~ 107 ~
ekiladi. Gektariga 8-10 kg urug‗ sarflanadi. Bir tekis ekilishi uchun urug‗ qipiqqa, qum
yoki chirindiga aralashtiriladi va qator oralari 70 sm dan qilib ekiladi.
Bahorda ekilganida urug‗ 6-8 kunda unib chiqadi. Kuz va kech kuzgi ekishda
urug‗laming bir qismi ayozli kunlar boshlanguniga qadar unib chiqadi va maysalari
to‗pgulbarg tarzida qishlaydi. Saqlab qolingan ekinlardagi maysalaming bir qismi
to‗pgulbarg holatida bo‗ladi.
Arpabodiyonning parvarishi, o‗toq qilish, yaganalash, begona o‗tlarni yo‗qotish
va erni yumshatishdan iborat. O‘simlik to‗plarining zichligi bir metrda 10-15 donadan
bo‗lishi kerak. Mavsum davomida 6-7 marta sug‗oriladi (may-1, iyun-avgust 2 tadan,
sentabr-1). Tuproqning mexanik tarkibini hisobga olgan holda gektariga 500-600 kub
metr suv sarflanadi. Birinchi yili vegetatsiya davomida arpabodiyon o‗simligi gektar
hisobiga 90-100 kg azot, 70-80 kg fosfor va 50-60 kg kaliy o‗g‗iti bilan oziqlantirish
tavsiya qilinadi.
Ikkinchi va undan keyingi yillarda arpobodiyon ekinzorida poya o‗sib, gullay
boshlashi davrida har gektariga 50 kg dan azot o‗g‗iti bilan o‗g‗itlanadi. Birinchi yili 2-
3 marta kultivatsiya qilinadi, keyingi yillari shox-shabbalari birikib ketguniga qadar
kultivatsiya qilinib, ayni vaqtda azot o‗g‗itlari bilan o‗g‗itlanadi. Har gektar erdan
o‗rtacha 1,5 tonna saralangan urug‗ yig‗ishtirib olish mumkin.
Zig'ir
(
Len posevnoy
) -– zig‗irdoshlar (
Linacea)
oilasiga mansub bir yillik
o‗t o‗simlik. Madaniylashtirilgan holda uchraydi. Bir nechta turlari mavjud: tolali zig‗ir,
yog‗ olinadigan zig‗ir va boshqalar. Ildizi o‗q ildizli, poyasi mumsimon modda bilan
qoplangan, pastki qismidan shoxlangan, tuksiz. Barglari ko‗p chiziqli va lantsetsimon,
o‗tkir uchli bandi bilan poyada ketma-ket o‗mashgan. Barg plastinkasini ustki qavati
mumsimon modda bilan qoplangan. Gullari havo rangda, poyani tepa qismida
supurgisimon boshoqqa to‗plangan. Mevasi – 5 urug‗li ko‗sakcha. Urug‗lari och
jigarrang yaltiroq tuxumsimon. 1000 ta urug‗ining vazni tolaligida 4-5 g, moylisida
8-15 g.
Dostları ilə paylaş: