Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə45/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

 
O‘simlik damlamasi, preparatlari nafas yo‗llari kasalliklarida 
ishlatiladi. Tinchlantiruvchi yig‗malar tarkibiga kiradi. 
O‘stirish texnologiyasi

Dorivor issop o‗simligini yetishtirish, Dorivor issop 
o'simligi asosan urug‗idan va vegetativ yo‗l bilan ko‗paytiriladi. Uning yaxshi o‗sishi va 
rivojlanishi uchun unumdor tuproqlar va quyosh yaxshi tushadigan maydonlami tanlash 
kerak bo‗ladi. Issop ko‗p yillik o‗simlik bo‗lgani uchun uni almashlab ekish dalalariga 
joylashtirishni rejalashtirmaslik kerak, chunki u bir erda 20-25 yil davomida hosil 
berishi mumkin. 
Dorivor issop o'simligi ekiladigan erlarni kuzda gektar hisobida 15-20 tonna 
chirigan go‗ng va 30-40 kg superfosfat, yog‗ingarchilik kam bo‗ladigan mintaqalarda va 


~ 54 ~ 
sizot suvlari chuqur joylashgan tuproqlarda 20 kg dan azot o‗g‗iti berib erni 
25-28 santimetr chuqurlikda haydab qo‗yiladi. 
Issopni urug‗idan ko‗paytirish eng yaxshi usul hisoblanadi. Uning eng mo‗tadil 
ekish vaqti oktabr oyining oxiri va noyabr oyining birinchi dekadasi hisoblanadi. 
Urug'lar chuqurroq ekiladi. Agarda ekish bahor oyiga qoldirilsa, urug‗lar stratifikatsiya 
qilinishi shart. Buning uchun ularni namlangan qumli yashiklarga solib, isitilmaydigan 
xonalarda saqlanadi. Urug‗lar qurib qolmasligi va mog‗orlamasligi uchun vaqti- vaqti 
bilan. namlab turiladi. Ekishdan oldin erlar begona o‗tlar qoldiqlaridan tozalanadi
boronalanadi va mola bilan tekislanadi. Havo harorati 15-17 gradus isiganda egat oralari 
70 sm qilib ekiladi. Har bir gektar erga 4 kg gacha urug‗ sarflanadi. Agar tuproq 
tarkibida nam yetishmasa ekilgandan keyin darhol sug‗oriladi.
Urug‗lar 6-8 kunda unib chiqadi. Oradan 10-12 kun o'tgach maysalarda 2-3 tadan 
chin barg hosil bo‗ladi va o'simlik oralarini kultivatsiya yordamida yumshatiladi va 
begona o‗tlardan tozalanadi. Bahor oylaridagi yog‗ingarchilik natijasida issop 
ekilgan maydonlarda qatqaloqlar paydo bo‗lishi bilan o'simlik oralari yumshatiladi va 
shu bilan birga yagana qilinib, har bir tupda 20-30 sm uzunlikda 2-3 ta dan o‗simlik 
qoldiriladi. 
Ekilgan o‗simliklar iyun oyining oxirlarida shonalaydi. Kuzda ekilgan o‗simliklar 
may oyining oxiri va iyun oylarining boshlarida gulga kiradi. Shonalash fazasigacha 
o‗simlik ikki marta sug‗oriladi va suvdan keyin o‗simlik oralari kultivatsiya bilan 8-10 
sm chuqurlikkacha yumshatiladi. Bahorda ekilgan o‗simliklar iyul oyining boshlarida 
gullay boshlaydi. Bu davrga kelib issopning ildiz tizimi yaxshi rivojlanganligi uchun 
o‗simlik baquvvat bo‗lib o‗sa boshlaydi.
Issopni oziqlantirishni shonalash fazasida boshlash tavsiya qilinadi. Sug‗orishdan 
avv al gektariga 50 kg azotli, 30 kg kaliyli o‗g‗itlar bilan oziqlantiriladi. O‘simliklarni 
suyultirilgan go‗ng bilan oziqlantirish yaxshi natija beradi. Issop ekilgan maydonlar har 
2-3 sug‗orishdan keyin dala o‗toq qilinishi lozim. Ikkinchi oziqlantirish o‗simlik gullash 
fazasida gektariga 40-50 kg azot va 20 kg fosfor o‗g‗iti berish bilan tugatilishi kerak. 
Uning bitta to‗pgulida 16-20 tagacha gui bo‗ladi. Uning gullari ertalab soat 6-7 da 
ochiladi. Shu vaqtda issop ekilgan maydonlarda asalari va kapalaklar paydo bo‗ladi. 
Vegetatsiya davomida dorivor issop havo haroratini hisobga olgan holda 6-8 marta 
sug'oriladi. 
O‘simlikning xomashyosi boshoqli to‗pgul hisoblanadi. Ularning ommaviy gullash 
fazasida gulbandlarining uzunligi 30 sm bo‗lganda (avgustning ikkinchi yarmida) 
xomashyosi yig‗iladi. Xomashyo yangi o‗rilgan paytda uning tarkibida nam ko‗p 
bo‗ladi. O‘simlik mog‗orlab ketmasligi uchun uni yaxshi shamollatiladigan 
bostirmalarga yupqa qilib stellajlarga uyib qo‗yiladi. Hosil shamolsiz quruq vaqtda 
yig‗iladi. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin