~ 97 ~
Zarur jihozlar:
xomashyo namunalari, plakatlar, urug‗lar, gerbariylarr.
Nazariy tushuncha
Malina
(Rubus idaeus)
- ra‘noguldoshlar
(Rosaceae)
oilasiga mansub chala buta.
Ildizi ko‗p yillik, poyasi ikki yillik. Birinchi
yilgi novdalari yashil, yog‗ochlanmagan,
mayda tikanli bo‗lib, meva qilmaydi. Bu poya qishga borib yog‗ochlanadi,
tikanlari ham yo‗qoladi va kelasi yili iyun - iyul oylarida gullaydi. Mevasi pishgandan
so‗ng eski poyasi qurib qoladi. Ildizpoyadan har yili yangi poyalar o‗sib chiqadi.
Barglari toq patli murakkab, 5-7 ta bargchadan tashkil topgan bo‗lib, poyada uzun bandi
bilan ketma-ket joylashgan. Poyaning yuqori qismidagi barglari ko‗pincha uch
plastinkali bo'ladi.
Bargchasi tuxumsimon,
yuqori tomoni tuksiz,
pastki tomoni esa
tukli. Qo‗shimcha barglari ipsimon shaklga ega.
Gullari ko'rimsiz,
yashil-oq rangli, qalqonsimon ro‗vakka to‗plangan. Gulkosachasi
bittali.
Mevasi - qizil rangli danakli, murakkab ho‗l meva.
Iyun-iyul oylarida
gullaydi. Mevasi iyul-avgustda pishadi.
Dostları ilə paylaş: