Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə73/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Dorivor gulxayri
 

Althaea officinalis
— gulhayridoshlar (Malvaceae) 
oilasiga mansub, ko‗p yillik o‗tsimon o‗simlik. Bo‗yi 3-4 yilda 2,5 m ga yetadi. 
Ildizpoyasi yo‗g‗on sertarmoq. Ildizi qalin etli, oq tusda. Ildizlari 120 sm 
chuqurlikkacha boradi. Ildizpoyasi va o‗q ildizi birinchi yillar oxirlaridayoq 
yog‗ochga aylanadi. Barglari navbatma- navbat joylashgan, 5-18 sm uzunlikda bo‗lib,
mayin tuklar bilan qoplangan, o‗rta barglar 3 yoki 5 bo‗lakli. 
Gullari poyadagi yuqori va o‗rta barglarining hamda novdalarining qo‗ltiqlarida, 
shuningdek, shu novdalaming yuqori qismida joylashib, 3-10 to‗pguldan iborat to‗pgul 
hosil qiladi. Gullari oq pushti rang, kengligi 30 millimetrgacha bo‗lib, qisqagina bandi 
bor, qo‗sh kosachali. 


~ 83 ~ 
Mevalari yassi lappaksimon, 15-25 dona ayrim-ayrim urug‗larga bo‗linadi. 
Urug‗i buyraksimon, silliq jigarrang tusda, 5-3 millimetr uzunlikda, 1000 dona 
urugining vazni 2-2,7 g.
Kimyoviy tarkibi.
 
Ildizida 35% gacha shilliq modda 37% kraxmal, 16% ga yaqin 
qand, asparagin, bargi va gulida 02% efir moyi, karotin va S vitamini bor. 
Ishlatilishi

Yo‗tal, buyrak kasalliklari, ko‗krakni
 
yumshatuvchi, balg‗am 
ko‗chiruvchi omil sifatida ishlatiladi. 
O‘stirish texnologiyasi

Olib borilgan kuzatishlarda ma‘lum bo‗lishicha, 
gulxayri havoning quruqligiga, tuproqning qisqa muddatda qurishiga (ildiz tarmoqlari 
yaxshi rivojlanganligi tufayli) bardosh beradi. U shamolga chidamli, qishki sovuqlarda 
talofat ko‗rmaydi. Dorivor gulhayri tuproq tanlamaydigan o‗simlik. Respublikamizda 
tarqalgan barcha turdagi tuproqlarda o‗saveradi. Faqat sho‗r tuproqli va botqoq erlani 
yoqtirmaydi.
Urug‗ olinadigan dalalarda ekin 6-8 yil saqlanadi. Shu boisdan gulxayri poliz, 
sabzavot ekinlaridan bo‗shagan, begona o‗tlardan tozalangan maydonlarga ekiladi. 
Kuzda shudgorlash vaqtida har gektar maydonga 70 kg dan sof superfosfat yoki 40 
tonnadan go‗ng solinadi. Maydon 25-30 sm chuqurlikda haydaladi. Gulxayri urug‗i 
erta bahorda (mart) yoki kech kuzda ekiladi. Kuzda ekilganlaming unishi yaxshi 
bo‗ladi.
Bahorda ekilgan o‗simlik qiyg‗os unishi uchun urug‗ 2-3 soatcha 20-25 daraja 
issiq suvda ivitib qo‗yiladi. Keyin to‗shalgan brezent yoki bo‗z ustiga 
yupqa qilib yoyiladi, tez qurishi uchun dam-badam aralashtirilib turiladi. 
Sochuluvchan holga kelgach, ekishga kirishiladi, urug‗ qadash chuqurligi 1 sm 
atrofida. Qator oralig'ini 60-70 sm qilib ekiladi va gektariga 8-10 kg urug‗ sarflanadi.
Sabzavot urug‗i ekish uskunasi yordamida ekiladi. Maysalarda 3-5 tadan barg 
hosil bo‗lgach, egat olinadi va ketma-ket suv qo‗yiladi. Birinchi sug‗orishdan 7-10 kun 
keyin yagana qilinadi. Har bir metr erda 5-7 tadan nihollar qoldiriladi. Nihollami bu 
darajada siyraklashtirilishi o‗simlikning erkin o‗sishini ta‘minlaydi: ikkinchi va undan 
keyingi yillarda o‗simlik bo‗yi 230-250 sm ga yetadi.
Gulxayri ekilgan maydon birinchi yili namgarchilikni hisobga olgan holda 8-10 
marta sug‗oriladi (may -1, iyun-2-3, iyul-3, avgust-2, sentyabr-1). Ikkinchi va keyingi 
yillarda esa 6-8 marta sug‗oriladi. 2-3 martda o‗toq qilinadi. Zaruratga ko‗ra 
o‗simliklar orasidagi begona o‗tlar qo‗l kuchi bilan yo‗qotiladi. Gulxayri tuplarining 
shox-shabbalari bir-biriga tutashib ketganidan keyin begona o‗tlar kun ko‗rolmay 
qoladi, o‗sib ketgan begona o‗tlar qo'lda yulib tashlanadi. O‘simlik poyasi 
qirqilmay dalada qishga qoldiriladi. U qorni tutib qolishda yordam beradi va tuproqni 
yuvilishidan saqlaydi. 
O‗rilgan 
poyalar daladan yig‗ib olingach, bahorda uning qator 
oralariga kultivatorda ayni vaqtda har gektar erga 60 kg dan azotli 


~ 84 ~ 
o‗g‗itlar Solinadi (aprel-may boshlarida). Shonalash oldidan (iyun boshlarida) o'simlik 
shox-shabbalari tutashib ketgo'nga qadar ikkinchi marta azotli o‗g‗it solinadi. 
Gulxayri hayotining ikkinchi yili (iyulning oxiri avgustning boshlarida) meva tugadi. 
Urug‗lari poyasining 10 sm dan 230 sm gacha balandligida, asosiy qismi 60-180 sm 
oralig‗ida joylashgan. Mevasi pishgandan keyin uzoq to‗kilmay turadi, bu esa to 
avgust oyigacha urug‗ yig'ish imkonini beradi. Buning uchun gulxayri 
poyasi meva joylashish balandligida o‗roq bilan qirqiladi. Bog‗-bog‗ qilib xirmonga 
olib boriladi. Urug‘lari don sovurgichda tozalanib qoplarga joylanadi. Ildizi ikkinchi 
yili, oktabr oyida qaziladi. Yarim sm yo‗g‗onlikdagi yon ildizlari xomashyo 
hisoblanadi. Qazib olingan ildizlari silkitib, tuprog‗i tushuriladi, oqar suvda yaxshilab 
chayiladi. Ulami tez shilliqlanguniga qadar yuviladi. Keyin qurigan ildizlari 20-25 sm 
uzunlikda joyida qirqiladi. Yog‗ochga aylana boshlagan ildiz va ildizpoyalar olib 
tashlanadi. Keyin pichoq bilan po‗sti shilinadi. Soya joyda quritiladi. Qurigan ildiz 20-
25 kg dan qilib qopga, har biri 50 kg dan qilib qutilarga joylanadi va havo almashib 
turadigan quruq xonalarda 3 yilgacha saqlanadi. Har gektar maydondan 20-22 
sentnergacha hosil olish mumkin. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin