Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Kimyoviy tarkibi. 
Kashnich mevasi tarkibida 0,7-1,5% li efir rnoyi, 10-20% yog‗, 
11-17% oqsil va boshqa moddalar bo‗ladi. Kashnichning efir moyi rangsiz yoki och 
sarg‗ish, tiniq suyuqlik bo‗lib, o‗ziga xos xushbo‗y va yoqimli mazasi bor. 
Moy tarkibida 60-80% li nalool, 5% geraniol va oz miqdorda borneol hamda 
terpenlaming aralashmalari bo‗ladi. Standart talabga ko‗ra efir moyi tarkibidagi linolol 
miqdori 65% dan kam bo‗lmasligi kerak.
Ishlatilishi
. Kashnich mevasi ishtaha ochadigan, ovqat hazm qilishni 
yaxshilaydigan, o‗t haydaydigan vosita sifatida va bavosil kasalligida, shuningdek
yaralarni davolashda ishlatiladi. Kashnich mevasining efir moyi antiseptik, og‗riq 
qoldiruvchi, o‗t haydovchi hamda bavosilga qarshi dori sifatida qo‗llaniladi, 
farmatsevtikada 
ichiladigan 
dorilar 
ta‘mini 
yaxshilashda 
ishlatiladi. 
Kashnich mevasi va efir moyi oziq-ovqat sanoatida hamda parfyumeriyada qo‗llaniladi. 
O‘stirish texnologiyasi.
Kashnich ekiladigan maydonlarni kuzda haydashdan oldin 
gektar hisobiga 20-25 tonna mahalliy o‘g‗it va 40-45 kg sof superfosfat bilan 
oziqlantirib 25-27 sm chuqurlikda sifatli qilib haydab qo‗yiladi. Kashnich unumdor va 
ochiq erlarda yaxshi o‗sadi. Erni kuzda haydalganda tuproqning suv o‗tkazuvchan-ligi, 
havo almashinishi va oziqa rejimi yaxshilanadi. Begona o‗tlar urug‗i, zararkunanda va 
kasallik qo‗zg‗atuvchi mikroblar miqdori kamayadi. Kashnich sovuqqa chidamli 
o‗simlik, uning urug‗i 8-10°C da unib chiqa boshlaydi, uning urug‗larini bir tekis 
undirib olish uchun bir xil chuqurlikda ekish normasiga rioya qilish, ko‗chat 
qalinligi bir xil bo‗lishi, tuproq namidan vaqtida foydalanishiga e‘tibor berish kerak 
bo‗ladi. 
Kashnich urug‗ini kuzda yoki erta bahorda tor qatorlab yoki qator oralari 45 sm, 3-
4 sm chuqurlikda sabzavot ekadigan uskunalarda gektar hisobiga 10-15 kg urug‗ sarflab 
optimal (tuproq harorati 14-15°C) muddatlarda ekilsa, ko‗chatlar 7-8 kunda to‗liq 
o‗sib chiqadi va sug‗oriladi. Maysalar o‗sib chiqqandan keyin begona o‗tlardan 
tozalanadi, ildizga zarar yetkazmasdan oralariga ishlov beriladi. Kashnichning 
vegetatsiya davri 90-120 kun davom etadi.
Kashnich rivojlanish davrida ozuqa elementlarga juda talabchan hisoblanadi. 
Kashnichning yaxshi o‗sishi va rivojlanishi uchun qator oralariga ishlov berish bilan 
birga gektar hisobiga 30-40 kg dan azot, 20 kg dan kaliy o‗g‗iti bilan oziqlantiriladi. 
Kashnich gullash va kesish davrida ikkinchi marta gektariga 40 kg dan azot, 20 kg 
fosfor va 30 kg kaliy o‗g‗iti bilan oziqlantiriladi.
Kashnich quruqlikka chidamli o‗simlik bo‗lishiga qaramasdan o‗sish va meva 
tugish davrida ko‗p namlikni talab qiladi. Maysalami yuvib ketmaslik uchun sug‗orish 
ishlari ehtiyotkarlik bilan olib borilishi lozim. Vegetatsiya davomida 10-12 martagacha 
sug‗oriladi. 
Agrotexnik tadbirlarni yuqori saviyada o‗tkazilgan maydonlarning gektaridan 
1000-1200 kg hosil yig‗ib olish mumkin. Maxsulot yozning ikkinchi yarmigacha 
birinchi soyabonlardagi mevalar qo‗ng‗ir rangga kira boshlagan paytda (50-60% 
mevalar pishgandan so‗ng) yig‗ila boshlanadi. Chunki uning mevasi bir vaqtda 
pishmaydi. O‘simlik mashinada o‗riladi, soyabonlar bir tomonga qaratib bog‗lanadi 


~ 101 ~ 
so‗ngra yetilmagan mevalami pishishini tezlashtirish uchun bog‗langan soyabonlarini 
yuqoriga qaratib, bir-biriga suyab, g‗aramlab qo‗yiladi.
Kashnich ertalab o‗rib to‗planadi va bog‗-bog‗ qilib bogianadi, kun isiganda o‗rilsa 
qurigan mevalar to‗kilib ketadi. Yog‗ingarchilik paytida esa usti berk joylarda quritiladi. 
Mevalami hammasi pishganida va quriganidan keyin o‗simlik mashinada yanchiladi, 
shamol mashinada mevalari ajratib olinadi.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin