va egat pushtasiga 4-5 sm chuqurlikka 30° burchak ostida ekiladi va 
zaxlatib sug‗oriladi. Chakanda ko'chatlari doimiy joyiga ekilgandan so‗ng 3-4 yili 
hosilga kiradi.
O‗zbekiston sharoitida chakanda 3 yilgina gullaydi va mevalaydi. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin