Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə71/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

 
Zarur narsalar:
 
Plakatlar, gerbariylarr, xomashyo namunalari, urug‗lar, jadvallar. 
Nazariy tushuncha 
Sug‘oriladigan yerlar uchun dehqonchilik tizimini yaratishda iqlim, tuproq va 
iqtisodiy sharoitlarni hisobga olish lozim. Bularga quyidagilar kiradi: 


~ 81 ~ 
- iqtisodiy ahamiyatga ega bo‘lgan jadal almashlab ekishni o‘zlashtirish, 
sug‘orishga ta‘sirchan ekinlarni ekish; 
- oqar suvlardan va yog‘ingarchilikdan samarali foydalanishga imkon beradigan 
erlarni izlash tizimini qo‘llash; 
- almashlab ekishda oziq rejimini yaxshilash va barcha ekinlarning suvdan 
foydalanish koeffisentini oshirishga imkon beradigan o‘g‘itlash tizimimi va usullarini 
qo‘llash; 
- ekinlardan sifatli va mo‘l hosil olishni ta‘minlaydigan parvarish tizimini amalga 
oshirish; 
- begona o‘tlarga, hasharotlarga va kasalliklarga qarshi kurashishning yuqori 
samaradorlikka ega bo‘lgan choralarni qo‘llash;
-qayta sho‘rlanish va botqoqlashishga qarshi kurashish.
Yuqoridagi barcha amallarni bajargandan so‘ng, tayyorlangan er turli xil qishloq 
xo‘jalik ekinlar va boshqa ekinlar ekish va yetishtirish mumkin.
Maxsar
 (Carthamnus)
– murakkabguldoshlar oilasiga mansub bir yillik moyli ekin 
hisoblanadi. Uning 19 turi ma‘lum, aksariyat qismi O‘rta dengiz atrofi, G‘arbiy va o‘rta 
Osiyoda o‘sadi. Vatani Efiopiya va Afg‘oniston. Dehqonchilikda asosan bo‘yoqdor 
maxsar turi (Carthamnus tinctorius) ekiladi. O‘zbekistonning Jizzax, Toshkent, Sirdaryo 
viloyatlarining lalmi erlarida ekiladi.
Maxsar issiqsevar, qurg‘oqchilikka juda chidamli ekin. Bo‘yi 60-120 sm, poyasi 
sillik, barglari nashtarsimon, tikanli va tikansiz. To‘pguli savatcha, sarg‘ish-jigarrang. 
Mevasi pista, urug‘i oqish. 1000 dona urug‘ining og‘irligi 25-50 gr. Chettan changlanadi. 
Vegetatsiya davri 95-135 kun. Tuproq tanlamaydi. Urug‘i 1-2
o
C da una boshlaydi
maysalari -6, -7
o
C sovuqqa bardosh beradi. Urug‘I tarkibida 47% gacha moy bo‘ladi.
Moyi yuqori sifatli margarin, texnikada oq-sariq bo‘yoq va emallar tayyorlashda 
ishlatiladi. Kunjarasi chorva mollari uchun to‘yimli ozuqa (yem) hisoblanadi.
Maxsar o‘simligi almashlab ekishda kuzgi bug‘doy va makkajo‘xoridan keyin 
ekiladi. Urug‘ hosili gektariga o‘rtacha 10-12 s. Ko‘k massasi hosili esa o‘rtacha 30-40 s. 
O‘zbekistonda maxsarning ―Millutin-114‖ va boshqa navlari ekiladi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin