Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə51/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Vegetativ kо’paytirish
Tog‘ jambilni vegetativ ko‘paytirishda qalamchadan yoki ona 
o‘simlikdan tuplarga ajratib olingan yosh o‘simlik kuzda (oktabr) ekiladi. O‘simlikni 
ko‘chatdan ko‘paytirishning qulay muddati oktabr-noyabr oyi hisoblanib, bu vaqtda 
ekilgan ko‘chatlar erta bahorda – fevralning oxiri, mart oyining boshlarida jadal o‘sadi. 
Ekilgan maysalar ko‘karuvchanligi ikkala turda ham yuqori bo‘lib, 80-90 % ni va 
saqlanish ko‘rsatkichi 75-80 % ni tashkil etadi.
Tabiatda o‘simliklar qalamchasini oson yoki qiyinchilik bilan ildiz hosil qilishi 
birinchi navbatda o‘simlikning kelib chiqishiga bog‘liq. Oson ildiz hosil qiladigan 
o‘simliklar yog‘in miqdori yuqori bo‘lgan subtropik mintaqaga mansub bo‘lsa, qiyin ildiz 
hosil qiladigan o‘simliklar kelib chiqishiga ko‘ra quruq iqlimli mintaqaga mansub. 
Tog‘ jambilning qalamchalari ekiladigan maydonchani ekishga tayyorlab olish uchun 
kul, qum, unumdor tuproq va mahalliy o‘g‘it aralashtirib erga solindi. Qalamchalar 
o‘simlikning novdalaridan uzunligi 4-6 sm qilib tayyorlandi va ekiladigan maydonchaga 
o‘tqazildi. Qalamchalar tuproqqa 3-4 sm gacha chuqurlikda, oralig‘i 5-6 sm kenglikda 
qilib ko‘miladi. Qalamchalarni ikkinchi yili doimiy joyiga ko‘chirdik. Ko‘chatlarni 
ko‘chirishni erta bahorda, fevral oxiri-mart oyining boshida amalga oshiriladi. 
Ko‘chatlarning yuqori darajada tutib ketishi maxsus agrotexnik qoidalarga rioya 
etishimizga bog‘liqdir. Ko‘chatlarni ko‘chirib o‘tkazish murakkab jarayon bo‘lib, uni 
kovlab olayotganda ildiz sistemasining zararlanishi mumkin. Shuning uchun 
kovlayotganda ildizni ehtiyotlash va qurib qolishdan saqlash kerak. Tog‘ jambilining 
vegetativ ko‘paytirishda, uni bir necha tuplarga bo‘lib yoki vegetativ novlalaridan ham 
foydalaniladi. Vegetativ novdasidan foydalanishda o‘simlikning yoshiga e‘tibor qaratish 
kerak. Chunki, vegetativ novda hosil qilishi yoshiga qarab o‘zgarib boradi. Masalan, tog‘ 
jambil 1 yoshli, 2 yoshli va 3 yoshli o‘simliklarini tuplarga ajratiladi va 2-3 yoshli 
o‘simliklardan 45-60 tagacha, 1 yoshli o‘simliklardan esa 2-5 tagacha yangi o‘simlik 
ajratib olish mumkin. 
Tog’ jambilning yoshiga ko’ra tuplarga ajratib ko’paytirish

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin