~ 105 ~
balandlikdagi yashiklar quriladi. Uning ikki tomonidan yurish uchun yo‗laklar
qoldiriladi. Yashikdagi tuproqqa issiqlik tarqatish uchun uzunasiga diametri 40-45 mmli
quvurlardan 2 yoki 3 qator yotqiziladi, so‗ngra 8-10 sm qalinlikda chirigan go‗ng,
ustidan 5-6 sm qalinlikda yuvilgan sof yirik qum solinadi. Qum yaxshilab
namlantiriladi. Yashikning ikki yon tomonidan diametri 15-20
mmli quvurlar,
quvurlarga esa purkagichlar o‗rnatiladi. Purkagichlar maxsus nasos yordamida
ishlatiladi.
Har 80-90 sm oraliqda ternirdan yashikka moslashtirib yasalgan yoy o‗matiladi.
Yoyning yuqori qismidan uzunasiga 5 qator sim tortiladi. Ustiga bir qavat kanop
sholcha, uning ustidan polietilen plyonka yopiladi.
Qalamchalar quyidagi usulda
tayyorlanadi: yashiklar ichiga chirigan, tozalangan go‗ng solinib, ustiga polietilen
plyonka bilan berkitiladi. Plyonka ichiga 70-80 sm balandlikda har 1,2-2,0
m oraliqda
maxsus yoritkich lampa o‗matiladi. Chunki ular ultrabinafsha nurlar beradi
hamda ma‘lum darajada issiqlik tarqatadi. Tayyorlangan yashikka steviya o‗simligining
bir- uch yillik tomirli onalik o‗simligi ekiladi va undan qalamchalar tayyorlanadi.
Plyonka ichidagi yoritgich ertalab soat 6:00 – 9:00 da, kechqurun 18:00-23:00 yoqiladi.
Bo‗yi 10-15 sm bo‗lgan onalik o‗simligidan qalamchalar olish mumkin. Buning uchun
uni har bir shoxida pastki ikki bo‗g‗imi qoldirilib, o‗tkir
lezviya yoki qaychi
bilan kesib olinadi va o‗sish nuqtasi yuqoriga qaratilgan holda chelakdagi sovuq suvga
solinadi.
Ekilgan qalamchalardan tezroq tomirchalar hosil bo‗lishi uchun ular maxsus
o‗stiruvchi moddalar (IUK- indoliluksus kislota) bilan ishlanadi va yashikdagi qumga
2-3 sm chuqurlikda 5x3 yoki 4x2 sm qilib ekiladi. Qish
va kuz fasllarida tumanli
qurilmaga ekilgan qalamcha 1820 kunda ildiz chiqaradi. Steviya qalamchasini tuman
hosil qilish qurilmasidagi qumga ekilgan paytdan hisoblanganda 20 kungacha dalaga
ekish uchun tayyorlash, ya‘ni chiniqtirish boshlanadi.
Chiniqtirish uchun
qalamcha qurilma ichidagi, yuqori havo namligidan tabiiy
havo namligiga va quyoshning ultrabinafsha nuriga o‗rgatiladi. Chiniqtirib tayyorlangan
qurilmada o‗sayotgan steviya ko'chatini maxsus yumshatgich yordamida tubini
yumshatgan hamda ehtiyotkorlik bilan yuqoriga ko'tarib, so‗ngra sug‗irib olish lozim.
Ko‗chatni ekishdan oldin erni yaxshilab tekislab, chirigan go‗ng solgan xolda chizellash
va boronalash zarur. Tuproq harorati 14- 15°C bo‗lganda
egat olinib ekishga
kirishish mumkin. Iqlim sharoitiga va tuproqning mexanik tarkibiga qarab steviya
niholini quyidagi sxemada ekishni tavsiya qilamiz: 90x15-1; 90x20-1; 70x20-1
60x25-1.
Dostları ilə paylaş: