Chakanda (jumrutsimon chakanda, chirqanoq) -
Oblepixa -
Hippophae rhamnoides - jiydadoshlar
(Elaeagnaceae) oilasiga mansub, bo'yi 4-6 metr ikki uyli
buta yoki daraxt. Poyasi sershox va tikanli bo‗lib, qo‗ng‗ir - yashil po‗stloq bilan
qoplangan.
Bargi oddiy, chiziqsimon tekis qirrali, yuqori tomoni kulrang to‗q-yashil,
pastki tomoni esa oq yoki qo‗ng‗ir rangli yulduzsimon tangachalar bilan qoplangan,
shuning uchun biroz sarg‗ish-qo‗ng‗ir-kulrang yoki oq tusli bo‗lib ko‗rinadi.
Barglari poyada kalta bandi bilan ketma-ket joylashgan. Gullari bir jinsli, ko‗rimsiz.
Mevasi - dumaloq yoki cho‗zinchoq sariq yoki qizshsh rangli, sersuv danakli meva.
Kimyoviy tarkibi. Chakanda o‗simligining mevasi tarkibida S, V, B
2
, E,
vitaminlari yog‗, flavonoidlar, organik kislotalar va boshqa moddalar bo‗ladi. Urug‗i
tarkibida yog‗, V, E vitaminini karotin, oqsil va boshqa birikmalar bor.
Ishlatilishi. Chakanda moyi og‗riq qoldiruvchi va yarani tez bitiradigan ta‘sirga
ega, Radioaktiv nurlar bilan davolanganda uning ta‘siridan zararlangan teri, shilliq
qavatlar, yaralar va kuygan qizilo‗ngach, me‘da, me‘da yarasi, vitamin yetishmasligidan
kelib chiqqan avitaminoz hamda ba‘zi ginekologik kasalliklarni davolashda ishlatiladi.
O‘stirish texnologiyasi . Chakanda yorug‗sevar, sovuqqa chidamli o‗simlik.
Chakanda urug‗idan, poya va ildiz qalamchalardan ko‗paytiriladi. Chakanda kuzda yoki
erta bahorda ekiladi. Erta bahorda maysalar bir tekis unib chiqishi uchun urug‗lar bir oy
davomida qumda stratifikatsiya qilinadi. Urug'lar sabzavot ekish moslamalarida 5 sm
chuqurlikda ekiladi. Egat oralari 70-90 sm, gektariga 11-13 kg urug‗ sarflanadi.
Maysalar urug‗lar ekilgandan 10-15 kundan keyin pay do bo‗ladi. Birinchi yili sekin
o‗sadi, 15-30 sm balandlikka boradi. Shuning uchun har 3-4 sug‗orishdan keyin
kultivatsiya va yagana ishlari olib boriladi. Birinchi yili 12 marta sug‗oriladi.