~ 75 ~
berkitiladi va usti 40-50 sm li tuproq bilan berkitiladi. Kichik partiyadagi yong‗oqlarni
qatlam holatida yog‗och yashiklarda saqlasa bo‘ladi. Qurg‗oqchilik hududlarda
yong‗oqlarni qorongi erto‘lalarda saqlanadi.
Eman yuvenil yoshida sekin o‗sadi va shoxlanadi. Ulardan eman nihollarini
yoshlik davrida sekin o‗sishi, noqulay sharoitlarga moslashuvchanlik natijasida yuzaga
kelgan biologik xususiyatdir. Sharoitni yaxshilanishi (sug‗orish, tuproq yumshatish)
ular o‗sishini tezlashtiradi. Masalan, sug‗orish mavjud sharoitlarda 2
yoshli eman
urug‗ ko‗chatlar 110-120 sm balandlikka, 4 yoshlilari 187-254 sm balandlikkacha
o‗sadi.
O‘zbekistonning barcha sug‘oriladigan erlarida emanzorlar tashkil qilsa bo‘ladi.
Quyosh nuri yetarli tushadigan tog‘li rayonlarda va sug‘orilmaydigan lalmi erlarda ham
bemalol o‘sadi. Lekin unumdor va sug‘oriladigan erlarda nisbatan yaxshi o‘sadi.
O‘zbekistoning cho‘l sharoitida hamda sho‘rlanishga moyil bo‘lgan erlarda esa yomon
o‘sadi. Uning mevasi yong‘oq meva bo‘lib, avgust oyida pishib erga tushgan mevalari
terib olinadi. Terilgan bu mevalar dastlab niholxonalarda 7-8 sm chuqurlikka ekiladi.
Erta bahorda urug‘laridan yosh nihollar o‘sib chiqadi. Keyin ular kerakli maydonlarga
ko‘chiladi.
Sun‘iy emanzor barpo etishda ekiladigan maydonlarga ertangi shudgor
tizimiga
ishlov berish maqsadga muvofiqdir. Bu ishlar bahorgi ko‘lam yomg‘rilaridan keyin
ya‘ni aprel-may oylarida bajarish kerak.
Ko‘chatlarni ekish oldidan tayyorlangan erlarga KРT-З kultuvatori
(yumshatgichi) yordamida bir marotaba ishlov beriladi. Undan keyin esa eman
ekiladigan zonadagi tuproq ЩСГ-1 yordamida chuqur yumshatiladi. Ushbu tizimda er
tayyorlash ekiladigan eman ko‘chatlarini yaxshi o‘sishiga yordam beradi.
Eman yetishtirishda o‘stirilgan ko‘chatlardan standartlarda
javob beradigan
eman ko‘chatlari tanlab olinadi. Ularni qo‘l kuchi yordamida terassalar asosining
o‘rtasiga 30-35 sm li chuqur kovlab, ko‘chatlar tuproq qatlami ustidan (sirtidan) 10-12
sm pastga ekiladi. Ko‘chatlarni ushbu usulda ekish, ko‘chatlarni tuproqning pastki
qatlamidagi namlikdan yaxshi foydalanishiga imkon beradi.
Har bir chuqurga bir
donadan ko‘chat o‘tkaziladi. Ko‘chatlarning oralig‘i 1,5-2 m bo‘lishi mumkin. Ekilgan
ko‘chatlarning ikkinchi yilgi rivojlanish davrida azot, fosfor va kaliy o‘g‘itlari 50
kg/gek dozada beriladi.
Dostları ilə paylaş: