Fanidan Amaliy mashg’ulotlar


Na’matak mevalarini yig‘ish va quritish



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə57/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Na’matak mevalarini yig‘ish va quritish.
 
Na‘matak mevalari to‗liq pishib 
yetilmasdan qizil rangga o‗ta boshlagandan to sovuq tushguncha yig‗iladi. Hosil to‗liq 
pishganda (sentabr oylarida) yig‗ish tavsiya etilmaydi. Chunki pishib etilgan mevalami 
quritish qiyin va o‗simlik o‗sadigan maydonlarda sovuq tushishi natijasida 
undagi askorbin kislotaning keskin kamayib ketishi ham kuzatilgan. Mevalarni 
yig‗ishda rezina yoki brizentli qo‗lqoplardan foydalanish mumkin.
Serhosil maydonlardan o‗rtacha 1 tonnagacha na‘matak mevasini yig‗ish 
mumkin. Har bir ish kunida 20-25 kg na‘matak mevasini yig‗ish mumkin. 
Na‘matak mevalari maxsus qurituvchi moslamalarda 80-90°C da bir necha soat 
davomida yoki kuz oyining issiq kunlarida salqinda quritish tavsiya etiladi. Mevalami 
quritish vaqtida vaqtivaqti bilan aralashtirib turish talab etiladi. Oftobda quritish 
natijasida xomashyoning sifati buzilishi mumkin.


~ 68 ~ 
Chakanda
(jumrutsimon chakanda, chirqanoq) 

Oblepixa

Hippophae 
rhamnoides
- jiydadoshlar 
(Elaeagnaceae)
oilasiga mansub, bo'yi 4-6 metr ikki uyli 
buta yoki daraxt. Poyasi sershox va tikanli bo‗lib, qo‗ng‗ir - yashil po‗stloq bilan 
qoplangan. 
Bargi oddiy, chiziqsimon tekis qirrali, yuqori tomoni kulrang to‗q-yashil, 
pastki tomoni esa oq yoki qo‗ng‗ir rangli yulduzsimon tangachalar bilan qoplangan, 
shuning uchun biroz sarg‗ish-qo‗ng‗ir-kulrang yoki oq tusli bo‗lib ko‗rinadi. 
Barglari poyada kalta bandi bilan ketma-ket joylashgan. Gullari bir jinsli, ko‗rimsiz. 
Mevasi - dumaloq yoki cho‗zinchoq sariq yoki qizshsh rangli, sersuv danakli meva. 
Kimyoviy tarkibi.
 
Chakanda o‗simligining mevasi tarkibida S, V, B
2
, E, 
vitaminlari yog‗, flavonoidlar, organik kislotalar va boshqa moddalar bo‗ladi. Urug‗i 
tarkibida yog‗, V, E vitaminini karotin, oqsil va boshqa birikmalar bor. 
Ishlatilishi.
 
Chakanda moyi og‗riq qoldiruvchi va yarani tez bitiradigan ta‘sirga 
ega, Radioaktiv nurlar bilan davolanganda uning ta‘siridan zararlangan teri, shilliq 
qavatlar, yaralar va kuygan qizilo‗ngach, me‘da, me‘da yarasi, vitamin yetishmasligidan 
kelib chiqqan avitaminoz hamda ba‘zi ginekologik kasalliklarni davolashda ishlatiladi. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin