Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə53/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

O‘stirish texnologiyasi

Na‘matak turlari ko‗p urug‗ va meva berishi bilan 
birgalikda polikarlik o‗simlik hisoblanadi. Adabiyotlarda ko‗rsatilishicha va olib 
borilgan tajribalar natijalari na‘matak urug‗larining qiyin unuvchi urug‗lar qatoriga 
kirishi aniqlangan.
Haqiqatan ham tabiatda bu o‗simlikning yosh nihollari kamdan kam hollarda 
uchrashi kuzatilgan. 
Urug’idan ko’paytirish.
Na‘matak urug‗larini tayyorlashda O‗zbekiston 
sharoitida avgust oyining birinchi yarmida o‗simlik mevasi sarg‗ish-qizg‗ish rangga 
o‗ta boshlaganda yig‗iladi. O‘simlik mevalari urug‗idan ajratilib, 1 qism urug'ga 3 qism 
qum bilan aralashtiriladi. Aralashma 60-70 sm chuqurlikdagi o‗raga solinib usti 
yopilgan holda, har 10-15 kunda namlab, iloji bo‗lsa 1 oyda bir marta urug‗lami 
chuqurdan olib yana aralashtirilgan holda qayta ko‗mib qo‗yiladi. Urug‘lar shu usulda 
stratifikatsiya qilinganda ularning unuvchanligi ortadi. Tayyorlangan urug‗lar kuzda 30-
35 sm chuqurlikda haydalgan, go‗ng va fosforli o‗g‗itlar bilan o‗g‗itlangan, boronalab 
tekislangan erlarga (erta bahorda), qator oralig‗i 65-70 sm li jo‗yaklarga sepiladi yoki 
55-65 sm jo‗yaklarga oralig‗i 10-15 sm qilib 3-4 tadan 1,0-1,5 sm chuqurlikda ekib 
chiqiladi. Ekilgan urug‗lami ustiga 1 sm qalinlikda mayda chiritilgan go'ng yoki 
yog'och qipig‗i ham sepilsa namlikni saqlab turishga yordam beradi. Shu bilan birga 
nihollami sovuq urishidan asraydi. Bahorning kelishiga qarab, dastlabki nihollar mart 
oyining birinchi dekadasida o‗sib chiqadi. Mart oyida o'simlikni begona o‗tlardan 
tozalab qator oralariga ishlov beriladi. Har oyda 3-4 martadan sug‗orilib kultivatsiya 
qilinadi. May-iyun va iyul oylarida gektar hisobiga 50-60 kg azotli o‗g‗itlar bilan 
oziqlantirish nihollaming yaxshi o‗sishiga yordam beradi.
Na‘matak o'simligida zamburug‗li 
un-shudring
kasalligi tez tarqalishi 
mumkinligini hisobga olgan holda aprel oyidan boshlab har oyda ikki martadan 
oltingugurt kukuni purkab turiladi.
Ayrim na‘matak o‗simligini pol-pol qilib ham ekish mumkin. Buning uchun 
yuqoridagi usulda tayyorlangan urug‗lami kech kuz noyabr-dekabr oylarida yoki fevral 
oyida uzunligi 5-8 m, eni 1,5 m pol qilinib tuproqlari yumshatilib, fevral oylarida 
urug'lar sepiladi. Urug‗ ustiga 1,5-2,0 sm qalinlikda chiritilgan go‗ng yoki yog‗och 
qipig‗i sepiladi. Yog‗ingarchilik kam bo‗lgan vaqtlarda urug‗ ekilgan maydonlar 
sug‗orilib turiladi.
Nihollar unib chiqqandan keyin ham azotli o‗g‗itlar bilan oziqlantirilib, tez-tez 
sug‗orib turiladi. May oyida nihollarga oltingugurt kukuni purkaladi. Yaxshi parvarish 
qilinganda may oyining birinchi dckadalarida nihollaming bo‗yi 10-15 sm, poyada 6-8 
tagacha barglar paydo bo‗ladi va ildizlari 10-12 sm ga yetadi. Shu nihollami ildizlarini 
1,0-2,0 sm chilpib, qator oraliqlari 6065 sm, ko‗chat oralig‗i 10-15 sm qilib suv quyilib 
zaxlatilgan egatlarga ekib chiqiladi va tez-tez sug‗orilib turiladi.
Ekilgandan 10-15 kundan so'ng ko‗chatlami qator oralariga ishlov berish, azotli 
o‗g‗itlar bilan o‗g‗itlash va vaqti-vaqti bilan oltingugurt preparati bilan purkash ishlari 
olib boriladi.
Ko‗chatlarni iyun va iyul oylarida begona o‗tlardan tozalab, har 10-12 kunda 
sug‗orib turiladi. Kech kuz oylariga borib kuchaglar tayyor bo‗ladi. Ko‗chatlami kuz 


~ 64 ~ 
oylarida yoki erta bahorda qator oraliti 5-6 m, ko‗chat oralig‗i 2-3 m qilib o‗tkazib 
na‘matakzorlar barpo etish mumkin.
Na‘matak maydonlarini qator oralarini ishlash bilan birgalikda zamburug‗li, 
virusli kasalliklariga qarshi kurash olib borish, azotli o‗t itlar bilan oziqlantirish va kuz 
oylarida organik o‗g‗itlar bilan o‗g‗itlash lozim bo‗ladi. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin