Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə88/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Kimyoviy tarkibi
. Meva tarkibida 5,7-12% qand, penton, organik kislotalar, C, B 
vitamini va boshqalar bor. 
Ishlatilishi
. Quritilgan mevasi (damlama) terlatuvchi dori sifatida, sharbati suyuq 
dori ta‘mini yaxshilashda ishlatiladi. Osiyo, Amerika va Yevropaning mo‗tadil va 
subtropik zonalarida tarqalgan. 
O‘stirish texnologiyasi
. O‗zbekistonda ildiz bachkisidan ko‗paytiriladi. Sim- 
bazg‗azgalarga ko‗tarib o‗stiriladi. Ko‗chatlari kuzda yoki erta bahorda qator oralarini 
150 sm, qatordagi tup orasini 50-75 sm qilib o‗tkaziladi. Yoz davomida 5 marta qator 
oralari yumshatiladi. 15-18 marta sug'oriladi. 1 ga malinazordan 10 tonna hosil olinadi.
Mavsum davomida gektariga 80 kg azot, 80 kg fosfor va 50 kg kaliy o‗g‗iti 
beriladi. Malina ekiladigan maydonga er haydash oldidan 20-30 go‗ng beriladi. 
Oddiy zirk 
(Berberis vulgaris) - 
doimo yashil buta. Oddiy zirkning bo‗yi 1,5-2 
m gacha yetadigan tikanli buta bo‗lib, ko‗p yillik tik turuvchi poyalari bor va ular 
kulrang po‗stloq bilan qoplangan. Bir yillik poyalar esa kulrang sarg‗ish yoki jigarrang, 
tikanlari ba‘zida 3 ga ajralgan. Barglari 8-9 tadan rozetkaga yig‗ilgan bo‗lib, yon 
bargchalari bilan kalta poya ichiga joylashgan. Gullari oddiy shingilga yig‗ilgan ular 
poya uchida bo‗lib har bir shingilda 10-20 tadan sariq gullari yakka gul o‗mi 
bilan joylashgan. Mevalari qizil rangda 12 mm uzunlikda va eni 2 mm. O‘simlik Garbiy 
Yevropa, Kavkazda va Shimoliy Osiyoda keng tarqalgan.
Kimyoviy tarkibi.
O‘simlikning mevasi, urug‗i, po‗sti hamda ildiz tarkibida organik 
kislotalar, bo‗yoq moddalar, shakar, C, B, B
2
, PP, K vitaminlari va berberin alkaloidi 
va boshqa moddalar bor.
Ishlatilishi.
Zirk tarkibidagi moddalar tibbiyotda revmatizm, oshqozon-ichak 
kasalliklari va yurak faoliyatini mustahkamlashda keng qo‗llaniladi. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   84   85   86   87   88   89   90   91   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin