Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə94/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Nazorat savollari
1. O‗zbekistonda kashnich o‗simligining tarqalishi? 
2. Kashnichni ko‗paytirish usullari qanday? 
3. Tibbiyotda kashnichning nimasi ishlatiladi? 
4. Kashnich qaysi kasalliklarda ishlatiladi? 
5. Kashnichning kimyoviy tarkibi? 
25-amaliy mashg’ulot 
 
Mavzu: Yapon soforasi (tuxumak) va steviya o‘simligini o‘stirish 
texnologiyasi 
 
Mashg'ulotning maqsadi:
talabalar mashg‗ulot davomida sofora va steviya
 
o‗simliklarining 
qanday 
o'stirilishi, 
parvarish 
uslublari 
bilan 
tanishadilar va o'rganadilar. 
Zarur jihozlar:
plakatlar, gerbariylarr, homashyo namunalari. 
Nazariy tushunchalar 
Yapon soforasi 
(tuxumak) 

Sophora japonica
-dukkakdoshlar 
(Fabaceae)
oilasiga mansub, bo‗yi 20 m ga yetadigan daraxt. Bargi toq patli murakkab bo‗lib, 


~ 103 ~ 
shoxlarda qisqa bandi bilan ketma-ket joylashgan. Bargchasi o‗tkir uchli, cho‗ziq 
eliipssimon 
yoki 
keng 
lansetsimon. 
Gullari 
sariq 
kapalaksimon 
ro‘vakka 
o‗xshash gul to‗plamni tashkil etgan. Mevasi etli, qisqa bandli tasbehsimon 2-8 urug‗li, 
dukkaq, iyun-iyul oylarida gullaydi, mevasi avgust- sentabr oylarida pishadi. 
Kimyoviy tarkibi.
Mevasi tarkibida flavonoidlar (rutin), C, B vitamini 
gulg‗unchasi va bargida ko‗p miqdorda rutin bor. 
Ishlatilishi
. Rutin P vitamini yetishmasligidan (avitominoz) qon tomirlar devori 
o‗tkazuvchanligining buzilishidan kelib chiqadigan kasalliklarni, bod, qizamiq, bo‗g‗ma 
va ichterlamani davolashda ishlatiladi.
O‘stirish texnologiyasi.
Yapon soforasi manzarali daraxt sifatida 90 ga yaqin 
mamlakatda o‗stirilmoqda. O‗zbekistonga u birinchi marta XVIII asr o‗rtalarida 
keltirilgan. Toshkent shahrida hozirgi kunda 150 mingga yaqin yapon soforasi ekilgan 
va hosil bermoqda. Yapon soforasi tez o'suvchan yorug‗sevar, quruqlikka 
va sho‗rga chidamli o‗simlik hisoblanadi. Uning mevasi oktabr noyabr oylarida pishib 
etiladi. Yapon soforasi ekiladigan erlarni kuzda gektar hisobiga 20-28 tonna organik 
o‗g‗it va 50 kilogramm fosfor o‗g‗iti bilan oziqlantirib 25-30 santimetr chuqurlikda 
haydab qo‗yiladi,
O‘simlikni kuzda va bahorda - aprel oyining birinchi o‗n kunligida ekiladi. Kuzda 
ekilgan urug‗lardan unib chiqqan maysalari bahorda bo‗ladigan sovuq kunlarga chiday 
olmasligi mumkin. Shuning uchun uning urug‗ini bahorda ekish maqsadga muvofiq 
bo‗ladi. Urugiami ekishdan oldin 10-15 kun ivitilib, yumshoq po‗stlog‗idan elaklarda 
ajratib olinadi va quritiladi. Tozalangan xomashyodan 30-33% ga yaqin urug‗ ajratib 
olish mumkin. 1000 dona urug‗ining og‗irligi o‗rtacha 100 g ga to‗g‗ri keladi.
Kuzda haydalgan erlami borona va mola mexanizmlari bilan tekislanadi. 
Tayyorlangan urug‗lar changli tuproqda 3-4 sm chuqurlikda ekiladi. Agar tuproqda nam 
yetarli bo‗lmasa tezlik bilan sug‗oriladi. Yapon saforasining urug‗lari 2 qator qilib keng 
pushtalarga ekiladi. Tuproqda namni ko‗proq saqlash maqsadida qatqaloq 
bo‗lishini oldini olish va urug‗ ekilgan egatlaming tuprog‗i qizib ketmasligi uchun sholi 
poxoli, chirigan barglar va yog‗och qipiqlari bilan 1 sm qalinlikda yopib chiqiladi. 
Bahorda ekilgan urug'lar 10-15 kundan keyin unib chiqadi.
Hosil bo‗lgan ko‗chatlaming yaxshi rivojlanishi uchun egatlami har doim nam 
holatda saqlash kerak bo‗ladi. Bundan tashqari unib chiqqan maysalar atrofi muntazam 
ravishda yumshatilib turilishi lozim. Yapon soforasini o‗suv davrida 3-4 marta oralarini 
kultivatsiya 
qilish, begona o‗tlardan tozalab va zararkunandalarga qarshi 
choratadbirlami amalga oshirish kerak bo‗ladi. O‘simliklami ildizini yaxshi 
rivojlantirish va o‗sishini faollashtirish maqsadida vegetatsiya davomida gektariga sof 
azotdan 90 kg, fosfordan 60 kg va kaliy o‗g‗itidan 40 kg solinib oziqlantiriladi. Sofora 
o‗simligining poyalari baquvvat boiishi uchun iyul yoki avgust oyining boshlarida kaliy 
o‗g‗iti bilan oziqlantirish maqsadga muvofiq bo‗ladi.
O‘simlikni o‗g‗itlashni sug‗orishdan oldin amalga oshirish kerak bo‗ladi. 
Vegetatsiya davomida sofora o‗simligini 7-8 marta sug'orilsa, oktabr oyigacha ancha 
baquvvat bo‗lib o‗sadi. Sug‗orishdan keyin ko‗chat atrofi yumshatiladi. Sofora 
ko‗chatlarini ikkinchi yili erta bahorda yaxshi ko‗karishi uchun jo‗yaklar olinib 70x25 
sm dan joylashtirib qaytadan ko‗chirib ekiladi. Shu sxemada ekilgan ko‗chatlaming soni 
1 gektar maydonga 57 ming donaga to‗g‗ri keladi. Ko‗chatlami qayta ekishda 


