Fanidan Amaliy mashg’ulotlar


Yetishtirish texnologiyasi



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə50/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Yetishtirish texnologiyasi
. Tog‘ jambil asosan efir moyi olish uchun ekiladi.
Lekin chet mamlakatlarda manzarali o‘simlik sifatida ham o‘stiriladi. Tog‘jambil 
issiqsevar o‘simlik bo‘lib, tabiiy holda janubiy viloyatlarning tog‘li zonalarida o‘sadi. 
Katta yoshli vakili suvsizlikka chidamli bo‘lib, agar erda namgarchilik yuqori bo‘lsa, 
olinadigan mahsulot tarkibidagi efir moyining miqdori kamayishiga olib keladi. 
O‘simliklarni ko‘paytirish va parvarishlashda tajriba o‘tkazilayotgan joyning 
tuprog‘i, iqlim sharoiti va shu o‘simlikning tabiiy arealiga mosligi e‗tiborga olinadi. 
Tuproqning mexanik tarkibi uning strukturasiga va unumdorligiga ta‗sir etadi. Erni 
haydash va kultivatsiya qilish kabi agrotexnik tadbirlar ham tuproqning mexanik 
tarkibining o‘zgarishiga ta‗sir qiladi. Shuningdek namlik ham o‘simlikning o‘sishi va 
rivojlanishi uchun eng asosiy omillardan hisoblanadi.
Turli xil tuproqlarning namlikni saqlash darajasi ham har xil bo‘ladi. Qumli tuproq 
namlikni faqat 5-6 %, qumloq tuproq namlikni 15-20 %, soz tuproq namlikni 30 % gacha 
va undan ortiq ham saqlashi mumkin. Qarshi vohasining keskin kontinental iqlim sharoiti 
kelib chiqishiga ko‘ra subtropik iqlimga mansub bo‘lgan turlarni ko‘paytirish va 
parvarishlash uchun ancha qiyinchilik tug‘diradi. Shu sababli o‘rganilayotgan turlarni 
ko‘paytirish va parvarishlash usullarini o‘rganish dolzarb vazifa hisoblanadi.
Tog‘ jambili O‘zbekistonning barcha tuproq-iqlim sharoitida ekib o‘stirish mumkin. 
O‘simlikdan yuqori hosil, ya‗ni yashil massa yig‘ib olish uchun unga sho‘rlanmagan, 
mexanik tarkibi o‘rtacha, unumdor, dukkakli va g‘alla ekinlaridan bo‘shagan erlarni 
tanlash tavsiya etiladi.
Urug’idan kо’paytirish.
Tog‘ jambilining urug‘i juda mayda bo‘lib, 1000 ta urug‘ 0,2-
0,3 g keladi, uning unuvchanligi 70-80 foizgacha bo‘ladi. O‘z-o‘zidan urug‘i yordamida 
ko‘paygan yosh nihollarni ona o‘simlik atrofida uchratish mumkin. Urug‘larni to‘liq 
pishib yetilmasdan yig‘ib terib olish yaramaydi. Yangi terilgan urug‘ning unuvchanligi 70-
80 % ni tashkil qilib, 4-5 yilgacha saqlanadi. Saqlanishning 4 yiliga kelib ko‘rsatkichlar 
20-40 % ga tushib ketadi. Erga sepilgan urug‘larning unib chiqishi uchun namlik yuqori 
bo‘lishi kerak. Ayniqsa erning ustki qatlamida. Urug‘lar sepilgandan so‘ng 8-10 kunlar 
ichida ular unib chiqa boshlaydi. Tog‘ jambili o‘simligini urug ‗idan ko‘paytirish uchun 
yashikchaga yoki maxsus urug‘ ekish uchun ajratilgan joydagi tuproqqa qum va oz 
miqdorda o‘g‘it aralashtirib tayyorlanadi. Keyin urug‘larni sepiladi va ustiga juda yupqa, 
1-1,5 sm qalinlikda tuproq sepiladi. Keyin urug‘ sepilgan joyni oyna bilan yopiladi. 
Chunki uruqqa issiqlik tushishini ta‗minlash lozim. Urug‘larga namlikni meyorida saqlab 
turish uchun suv sepib turiladi. Unib chiqqan nihollar juda nozik bo‘ladi. Ular 
ehtiyotkorlik bilan bitta-bitta qilib doimiy joyiga ekiladi. O‘simlik urug‘ini katta 
maydonlarga ekishdan avval er yaxshilab ishlanadi, har xil o‘t va ildizpoyalardan 
tozalangandan so‘ng urug‘ sepiladi. O‘simlikni katta maydonlarga ekilganda urug‘lar 
seyalkalar yordamida gektariga 6-7 kg dan, chuqurligi 1-1,5 sm, oraliq masofasi 45-60 sm 
qilib ekiladi.
Tog‘ jambilning urug‘lari 3-4 kundan so‘ng una boshladi. Ungan urug‘larning 
barchasida urug‘ teshikchasidan avval murtak ildizcha, keyin sarg‘ish-yashil rangdagi 
urug‘pallabarg o‘sib chiqdi. Urug‘larning unuvchanligi 40 % ni tashkil etdi.


~ 61 ~ 
Dala sharoitida tog‘ jambil ning urug‘lari mart oyining oxirgi dekadasida ekildi. 0,5-1 
sm chuqurlikda. ekilgan urug‘lar 8-kundan keyin er yuziga o‘sib chiqa boshlaydi. Bu 
paytda nozikkina urug‘pallabarglarning bo‘yi 1 mm, eni 1,1 mm ni tashkil etadi. 
Urug‘larning unishi er ustki ekanligi aniqlangan.
Urug‘ unib chiqqandan 4-6 kun o‘tib maysalarda chinbarg hosil bo‘la boshladi. 10-12 
kunlik maysalarda 2-juft barglar shakllanib bo‘ldi. 1 oylik maysalarda 12-15 juftdan barg 
va I-tartibli novdalar hosil bo‘ldi. Bu paytda maysalarning bo‘yi 4-6 sm ga yetdi. 
Urug‘pallabarglar 35-40 kundan so‘ng tushib ketdi. 2 oylik nihollarda 20-30 juftdan barg 
va II tartibli novdalar hosil bo‘ldi. Iyul-avgust oylarida o‘simlikda o‘sish kuzatilmadi.
Maysalar avgust oyining uchinchi o‘n kunligidan o‘sa boshladi. Vegetatsiya oxirida 
asosiy poyaning bo‘yi 34,1 sm, I tartibli novdalar uzunligi 12,7 sm, II tartibli novdalar 
uzunligi 4,9 sm ga yetdi. Mart oyida urug‘idan ekilgan nihollar keyingi yili aprel oyining 
ikkinchi o‘n kunligidan gulga kirdi. Generativ davrida o‘simlikning balandligi 60-55 sm 
bo‘ldi. Shunday qilib, tog‘ jambil ni ekib, ko‘paytirish orqali dorivor o‘simliklar sonini 
oshirishga erishish ularning shifobaxshlik xususiyatlaridan xalq tabobatida foydala-
nishning istiqbolini ko‘rsatadi. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin