Nazorat savollari 1.Malina o‗simligi tibbiyotda qanday ishlatiladi?
2.Malina o‗simligi qanday ko‗paytiriladi?
3.Uning qaysi qismi tibbiyotda ishlatiladi?
4.Malina o‗simligining kimyoviy tarkibi nimalardan iborat?
5. Malina o‗simligi qanday o‗g‗itlanadi va sug‗oriladi?
6. Oddiy zirk qanday o‗stiriladi?
7. Parvarish ishlari nimalardan iborat?
8. Tibbiyotda zirkning qaysi organlari ishlatiladi?
9. Oddiy zirk tarkibida nimalar ko‗p?
10. Zirk qaysi kasalliklarda ishlatiladi?
24-amaliy mashg’ulot Mavzu: Ekma kashnich va dorixona ukropi o‘simligini o‘stirish texnologiyasi Mashg‘ulotning maqsadi: ekma kashnich va dorixona ukropi
(fenxel)
o‗simligini yetishtirish texnologiyasi uslublari bilan tanishish.
Zarur jihozlar: plakatlar, gerbariylarr, xomashyo namunalari.
Nazariy tushuncha Ekma kashnich (Coriandrum sativum) selderdoshlar
(Apiaceae ) oilasiga
kiradi. U bir yillik bo‗yi 30-70 sm ga yetadigan o‗t o‗simlik. Poyasi silindrsimon,
mayda qirrali, tuksiz, ichi kovak yuqori qismi shoxlangan. Bargi oddiy, qinli, tuksiz,
ildizoldi barglari uzun bandli, uch bo‗lakka qirqilgan, qirrasi tishsimon kesilgan,
poyasining pastki qismidagi barglari qisqa bandli, ikki bo‗lakka qirqilgan, o‗rta
qismdagilari esa bandsiz bo‗lib, ipsimon ikki-uch bo‗lakka ajralgan. Barglari poyada
ketma-ket joylashgan. Gullari mayda, umumiy o‗ramsiz murakkab soyabonga
to‗plangan, gulkosachasi besh tishli, meva bilan birga saqlanib qoladi.
Tojbargi beshta, pushti rangda, otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, pastga
joylashgan. Mevasi - yumaloq qo‗ng‗ir yoki sarg‗ish kulrang, qo‗shaloq doncha. Iyun
oyidan
boshlab,
avgustgacha
gullaydi,
mevasi
avgustsentabrda
pishadi.
~ 100 ~
Vatani Yevropa janubidagi davlatlar hamda Turkiya, Ukraina, Kavkazda, Samara va
Voronej viloyatlarida shuningdek, O‗rta Osiyo Respublikalarida o‗stiriladi.