Fanidan Amaliy mashg’ulotlar


Tarkibida efir moyi, flavonoidlar (kvarsetim, motelin,  diosmetin), alkaloidlar va oshlovchi moddalari bor



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə67/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

 
Tarkibida efir moyi, flavonoidlar (kvarsetim, motelin, 
diosmetin), alkaloidlar va oshlovchi moddalari bor.
 
Ishlatilishi

Preparatlari va damlamasi dumaloq gijjalar va ostiritsalami tushirish va 
jigar kasalliklarida o‗t haydovchi vosita sifatida (tanakin preparati) hamda ba‘zi ichak 
kasalliklarini davolash uchun qo‗llaniladi. 
O‘stirish usullari

Qurg‗oqchilikka chidamli, tuproq tanlamaydi. Ko‗p yillik 
shuning uchun dastarbosh ekinzorlari 5 yilgacha saqlanadi va undan foydalaniladi. Kuz 
(oktabr) va bahorda (mart) bir chiziq bo‗lib qator oralari 70 sm qilib ekiladi. Urug‗lari 
mayda shu boisdan bir tekis ekish uchun urug‗ bir nisbatda qum, go‗ng yoki chirindiga 
aralashtiriladi. Gektariga 6-8 kg urug‗ sarflanadi. Urug‗ 0,5 sm chuqurlikka qadaladi art 
oxirida ekkanda, urug‗ 10-12 kunda o‗sib chiqadi. O‘simlik 3-4 yaproq chiqarishi bilan 
egat olinadi. Har bir uyada 1-2 ta o‗simlik qoldiriladi. Ular oralig'i 10-15 sm qilib 
yagonalanadi.
Dastarbosh begona o'tlar bilan bemalol bellashib ulami yozning 2 chi yarmida va 
keyingi yillarda bosib ketadi. Shu sababli qatorlardagi yirik begona o‗tlarni o‗toq 
qilish va yumshatish zaruratga qarab o‗tkaziladi. Yilning ob-havo sharoitiga qarab 
sug‗orib turiladi.
O‘simlik hayotining birinchi yili avgustda bo‗yi 1 metrga yetadi va gulga kiradi. 
To‗pgullari birinchi yiliyoq yig‗iladi, guldor poyali yassi to'pguli 2 sm uzunlikda 
tokqaychida qirqib olinadi. Dastarbosh noyabr oyigacha gullaydi va vaqti-vaqti bilan 
uni yig'ib olinadi. urug‗ oktabr oyining boshlarida pishadi.
O‘simlikning er ustki qismi erta bahorda to‗pgullari chiqqunga qadar o‗rib olinadi. 
Dastarbosh o‗simligi unib chiqqandan keyin oralariga ishlov berishch, begona o‗tlardan 


~ 78 ~ 
tozalash, sug‗orish va o‗g‗itlash lozim. Vegetatsiya davomida 7-8 marta sug‗orish 
kerak. 
Harorat yuqori bo‗lgan oylarda sug‗orish normasini oshiriladi. Dastarbosh ekilgan 
erlarga har yili gektariga 90-100 kg azot, 70 kg fosfor va 50 kg kaliy berish maqsadga 
muvofiq bo'ladi. 
Dastarbosh xomashyosini birinchi yildan boshlab yig‗iladi. O‘simlik juda qalin 
chimhosil qiladi. Uni er ustki qismini erta bahorda o‗rib olinadi. O‘simlik qorlami va 
yomg‗ir suvlarini ushlab qolish qobiliyatiga ega bo‗lganligi uchun uni ko‗proq 
eroziyaga uchraydigan erlarga, ayniqsa, sel ko‗proq keladigan tog‗li rayonlarga ekishni 
tavsiya qilinadi. 
O‘simlikningy er ustki qismi zaharli bolganligi uchun uni chorva mollariga 
yedirmaslik kerak. Birinchi yili dastarbosh to‗liq gullaganida uning gul to‗plarini 
tokqaychilar bilan qirqib yig‗iladi. Ikkinchi marta sovuq tushguncha (noyabr oylarida) 
gullarini yig‗ib olinadi. Urug‗larini 3 yilgacha saqlash mumkin. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin