Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

19-amaliy mashg’ulot 
Mavzu:
 Sho’r yerlarda dorivor (dorivor gelega, dorivor gulxayri, dorivor 
tirnoqgul, qalampir yalpiz) o’simliklarini yetishtirishning samarali usullarini 
o’rganish 
Mashg‘ulotning maqsadi:
 
talabalarga mashg‗ulot davomida sho‘r erlarda dorivor 
o‘simliklar yetishtirishning samarali usullarini o‘rgatish 
Zarur narsalar:
 
xomashyo namunalari, plakatlar, urug‗lar, gerbariylarr. 
 
Nazariy tushuncha 


~ 82 ~ 
Sho‘rlangan tuproqlar quruq iqlimli hududlarda tarqalgan. O‘zbekiston 
tuproqlarining 50% dan ko‘proq qismi turli darajada sho‘rlangan. Bunday tuproqlar 
boshqa qit‘alarda ham uchraydi.
Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra ko‘ra, sho‘rlangan tuproqlar qatqaloq, momiqsimon, 
mayin va qora sho‘rxok tuproqlarga bo‘linadi. 
Qatqaloq sho’rxok
tuproqning betida 
yupqa tuz qatlami hosil bo‘ladi. U, asosan, xlorid tuzidan iborat bo‘ladi, sulfatlar kam 
bo‘ladi. 
Mayin sho’rxok
tuproqlarda, asosan, sulfatlar (ayniqsa, Na
2
SO
4
) ko‘p bo‘ladi. 
Qora sho’rxok
tuproqlarda, asosan, natriy bikarbonat ko‘p bo‘lganligi sababli chirindi 
tarkibidagi gumin kislota eriydi va tuproqqa qora tus beradi. 
Sho‘rlangan tuproqlarda, tabiiy xolda, asosan, galofitlar o‘sadi, ularga sho‘r va 
yuqori osmotik bosimga ega bo‘lgan tuproq eritmasida o‘sishga moslashgan oddiy va 
qora sho‘ra o‘simliklar kiradi. 
O‘simliklarning turiga qarab, tuproqlarning sho‘rlanish darajasini aniqlash 
mumkin. Sho‘rlanmagan yoki kuchsiz sho‘rlangan tuproqlarda ajriq, jumurtqa; kuchsiz 
sho‘rlangan tuproqlarda oqbosh, alaf; o‘rtacha sho‘rlangan tuproqlarda shuvoq, sho‘ra, 
oq jusan; kuchli sho‘rlangan tuproqlarda oddiy sho‘ra, qizil sho‘ra va qirq bo‘g‘in 
o‘sadi. 
Sho‘rlangan erlarda sizot suvlarining er betiga ko‘tarilishini to‘xtatib, sho‘r 
yuvish bilan tuproqlarni meliorativ holatini yaxshilash mumkin. Sug‘oriladigan erlarda 
esa, asosan, dala atroflarida katta zovurlar qazish, tuzni yuvish, ihota daraxtlar 
o‘tqazish va boshqa usullar bilan tuproqning sho‘rini kamaytirish mumkin. Natijada bu 
erlarda har xil qishloq xo‘jalik ekinlari bilan bir qatorda dorivor o‘simliklarni ham 
yetishtirishga katta imkoniyat tug‘ilishi mumkin. Buning uchun sug‘oriladigan 
joylarda suvdan to‘g‘ri foydalanish, sizot suvlar sathining ko‘tarilishiga yo‘l 
qo‘ymaslik, suv yo‘qolishiga barham berish lozim. Yaratilgan yangi ekin maydonlarini 
tekkislash, almashlab ekishni joriy etish, sho‘rlangan tuproqlarning sho‘rini yuvish va 
boshqa zarur yumushlarni o‘z vaqtida bajarish kerak. Sho‘rlik darajasi kamaytirilgan 
tuproqlarda ayrim dorivor o‘simliklarni yetishtirish texnologiyasini ko‘rib chiqamiz. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin