Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə89/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

O‘stirish texnologiyasi.
Zirk urug‗idan ko‗payadi, o‗simlik yaxshi o‗sib chiqishi 
uchun urag‗lar qizil rangga kirganda sentabrda teriladi. Zirk urug‗lari qiyin unadigan 
o‗simliklar qatoriga kiradi. Shiming uchun ular stratifikatsiya qilinadi. Bunin

uchun 
ulami tayyorlangan chuqurga ko‗miladi. Nam qum va tuproq bilan (1 qism urug‗ 3 qism 


~ 98 ~ 
qum hisobida) urug‗lar ekiladi. Ekish chuqurligi 2 sm, ekilgan urug'lar ustini chiy yoki 
xashak bilan yopiladi. Chunki zirk urug‗larini qushlar yeb ketishi mumkin. 
Urug‗lami to‗liq unib chiqishi keyingi yil aprelda 65-70% ni tashkil etadi. Bahorda 
maysalar unib chiqa boshlaganda ustidagilar olib tashlanadi va tuproqni nam holda 
saqlash uchun har kuni ertalab va kechqurun leykada sug‗oriladi. Maysalar 3-4 ta barg 
chiqargandan so‗ng ular pikirovka qilinadi (may boshlarida va o‗rtalarida). Bunda 
ildizning 1/3 qismi qoldiriladi va qatorlar orasi 70 sm va o‗simliklami bir-biridan 15-20 
sm uzoqlikda ekiladi.
O‘simliklami yaxshi parvarish qilish uchun ekilgandan so‗ng darrov kam miqdorda 
suv bilan tuproq yaxshilab namlanguncha sug‗oriladi. Keyingi parvarish ishlari chopiq 
qilish, sug‗orish va 100-120 kg/ga azot o‗g‗iti solishdan iborat. Vegetatsiya davrida 8- 
10 marta sug‗oriladi (may oyida-1, iyun, iyulda -2, avgustda-2 marta, sentabrda -1 
marta).
Zirk o‗simligini 3 yildan keyin katta dalalarga ekish mumkin. Doimiy erga ekish 
uchun 35x45x35 o‗lchamli chuqur qaziladi va maysalaming zararlangan ildizlari 
yo‗qotiladi. Maysalaming poyalari ham qisqartiriladi. Ekilgandan so‗ng darhol 
sug‗oriladigan ariqlar ochiladi. Keyingi parvarish ishlari chopiq kultivatsiya va organik 
mineral o‗g‗itlar solishdan iborat. Zirk, mevalari sentabr-oktabr oylarida pisha 
boshlaydi. Quritishdan oldin begona aralashmalaridan tozalanadi va 13% 
namlik qolguncha oftobda quritiladi, qoplarda yaxshi shamollatiladigan xonalarda 2 
yilgacha saqlanadi.
Ekma sedana
(Nigella Sativa) 
— ayiqtovondoshlar 
(Ranunculaceae)
oilasiga 
kiradi. U bir yillik, bo‗yi 20-75 sm ga etadigan o‗t o‗simlik. Poyasi shoxlangan, poya va 
shoxlarinmg uchi yakka xoldagi gul bilan tugavdi. Pastki barglari qisqa bandli
yuqoridagilari bandsiz poya va shoxlarida ketma-ket joylashgan. Hamma barglari 
kengehiziqsimon, to‗mtoq yoki o‗tkir uchli bo‗lakchalarga ikki-uch marta patsimon 
qirqilgan. Gul kosacha barglari 5 ta, zangori rangli, cho‗ziq yoki tuxumsimon cho'ziq, 
uchi to‗mtoq; gultojbargiari 5-8 ta, ikki labli, kosachabarglaridan uch marta kalta. 
Mevasi - ko‗p urug‗li bargchalardan tashkil topgan to‗p meva. Urug‗i uch qirrali
burishgan, och-qo'ng'ir rangli. May-iyunda gullaydi va mevasi etiladi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin