Ishlatilishi . Xomashyosining dori preparatlari me‘da-ichak kasalliklarini
davolash, ishtaha ochish va qon to‗xtatuvchi dori sifatida, hamda burun, milk va
yaralar qonaganda uni to‗xtatish uchun ishlatiladi.
O‘stirish texnologiyasi. Bo‗ymodaron urug‗idan va vegetative yo‗l bilan
ko‗payadi. Bo‗ymodaronni ko‗proq sug‗oriladigan erlarga ekish tavsiya
etiladi.
Bo‗ymodaron ekiladigan erlarni kuzda gektar hisobida 20-30 tonna organik o‗g‗it va
fosfor o‗g‗itning yillik normasini 70% ini berib, 25-30 sm chuqurlikda traktor bilan
haydaladi. urug‗ kech kuzda va erta bahorda sepiladi (eng saralangan
urug‗).
Urug‗ jo‗yaklar oralig‗ini 60 sm qilib sabzavot ekadigan seyalkalarda sepish
mumkin. Ekish chuqurligi 5-1 sm, 1 gektar erga 6-7 kg urug‗ sarflanadi. O‘simlik
vegetativ y o i bilan ko‗paytirilganda uning qator oralari 40 sm qilib erta bahorda
o‗tkaziladi.
O‘simlik yaxshi rivojlanishi uchun er chuqur qilib haydaladi. Unga ekish bilan
birga gektar hisobida 20-30 kg azot o‗g‗iti solinadi. Nihollar tuproq harorati 20°C da
yaxshi ildiz otadi. Bo‗ymodaronni birinchi o‗g‗itlash maysalar unib chiqqandan
keyin qator oralariga ishlov berish bilan bir vaqtda gektar hisobiga sof azotdan 30 kg
va fosfordan 30 kg dan beriladi. Ikkinchi oziqlantirish esa shonalash fazasida,
sug‗orishdan oldin gektariga 30 kilogrammdan azot va kaliy o‗g‗iti beriladi.
Bo'ymodaronni ikkinchi va keyingi yillarda erta bahorda o‗simlikni o‗sishi oldidan bir
marta kultivatsiya qilinib, azot o‗g‗iti bilan oziqlantiriladi.
Ikkinchi yili o‗simlik bir-biri bilan birlashib, o‗g‗itlash va oralarga ishlov
berishga imkon bo‗lmay qoladi. Mavsum davomida bo‗ymodaron ekilgan erlarga
gektariga o‗rtacha 95 kg azot, 70 kg fosfor va 50 kg kaliy bilan oziqlantirish maqsadga
muvofiq bo‗ladi. Buning uchun yiliga oralari 5-6 marta kultivatsiya qilinib, 8 marta
sug‗oriladi. Bo‗ymodarondan o'rtacha gektaridan 1000-1200 kilogramm xomashyo va
400-500 kg urug‗ yig‗ib olish mumkin.