~ 59 ~
o‘simlik urug‘idan ko‘payib, ochiq maydonda juda yaxshi rivojlanadi. Urug‘i
tuxumsimon, uch qirrali yong‘oqcha, rangi tо‘q-qо‘ng‘ir yoki qо‘ng‘ir qora, usti silliq.
Tog‘ jambil gullaganda er ustki qismi o‘rib olinib, quritiladi va maydalab, sim g‘alvirda
elanadi. Tayyor mahsulotning tashqi ko‘rinishi barg,
gul hamda ingichka poya
aralashmalaridan (ba‗zan faqat bargdan) iborat. Bargi mayda,
qisqa bandli, tekis qirrali,
qirrasi ko‘proq ichiga qayrilgan bo‘lib, naycha shaklini hosil qiladi.
Shuning uchun ham
bargi chiziqsimon ko‘rinishda bo‘ladi. Tekislangan barg lansetsimon, uzunligi 5-10 mm,
eni 2-3 mm, ba‗zan 5 mm.
Gullari mayda, yakka yoki bir
nechtasi birga joylashgan, gulkosachasi och yashil, ikki
labli, besh tishli (yuqori labi 3 tishli, pastki labi esa ikki tishli) bo‘lib, oqimtir dag‘al tuklar
bilan qoplangan.
Dostları ilə paylaş: