Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

 
Nazorat savollari 
1.Na‘matak o‗simligi urug‘idan qanday ko'paytiriladi? 
2. Na‘matak o‗simligini parvarish ishlari nimalardan iborat? 
3. Na‘matak tibbiyotda na‘matak qanday ishlatiladi? 
4. Na‘matak o‗simligining tarkibida qanday moddalarbor? 
5. Chakanda o‗simligi qaysi yo‗l bilan ko'paytiriladi?
6. Chakandaning urug‗iga qanday ishlov beriladi? 
14-amaliy mashg’ulot 
Mavzu:
Buta dorivor o’simliklar (qora mevali aroniya, na’matak, 
chakanda ) o’simliklarini dala sharoitida vegetativ ko’paytirish usullari
 
Mashg‘ulotning maqsadi:
talabalar mashg‗ulot davomida na‘matak. Aroniya 
va chakanda o'simligini o‗stirish uslublari bilan tanishadilar va o‗rganadilar. 
 
Zarur 
narsalar:
 
Plakatlar, 
gerbariylarr, 
xomashyo 
namunalari, 
urug‗lar, jadvallar. 
 
Na’matakni vegetativ yo‘l bilan ko‘paytirish usullari

Na‘matak turlarini 
vegetativ ko‗paytirish urug‗idan ko‗paytirishga nisbatan ancha qulay, shu bilan birga 
ulaming tezroq hosilga kirishi ham kuzatilgan. Bu usul bilan ko‗paytirishda 30-35 sm 
uzunlikda o'simlik poyalaridan olinib qalamchalar tayyorlanadi. Ularni uch tomonlarini 


~ 67 ~ 
yuqoriga qilib bog‗-bog‗ qilinib yerga ko‗mib qo‗yiladi. Mart oyining boshlarida 
qalamchalarni qator oralig‗i 70-75 sm, ko‗chat oralig‗i 30-35 sm qilib, olingan 
qalamchalar ekib chiqiladi. Qalamchalarni 10-15 sm qismi tuproqdan chiqib turishi 
kerak. 
O‘simlikni ikki yil mobaynida yaxshi parvarishlab o‗stiriladi. Uchinchi yilga 
borganda mart oyining birinchi o‗n kunligida plantatsiyalar hosil qilish uchun 
tayyorlangan erga qator oralig‗i 5-6 m, ko‗chat oralig‗i 2,0-3,0 m masofada ekib 
chiqiladi. O‘simlikni ekishda ko‗chat va qator oralig'iga ishlov berish va uning hosilini 
terib olish hisobga olinishi lozim. 
Na‘matak 
ekilgan 
jo‗yaklar 
yaqinidan 
sug‗orish 
uchun 
egatlar 
olinadi. Jo‗yaklardagi tuproq to‗la namlanadigan darajada jildiratib sug‗oriladi, keyin 
kultivatsiya qilinadi, chuqurlardan o‗sib chiqqan yirik begona o‗tlar qo‗lda yulib 
tashlanadi. Bunda shuni ham nazarda tutish kerakki, kultivatsiya chuqur botganida yoki 
qo‗l kuchi bilan chuqur chopilganida ildiz tarmog‗i zararlanishi mumkin. Ildiz 
zararlangan erda bachkilari ko‗payib ketadiki, u o‗simlik turining rivojlanishiga xalaqit 
beradi, tup hosili kamayadi. Hosil bo'lgan ildiz bachkilari asta olib tashlanishi kerak. 
Agar uning ildiz tarmog‗i yaxshi rivojlangan bo‗lsa, nobud bo‗lgan 
ko‗chatlar o‗miga ekiladi. Agar ildizlari yaxshi rivojlanmagan, kesilgan bo‗lsa, yaxshi 
rivojlanguniga qadar alohida erga o‗tkazib qo‗yiladi.
Tavsiya etilgan agrotexnikaga qat‘iy amal qilinganda ko‗chatli na‘mataklar 
ekilganidan keyingi ikkinchi yili mevaga kiradi. Ko'chatlar 2-3 yili va undan keyingi 
yillarda qiyg‗os mevaga kiradi. 
Na‘matak ekilgan erlarga gektar hisobiga 110 kg azot, 80 kg fosfor va 60 kg kaliy 
o‗g‗iti beriladi. O‗g‗itlar sug‗orishdan oldin berilishi maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Na‘matak poyalari 5 yilgacha o‗sib turadi, keyin ular o‗sib chiqishi bilan almashtiriladi. 
Eski poyalar vaqti-vaqti bilan qirqib tashlanadi. Yoki har 6-7 yilda ekinzoming barcha 
poyalari olib tashlanib, yoshartirilgan ekinzor bir yildan keyin gulga va mevaga 
kiradi. Na‘matakning asosiy kasalligi yaproq va yosh poyalari, shoxchalarga kuyasimon 
zamburug‗ tushishidir. Unga qarshi kurashish uchun o‗simlik oltingugurt kukuni bilan 
seven qorishmasi vositasida ishlov beriladi. Har gektar erga 20-30 kg oltingugurt va 1- 
2,4 kg seven solinadi. Na‘matak bilan ish olib borilganda qalin qo‗lqop kiyish zarur 
bo‗ladi. Unga ishlov berishda va ulardan foydalanishda maxsus ko‗nikma va bilimga 
ega bo‗lgan mutaxassislar shug‗ullanishi kerak.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin