Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə99/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

 
27-amaliy mashg’ulot 
Mavzu: Arpabodiyon , katta zubturum va jag’-jag’ (achambiti)
o‘simliklarini o‘stirish texnologiyasi 
Mashg‘ulotning maqsadi:
talabalar aipabodiyon va makkajo ‗xorini 
o'stirishdagi agrotexnik chora-tadbirlar bilan tanishadilar. 
Zarur jihozlar
: plakatlar, xomashyo namunalari, urug‗lar, gerbariylarr 
 
Nazariy tushuncha
 
Katta zubturum
(Podorojnik bolshoy)
– zubturumdoshlar (Plantaginaceae) 
oilasiga mansub ko‗p yillik (to‗pbarg gulli o‗simlik. Ildiz poyasi qisqa, ko‗plab yon 
popuk ildizlari bor. Ildizlari bog‗ichsimon, uzunligi 15-20 sm. Barglari yirik bandli, 
keng tuxumsimon, chekkalari butun, uzunligi 12-15 sm, uchlari o‗tkir, 39 ta uzunasiga 
taralgan tomirlari bor. Tuksiz yoki siyrak tukli. Guldor poyalari tik ingichka chiziqli
tuksiz, uchida uzun silindrsimon quyuq boshog‗i bor. Gullari mayda ko‗rimsiz. Mevasi 
tuxumsimon ko‗sak tarzida bo‗lib, ichida uzunligi 1 mm keladigan 8-10 ta tuxumsimon 
qirrali, kulrang - jigarrang yoki qo‗ng‗ir rangli urug‗ joylashgan. 1000 dona urug‗ning 
vazni 0,2-0,4 g keladi.
Kimyoviy tarkibi
. Bargining tarkibida aukubin glikozidi, flavonoidlar, shilliq va 
oshlovchi moddalar, C vitamini, limon kislotalar bo‗ladi. 
Ishlatilishi
. Tibbiyotda bargi va quritilmagan er ustki qismi ishlatiladi. 
Yallig‗panishga qarshi va balg‘am ko‘chinivchi vosita sifatida, me‘da-ichak 
kasalliklarini davolashda damlama, tindirma, yangi yig‗ilgan quritilmagan bargining 
konservatsiya qilingan shirasi plantaglyutsid preparatini olishda ishlatiladi. 
O‘stirish texnologiyasi
. Zubturum urug‗idan ko‗payadi. U tuproqning nam 
bo‗lishini xamda begona o‗tlar bo‗lmasligini yoqtiradi. Har qanday turdagi, xususan 
sizot suv yaqin bo‗lgan tuproqlar zubturum yetishtirish uchun qulay erlar hisoblanadi. 
Haydab ekiladigan ekinlardan bo‗shagan erlar zubturum ekish uchun maqbul 
hisoblanadi. Asosiy shudgor vaqtida gektariga 20-30 tonnadan go‗ng, 45-60 kg dan 
fosfor o‗g ‗itlari solinadi.
Kech kuzda, noyabming ikkinchi va uchinchi un kunliklarida shudgordan keyin 
o‗zaro bir-biriga tik yo‗nalishda molalanadi, yaxshilab tekislanadi, ishlov beriladi. 
Zubturum ekinzoridan foydalanish davomiyligi 2-3 yil. Urug‗ sabzavot ekish 
uskunasida qator oralari 60 sm qilib ekiladi. Bunda urug‗ qadash chuqurligi 
0,5-1 sm ni tashkil qiladi. Gektariga 5-6 kg urug‗ sarflanadi. 


~ 109 ~ 
Ekish oldidan urug‗ yuz hissa qum kukun holidagi go‗ng va hokazolarga 
aralashtiriladi. Bu esa urug‗ni bir tekis ekish imkonini beradi. Kuzda ham ekish 
mumkin, bunda urug‗ dastlab stratifikatsiyalanadi (unib chiqishini tezlashtirish uchun 
nam qum orasida 0-6 daraja haroratda saqlanadi) yoki ishqalash va yuvish yordamida 
shilimshiqdan tozalanadi.
O‘simlik to‗plarida bahorda 3-4 ta chinbarg chiqqanidan keyin er yumshatilib, 
ulami tuproq bosib ketmaslik uchun sekin kultivatsiya qilinadi. Begona o‗tlardan 
tozalanadi, yagana qilinadi. Bir metr erda 8-10 ta tup bo‗lishi o'simlik zichligini 
me‘yorida ekilishini anglatadi.
Zubturumni keyingi parvarishi mavsum davomida. 10-12 marta sug‗orish, 3-4 
marta kultivatsiya qilish, vegetatsiya davomida may-iyul oylarida gektariga 30 kg dan 
azot o‗g‗itlari va 40 kg dan kaliy va fosfor bilan oziqlantiriladi. Ikkinchi va keyingi 
yillarda may oyida ikki qator qilib bir - birining orasidan 10 sm qoldirib, unib chiqqan 
o‗simliklaming bargi yagana qilinadi, ikki marta oziqlantiriladi. Katta zubturum ekilgan 
maydonlardan gektaridan 1,5-2 tonna quruq barg yig‗ib olish mumkin. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin