~ 78 ~
tozalash, sug‗orish va o‗g‗itlash lozim. Vegetatsiya davomida 7-8 marta sug‗orish
kerak.
Harorat yuqori bo‗lgan oylarda sug‗orish normasini oshiriladi. Dastarbosh ekilgan
erlarga har yili gektariga 90-100 kg azot, 70 kg fosfor va 50 kg kaliy berish maqsadga
muvofiq bo'ladi.
Dastarbosh xomashyosini birinchi yildan boshlab yig‗iladi. O‘simlik juda qalin
chimhosil qiladi. Uni er ustki qismini erta bahorda o‗rib olinadi. O‘simlik qorlami va
yomg‗ir suvlarini ushlab qolish qobiliyatiga ega bo‗lganligi uchun uni ko‗proq
eroziyaga uchraydigan erlarga, ayniqsa, sel ko‗proq keladigan tog‗li rayonlarga ekishni
tavsiya qilinadi.
O‘simlikningy er ustki qismi zaharli bolganligi
uchun uni chorva mollariga
yedirmaslik kerak. Birinchi yili dastarbosh to‗liq gullaganida uning gul to‗plarini
tokqaychilar bilan qirqib yig‗iladi. Ikkinchi marta sovuq tushguncha (noyabr oylarida)
gullarini yig‗ib olinadi. Urug‗larini 3 yilgacha saqlash mumkin.
Dostları ilə paylaş: