D. Yormatovaning yozishicha, uning ildizlari baquvvat bo‗lgani bois
tuproqning 2,5-3 metr pastidan namni o‗zlashtirib, o‗simlik rivojlanishi uchun sharoit
yaratadi, namni juda tejab sarflaydi. O‘simlik gullagan vaqtida havo nam bo‗lib,
yomg‗ir ko‗p yog‗sa, uning changlanishi kamayadi. Masxar past haroratga bardosh
berish bilan birga issiqqa ham chidamli o‗simlik hisoblanadi. Havo quruq kelsa, garmsel
shamollar bo'lsa, gullari urug‗lanmaydi va natijada puch bo‗lib qoladi.
O‘simlik suvga ham unchalik talabchan emas. Vegetatsiya davomida 3-4 marta
sug'orilsa, uning o‗sishi va rivojlanishi uchun yetarli hisoblanadi. Masxar to‘liq gullab
bo‗lgandan keyin 20-25 kun ichida pishadi. Avvalo, bosh poyaning eng yuqorisidagi,
keyin yon shoxlarning savatehalaridagi urug‗lar etiladi. Urug‗lari pishib ketsa ham
to‗kilmaydi. Chunki savatcha barglar bilan mahkam o‗ralgan bo‗ladi. Bu hosilni nobud
qilmasdan don kombaynlari yordamida yig‗ishtirib olish mikonini beradi. Hosilni
yig‗ishtirib olib, uni birdaniga o‗rib yanchish lozim. Agar u avval o‗rib. keyinroq
yanchilsa, savatchalari erda qolib ketadi va hosil cho‗g‗i kamayadi. Agar agrotexnik
tadbiriar o‗z vaqtida o'tkazilsa, bo‗yoqli masxar o‗simligi ekilgan maydonning har
gektaridan 200-250 kg gacha gul barglari va o‗rtacha 12-15 sentnergacha urug‗
yig‗ishtirib olish mumkin.
Nazorat savollari 1.Maxsarning bioekologiyasi haqida nimalarni bilasiz.
2. Maxsar qaerlarda yetishtirilari?
3. Maxsar yetishirish agrotexnikasi qanday?
18-amaliy mashg’ulot Mavzu: Sug’oriladigan va sug’orilmaydigan erlarda dorivor o’simliklarini (maxsar) yetishtirishning samarali usullarini o’rganish Mashg‘ulotning maqsadi: talabalar mashg‗ulot davomida sug‘oriladigan erlarda
o‘stiriladigan dorivor o'simliklari yetishtirishning samarali uslublari bilan tanishadilar
va o‗rganadilar.