Fanidan Amaliy mashg’ulotlar


Urug’idan o‘stirish agrotexnikasi



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Urug’idan o‘stirish agrotexnikasi. 
Chakandani urug‗idan ko‗paytirish sodda usul 
bo‗lib, ko‗plab tannarxi past va moslashuvchan ko‗chatlar etishtirish imkonini beradi. 
Chakanda urug‗lari quruq saqlanganda 3 yilgacha unish qobiliyatini yo‗qotmaydi. 
Urug‗larda organik tinim davri bo‗lmaganligi sababli, yilning har qanday davrida-kuzda 
yangi terilgan urug‗lar bo‗lsin, yoki bahorda quruq saqlangan urug‗lar bo‗lsin, nam 
tuproqqa ekishi bilan 8-12 kunda qiyg‗os unib chiqadi. Urug‗ko‗chatlar yetishtirish 
uchun foydalaniladigan urug‗lar sog‗lom, yirik va qizg‗ish mevali, serhosil butalardan 
teriladi. 
Chakanda urug‗larini to‗liq fiziologik etilishi, ular mevalarini to‗liq pishib yetilish 
davriga to‗g‗ri keladi. Chakanda urug‗larini sentabrnoyabr oylarida terish mumkin. 
Terib olingan mevalardan sharbati olingach, qolgan urug‗lar meva po‗stloqlari bilan 
birgalikda quritiladi va ventilyatorda sovurib, g‗alvirdan elab, toza urug‗lari ajratib 
olinadi. 
Mevalardan urug‗larni ajratib olishda sharbat ajratuvchi mashinalar yoki qo‗l 
yordamida harakatlanadigan sharbat ajratuvchi moslamalardan foydalanish mumkin. 


~ 65 ~ 
Mevalardan sharbat chiqishi 72-80% ni tashkil etadi. 1 kg yangi terilgan mevalardan 
toza urug‗ chiqishi 10-14 %ni taslikil etadi.
Chakanda mevasi asosan bir urug‗li, kamdan kam hollarda yaxshi rivojlanmagan 
ikkinchi urug‗i ham uchraydi. Urug‗larining rangi odatda jigarrang, yaltiroq, uzunasiga 
choki mavjud. Urug‗laming uzunligi 4-7 mm, diametri 2,5-3,5 mm, shakliga ko‗ra 
cho‗zinchoq-ovalsimon. 1 kg urug‗larida 83-130 ming dona urug‗lari bo‗ladi. 
Respublikamizda keng tarqalgan yovvoyi chakandaning mevalari mayda, sharsimon-
ovalsimon o‗itacha 5,7-6,1 mm diametrga ega, 100 dona mevalari og‗irligi 9,5 grammga 
teng. Ularning urug‗lari ham mayda, 1000 dona ui'ug‗larining og‗irligi 7-8 g atrofida. 
Yirik mevali shakllarda meva uzunligi 7-8 mm, diametri 5-6 mm, 100 dona mevalari 
og‗irligi 12-16 g atrofida boiishligi kuzatiladi. 1000 dona urug‘larining ogirligi 11-12 
grammga teng. Urug‗murtagi endosperm bilan birgalikda mustahkam urug‗ po‗stlog‗i 
ostida joylashgan boiib, urug‗ qobigi yaltiroq va silliq, ishonchli himoya 
funksiyasini bajaradi. 
Kuzda 
sepilgan 
urug‘lar 
8-12 
kunda 
unib 
chiqib, 
qishgi 
sovuqlardan zararlanishi mumkin, shuning uchun urugiami tuproqqa ekishning eng 
optimal muddati - mart-aprel oylari hisoblanadi. Bunda kuzda tayyorlangan va 
bahorgacha quruq holda saqlangan urug‘lardan foydalaniladi. Chakanda umgiarini 
mexanik tarkibiga ko‗ra yengil, qumoq va unumdor tuproqlarga ekish maqsadga 
muvofiqdir. 
Urug‘lar 
ko‗chatzorga oldindan tayyorlangan, oraligi 60 sm, balandligi 18-20 sm boigan 
egatlarga qoÍ yordamida sepiladi. Urug‘lar egat ustiga kengligi 10 sm va chuqurligi 2-3 
sm bo‘lgan ariqchalarga bir tekisda sepiladi, so‗ngra mayin tuproq bilan bir xil 
qalinlikda 
berkitiladi. Urug‗ ekib bo‘lingach, egat usti valik yordamida yengil zichlanadi, bu tadbir 
tuproqda hosil bo‘lgan bo‗shliqlarni bartaraf qiladi, tuproq namligini urug‘larga 
ko'rsatadigan ta‘sirini yaxshilaydi. So‗ngra urug‗ ekilgan egatlar usti 2-3 sm qalinlikda 
yog‗och qirindisi bilan qoplanadi (mulchalanadi) va bu qatlam urug‘lar unib 
chiqqandan so‗ng ham qoldiriladi. Egatlarni mulchalash tuproqni qatqaloq boiishiga 
yo‘l qo‗ymaydi. Tuproqda namni uzoq vaqt bir xilda saqlanishi umgiarni qiyg‗os 
unishini va yuvenil o‗simliklarni rivojlanishini ta‘minlaydi. 
Urug‗ ekish normasi 4 g/m. Urug‗ ekish chuqurligi 2-3 sm. Tavsiya etilgan usulda 
urug‘ sepish, kelgusida ko‗chatzordagi ko‗chatlarni parvarishlash jarayonida 
bajariladigan agrotexnik tadbirlami mexanizatsiyalashtirishga imkon beradi va 1 gektar 
ko‗chatzorning 
mahsulot beradigan maydonini 1,7 ming m
2
bo‘lishini ta‘minlaydi. Urug‘lar ekib 
bo‘lingach, egatlar zaxlatib sug‗oriladi. 
Urug‘larni unish davri va nihollarni paydo bo‘lish davrida yog‘ingarchilik yetarli 
bo‘lmagan hollarda egatlar tez-tez sug‗oriladi. Tuproqning ustki qatlamini doimo nam 
holda ushlab turish nafaqat urug‘larni qiyg‗os unib chiqishini, balki unayotgan 
urug‘lami va yosh nihollarni tuproq yuzasiga osonlik bilan chiqishini 
ta‘minlaydi.
Chakanda mezogigrofit o‗simlik, shu sababli ham uning urug‗ ko‗chatlarini 
yetishtirish davrida tuproq namligi 60-70 % darajada ushlab turiladi, bu esa vegetatsiya 
davrida 14-16 ta sug‗orishni amalga oshirishni taqozo etadi: mayda - uchta, iyunda- 


~ 66 ~ 
to‗i*tta, iyulda-to‗rtta, avgustda - 4 ta va sentabrda - bitta. Sug‗orishlar orasidagi 
muddat 7-8 kunni tashkil etadi. Sug‗orishdan so‗ng, tuproq chopiq uchun yetilgach
qator oralaridagi tuproq yumshatiladi, egatlar begona o‗tlardan tozalanadi, jami 
vegetatsiya davrida bu agrotexnik tadbir 6-8 martagacha o‗tkaziladi.
Chakanda urug‗ko‗chatlarini yetishtirish uchun yarim soya bog‗lar orasidagi 
ko‗chatzorlar juda mos keladi, chunki urug‗ko‗chatlar nihollik davrlarida tik tushadigan 
quyosh nurlaridan zararlanib qurib qoladilar. Chakanda nihollari sekin o‗sadi, 
chunld ulaming dastlabki o‗sish davrlarida ildiz tizimi shakllanadi, urug‗ko‗chatlami 
o‗sishini tezlashishi vegetatsiyaning ikkinchi yarmida kuzatiladi. Bir yillik 
urug‗ko‗chatlar vegetatsiya oxirida 8-25 (34) sm balandlikka va 2-3 mm diametrga ega 
bo‗ladilar. Urug‗ko‗chatlar ko‗chatzorda 2-3 yil parvarishlanadi, so‗ngra doimiy joyiga 
ko‗chirib o‗tkaziladi. Ushbu agrotexnika tizimiga amal qilinib parvarishlangan 
urug‘ko‗chatlar 1 pog.m egatda 36-51 dona yoki 600-850 ming dona/gektar miqdorida 
ko‗chat chiqishini ta‘minlaydi.
Urug‗ko‗chatlarni er ustki qismi 15 sm dan va ildiz bo‗g‗inidagi diametri 2 sm dan 
kam bo‗lmaganlari standart urug‗ko‗chatlar hisoblanadilar (GOST 3317-90 talablari 
bo‗yicha). Shu o‗rinda ta‘kidlash lozimki, Chakandani urug‗idan ko‗paytirganda, 
yetishtirilgan ko‗chatlaming 50-65% changchi (otalik) o‗simliklar sifatida 
shakllanadilar. Urug‗idan ko‗paytirilgan ko‗chatlarda ota-onalik qimmatli xo‗jalik 
belgilari to‘liq saqlanmaydi. Changchi va urug‗chi o‗simliklarni novda kurtaklariga 
binoan ajratish mumkin: urug‗chi (onalik) o‗simliklar kurtaklari maydaroq bo‘ladi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin