Fanidan Amaliy mashg’ulotlar


Lavanda tarkibida Efir moylari (linalaol vauning murakkab  efirlari, geraniol) bor.  Ishlatilishi



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

 
Lavanda tarkibida Efir moylari (linalaol vauning murakkab 
efirlari, geraniol) bor. 
Ishlatilishi.
 
Efir moyi linastetat surtma dorilar va kuygan joylarni davolashda 
Ishlatiladigan «Pavian» aerozoli tarkibiga kiradi. Atir-upa sanoatida keng ishlatiladi. 
O‘stirish texnologiyasi

Lavanda o‗simligi quyosh yaxshi tushadigan va namni 
yaxshi o‗tkazadigan tuproqlarda o‗stiriladi. Lavanda o‗simligi urug‗idan ko‗paytiriladi. 
Urug‗lar kech kuzda dalaga ekiladi. Bunda qishlash davrida rozetka holida o‗taydilar. 
Agarda urug‗lar bahorda ekilsa, bunda urug‗lami maxsus joylarda va salqin erda 
saqlanadi. Nam qumni qutilarga vaqti-vaqti bilan ularni mog‗orlamasligi uchun namlab 
va aralashtirib turiladi.
Bahorda urug‗lar aprelning boshlarida egat oraliqlarini 70 sm qilib ekiladi. Bir 
gektarga 4-4,5 kg urug‗ sarflanadi. Ekishdan so‗ng sug‗oriladi. Urug‗lar 10-12 kunda 
unib chiqadi, 2-3 bargcha chiqqandan so‗ng qator oralariga traktorda ishlov beriladi va 
kultivatsiya qilinadi. Bundan tashqari er yumshatiladi va yagana qilinadi. Yagana 
qilishda bir tupda 2-3 tadan o‗simlik qoldiriladi, ulaming oralig‗i 20-30 smni tashkil 
qiladi.
Kuzda ekilgan o‗simliklar may-iyun oylaridan gullaydi va bahorda ekilganlari iyul 
oyida gullaydi. Lavanda o‗simligining ildiz tizimi yaxshi tarmoqlanganligi 
sababli ko‗p sug‗orishni talab etmaydi. Vegetatsiya davomida 6-9 marta sug‗oriladi. 2-3 
sug‗orishdan so‗ng gektariga 80-100 kg dan ammiakli selitra va 70-80 kg superfosfat 
solinadi. Go‗ngli eritma bilan oziqlantirilsa maqsadga muvofiq bo‗ladi. 
Dorivor issop.
 
Dorivor issopning bo‗yi 30-80 sm li chala buta
o‗q ildizli yog‗ochlangan. Asosiy qismi yog‗ochlangan, shoxlangan, poyasi 4 qirrali 
qisman tukli yoki tuksiz. Barglari 24 sm uzunlikda qarama-qarshi joylashgan, deyarli 
bandsiz, cho‗zinchoq lantsetsimon, pastki qismni chetlari nisbatan qayrilgan, yuqoridagi 
barglari mayda.
Gullari binafsha pushti, oq rangli, 3-7 barg to‗plamlari qo‗ltig‗ida joylashgan 
bo‗lib, ular uzunchoq boshoqsimon. 20-22 sm uzimlikdagi to‗pgullami hosil 
qiladi. Mevasi 4 ta noaniq 3 qirrali, uzunchoq teskari mayda tuxumsimon 
yong‗oqchalardan iborat (2,5-3 mm). Yong‗oqcha laming yuzasi do‗ngchali qo‗ng‗ir 
qora rangda. 1000 dona urug‗ vazni 0,9-1 g. 
Kimyoviy tarkibi.
Issop gullari tarkibida efir moylari bor. 
Ishlatilishi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin