Kimyoviy tarkibi . Meva tarkibida 5,7-12% qand, penton, organik kislotalar, C, B
vitamini va boshqalar bor.
Ishlatilishi . Quritilgan mevasi (damlama) terlatuvchi dori sifatida, sharbati suyuq
dori ta‘mini yaxshilashda ishlatiladi. Osiyo, Amerika va Yevropaning mo‗tadil va
subtropik zonalarida tarqalgan.
O‘stirish texnologiyasi . O‗zbekistonda ildiz bachkisidan ko‗paytiriladi. Sim-
bazg‗azgalarga ko‗tarib o‗stiriladi. Ko‗chatlari kuzda yoki erta bahorda qator oralarini
150 sm, qatordagi tup orasini 50-75 sm qilib o‗tkaziladi. Yoz davomida 5 marta qator
oralari yumshatiladi. 15-18 marta sug'oriladi. 1 ga malinazordan 10 tonna hosil olinadi.
Mavsum davomida gektariga 80 kg azot, 80 kg fosfor va 50 kg kaliy o‗g‗iti
beriladi. Malina ekiladigan maydonga er haydash oldidan 20-30 go‗ng beriladi.
Oddiy zirk (Berberis vulgaris) - doimo yashil buta. Oddiy zirkning bo‗yi 1,5-2
m gacha yetadigan tikanli buta bo‗lib, ko‗p yillik tik turuvchi poyalari bor va ular
kulrang po‗stloq bilan qoplangan. Bir yillik poyalar esa kulrang sarg‗ish yoki jigarrang,
tikanlari ba‘zida 3 ga ajralgan. Barglari 8-9 tadan rozetkaga yig‗ilgan bo‗lib, yon
bargchalari bilan kalta poya ichiga joylashgan. Gullari oddiy shingilga yig‗ilgan ular
poya uchida bo‗lib har bir shingilda 10-20 tadan sariq gullari yakka gul o‗mi
bilan joylashgan. Mevalari qizil rangda 12 mm uzunlikda va eni 2 mm. O‘simlik Garbiy
Yevropa, Kavkazda va Shimoliy Osiyoda keng tarqalgan.
Kimyoviy tarkibi. O‘simlikning mevasi, urug‗i, po‗sti hamda ildiz tarkibida organik
kislotalar, bo‗yoq moddalar, shakar, C, B, B
2
, PP, K vitaminlari va berberin alkaloidi
va boshqa moddalar bor.
Ishlatilishi. Zirk tarkibidagi moddalar tibbiyotda revmatizm, oshqozon-ichak
kasalliklari va yurak faoliyatini mustahkamlashda keng qo‗llaniladi.