~ 104 ~ 
quyidagilarga e‘tibomi qaratish kerak: ekish davrida chirigan va singan ko‗chatlami 
ajratish, o‗simlikning ildiz tizimi chirimagan bo‗lishiga e‘tibor berish va uni tuproqqa 
zich qilib ekish kerak bo‗ladi. Ko‗chatlar ekilgandan keyin tezlik bilan 
sug‗orishni amalga oshirish lozim.
Ko‗chatlami sug‗orilgandan 2 kun o‗tkazib ularni to‗g‗rilab chiqiladi. Ekilgan 
ko‗chatlaming yaxshi rivojlanishi uchun begona o‗tlardan tozalash, oralariga 
ishlov berish, oziqlantirish va ob-havoni hisobga olgan holda sug‗orishni muddatida 
o‗tkazish maqsadga muvofiq bo'ladi. Egat oralarini kultivatsiya qilish ko‗chatlar 2 marta 
sug'orilgandan keyin amalga oshiriladi. Vegetatsiya davrida ko‗chat oralari 3-4 
marta qo‗lda chopiq qilinadi.
Ko‗chatlarni sug'orish uchun jo‗yaklar olinadi va vegetatsiya davomida 7-8 marta 
(may, iyun, iyul oylarida 2 martadan) sug‗oriladi. Ko'chatlarni bo‗yi 2,5-3 m va tana 
qismi 2,5-3 sm ga yetganda 2- yoki 3- yili asosiy maydonlarga ko‗chirib ekiladi. 
Ekishdan oldin erlar yumshatilgan, tekislangan va o‗g‗itlangan bo‗lishi lozim. 
Ko‗chatlarning ekilish chuqurligi 5-0,6 m va qator oralarining kengligi 8 m, 
ko‗chatlaming oralig‗i 6 m dan qilib ekilganda 1 gektar maydondagi daraxtlar 208-210 
ta bo‗lishi mumkin. Yapon soforasi ekilgandan keyin jo‗yaklar orqali suv beriladi. 
Ikkinchi sug‗orishni 6-8 kundan keyin amalga oshirish kerak.
Ko‗chatlarning 
qator 
oralari 
har 
doim 
yumshoq 
va 
haydalgan 
bo'lishi 
lozim. 
Ko‗chatlar 
ekilgandan 
keyin 
3-4 
yilgacha 
ularning 
oralariga 1 yillik dorivor o‗simliklar ekish mumkin. Agar agrotexnik tadbirlarni o‗z 
vaqtida o'tkazilsa 1 gektar maydondan o‗rtacha 0,7-0,8 tonna hosil yig‗ib olish mumkin. 
G‗unchalarni gullashdan oldin (iyun-iyul oylarida), ular ancha yiriklashganda va 
to‗pgulning birinchi g'unchalari ochila boshlagan vaqtda to‗pgul ro‗vakni qirqib olib 
soya erda yoki quritgichlarda 40-45°C da quritiladi. 
Steviya
(Stevia rebodiana)
- o‗tsimon ko‗p yillik subtropik o‗simlik. 
Astragullilar oilasiga kiradi, vatani janubiy Amerikadagi Paragvay davlati. Steviya 
ko‗p yillik o‗t o‗simlik. Ildizi popuk ildiz. Poyasi tik o‗suvchi, tuklangan silindrsimon. 
Barglari oddiy, poyada 2 ta qarama-qarshi joylashgan, yaxlit, chetlari arrasimon 
qirqilgan, barg plastinkasining usti mayin tuk bilan qoplangan, barglari cho‗ziq 
tuxumsimon yoki ellipssimon. Gullari 5-6 ta dan soyabonlarga yig‗ilgan, gultoj 
barglarining ustki qismi oq, pastki qismi binafsha rangda. Bargining tarkibida shirin 
ta‘m beruvchi diterpenoid glikozidi mavjud. Bunday ta‘mni asosan o‗simlik bargidagi 
steviozid moddasi beradi. Steviozid moddasining shirinlik darajasi qand moddasiga 
nisbatan 150-300 barobar yuqori.

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   90   91   92   93   94   95   96   97   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin