Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə65/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

 
Nazorat savollari. 
1.Jo‘ka daraxtining botanik tavsifini izohlang? 
2. Jo‘ka daraxtining qanday shifobaxsh xususiyatlari bor? 
3. Jo‘ka daraxtining ko‘paytirish usullarini tushintiring?
4. Eman daraxtining botanik tavsifini izohlang? 
5. Eman daraxtining qanday shifobaxsh xususiyatlari bor? 
6. Eman daraxtining ko‘paytirish usullarini tushintiring?
16-amaliy mashg’ulot 


~ 76 ~ 
Mavzu:
 Tog’ va tog’oldi hududlarida dorivor (bo’znoch, kiyiko’t, andiz, 
dastarboshi, parpi) o’simliklarini yetishtirish texnologiyasi 
Mashg‘ulotning maqsadi:
talabalarga mashg‗ulot davomida bo‘znoch, 
kiyiko‘t, andiz, dastarboshi, parpi o'simligini o‗stirish uslublari bilan tanishtirish va 
o‗rgatish. 
 
Zarur 
narsalar:
 
Plakatlar, 
gerbariylarr, 
xomashyo 
namunalari, 
urug‗lar, jadvallar. 
Nazariy tushuncha
Qora andiz
 
(
Inula helenuim
) - astradoshlar (asteraceae )oilasiga mansub, 
ko‗p yillik bo‗yi 100-150 sm yetadigan o‗t o‗simlik. Poyasi bitta yoki bir nechta, tik 
o‗suvchi, 
sertuk, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi bargi uzun bandli, yirik ellipssimon yoki 
cho‗ziq tuxumsimon, barg plastinkasi tishsimon qirrali bo‗lib, yuqori tomoni siyrak va 
qattiq tukli, pastki tomoni esa yumshoq sertuk. Poyaning yuqori qismidagi barglari 
bandsiz, pastdagilari esa qisqa bandi bilan poyada ketma-ket o'mashgan. 
Gullari tilla rangda bo‗lib savatchaga to‗plangan. Savatchalar poya va 
shoxlarning yuqori qismida qalqonsimon yoki shingilsimon gul to‗plamini tashkil 
qiladi. Savatchaning chetidagi gullari sariq tishsimon, o‗rtadagilari ham sariq tukli 
naychasimon, gullaming kosacha bargi tukka aylanib ketgan, mevasi cho‗ziq to‗rt 
qirrali, jigarrang yoki qo‗ng‗ir pista. Iyul oyidan boshlab sentabr oyigacha gullaydi, 
mevasi avgust - oktabr oylarida pishadi.. 
Kimyoviy tarkibi.
 
Ildiz va ildizpoyasi tarkibida 1-3% efir moyi, 44% gacha inulin, 
uglevod, alkaloidlar, saponinlar bor. Efir moyi 0,16% gacha tez qotuvchi kristal massa 
bo‗lib, o‗ziga xos hid va mazaga ega. 
Ishlatilishi

Balg‗am ko‗chiruvchi dori sifatida, me‘da va ichak kasalliklarida, efir 
moyi antiseptik (yallig'lanishga qarshi), gijja haydash xususiyatiga ega. «Alanton» dori 
preparati olinadi. «Alanton» yallig‗lanishga qarshi, qon tomirlarni mustahkamlaydi. 
Antiseptik vosita sifatida ishlatiladi. Tibbiyotda ildizi va ildizpoyasi ishlatiladi. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin