Fanidan Amaliy mashg’ulotlar



Yüklə 2,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə93/100
tarix20.09.2023
ölçüsü2,47 Mb.
#145711
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   100
Dorivor o\'simliklar yetishtirish texnologiyasi

Dorixona ukropi
(Oddiy fenxel) — (Foeniculum Vulgare, Foeniculum 
Officinalis) selderdoshlar – 
(Apiaceae) 
yoki
 
soyabonguldoshlar – (Umbelliferae) 
oilasiga kiradi. Ko‗p yillik (plantatsiyalarda ikki yillik qilib o‗stiriladi), bo‗yi 
90-200 sm ga etadigan o‗t o‗simlik. Poyasi tik o‗suvchi, ko‗p qirrali va sershoxli. Bargi 
uch-to‗rt marta patsimon ajralgan va qini bilan poyada ketma-ket joylashgan. Barg 
bo‗laklari ingiclika chiziqsimon yoki ipsimon. Gullari mayda, sariq bo‗lib, murakkab 
soyabonga to‗plangan. Soyabonda o‗rama va o‗ramacha barglar bo‗lmaydi. 
Kosaeha bargi juda mayda, tojbargi 5 ta, otaligi 5 ta, onalik tuguni ikki xonali, pastga 
joylashgan. Mevasi - qo‗shaloq pista. Ivul-avgust oylarida gullaydi, mevasi sentyabrda 
pishadi. 
Kimyoviy tarkibi.
Meva tarkibida 3-6,5% efir moyi, 20% gacha yog‗ va oqsil 
moddalar bo‗ladi. XI DF ga ko‗ra, meva tarkibida efir moyi 3% dan kam bo‗lmasligi 
kerak. Efir moyi pishgan va maydalangan mevadan suv bug‗i yordamida hay dab 
olinadi. Ukrop rangsiz, yoki och sarg‗ish, uchuvchan, arpabodiyon moyi hidini 
eslatuvchi hidga ega, oldin achchiqroq-yoqimli, so‗ngra shirinroq maza beruvchi tiniq 
suyuqlik. Zichligi 0,960-0,979, refraksiya soni 1,527-1,538, +10°C dan past haroratda 
efir moyining krisll qismi (stearopteni) - anetol ajraladi.
Efir moyi tarkibida 50-60% anetal, 10-20% fenxon ketoni, 10% gacha 
metilxavikol, oz miqdorda anis aldegid va anis kislota, pinen, fellandren, kamfen va 
boshqa birikmalari bo‗ladi. Dorixona ukropi ildizi tarkibida 5 ta kumarin birikmalari 
borligi hamda ulardan 2 tasi bergapten va umbelliferon ekanligi aniqlangan.
Dorivor ukropni o’stirish texnologiyasi
. Sug‗oriladigan dehqonchilik sharoitida 
dorivor ukrop o‗simligini katta maydonlarda ekib o‗stirish va undan ko‗proq xom-ashyo 
yetishtirish 
mutaxassisiar 
oldida 
turgan 
dolzarb 
masalalardan 
hisoblanadi. 
Ma‘lumki, dorivor ukropning ildiz tizimi o‗q ildizli bo‗lib, boshqa dorivor o‗simliklarga 
qaraganda tuproqning chuqurroq (55-60 sm) qatlamigacha etib borishini hisobga olgan 
holda, unga eng unumdor, mexanik tarkibi o‗rtacha, suv bilan yaxshi ta‘minlangan, 
kuzda ekiladigan va haydab ekiladigan erlami ajratishni tavsiya qilinadi.
Dorivor ukrop issiq va yorug‗sevar o‗simlik bo‗lib, uning vegetatsiya davri 120-
140 kun davom etadi. O‘simlik ekiladigan erlami erta kuzda 25-28 sm chuqurlikda 
haydab qo‗yiladi. Haydash oldidan albatta mahalliy o‗g‗itlardan gektariga 15-20 tonna 
va 50 kg dan superfosfat o‗g‗iti bilan oziqlantiriladi. Dorivor ukropni ekish uchun erta 
bahorda erlar borona va mola bilan tekislanadi. Begona o‗tlaming ildizlaridan 
tozalanadi.
Ekish mart oyining birinchi 10 kunligida sabzavot ekadigan seyalkalar 
bilan qator oralarini 60 sm qilib amalga oshiriladi. Urug‗larni tuproqning nam qatlarniga 
3-4 
sm chuqurlikka qadaladi va 1 gektar erga ekish uclmn sarflanadigan me‘yori 8-10 
kg ni tashkil etadi. Urug‗larni tuproq yuzasiga bir tekisda tushishi uchun ekish oldidan 
ular quruq va mayda yog‗och qirindisi, go‗ng yoki qum bilan aralashtirilib ekiladi. 


~ 102 ~ 
Dorivor ukrop kuzda ekilganda urug‗laming bir qismi ko‗karadi va to‗pbarg tarzida 
qishlaydi. Erta bahorda ekilganlari 8-9 kunda unib chiqadi. Maysalar unib chiqqandan 
keyin ko‗chat oralari kultivatorlar yordamida yumshatiladi va qo‗lda o‗toq qilinadi. 
Vegetatsiya davomida o'simlikni 3-4 marta oralari kultivatorlar bilan ishlanadi va 
2-3 marta begona o‗tlardan tozalanib, yagana qilinadi va har bir metr erga 10-12 ta 
o‗simlik qoldiriladi. Dorivor ukrop tuplab ketishi natijasida lining oralariga ishlov 
berishning imkoniyati qolmaydi.
Dorivor ukrop o‗g‗itlarga ancha talabchan o‗simlik hisoblanadi. Ularni o‗g‗itlash 
ko‗p jihatdan o‗tmishdosh ekin turiga, o‗g‗it me‘yori va tuproq unumdorligiga bog‗liq. 
Bu ekinlar erta bahordan jadal o'sa boshlaydi. Ularga o‗g‗itlash me‘yorini belgilashda 
olinadigan hosil miqdori, o‗tmishdosh ekin va tuproq-iqlim sharoitlarini albatta hisobga 
olishni tavsiya qilinadi.
O‘simlikni birinchi oziqlantirish maysalar unib chiqqandan keyin gektar hisobiga 
50 kg dan azot va 20 kg dan kaliy o‗g‗iti berishdan boshlanadi. Dorivor ukrop oziqa 
elementlarga ham juda talabchan, ayniqsa bu holatni gullash oldidan kuzatish mumkin. 
Shuning uchun ham ikkinchi oziqiantirishni gullash fazasida gektar hisobiga 50 kg dan 
azot, 30 kg dan fosfor va kaliy o‗g‗iti berishni tavsiya qilinadi. Gullash fazasida 
berilgan o‗g‗itlar o‗simlikni yaxshi o‗sib rivojlanishi va baquvvat ildiz otishiga 
imkoniyat tug‗diradi. Oziqlantirish har bir sug‗orishdan oldin amalga oshirilishi 
maqsadga muvofiq bo‗ladi. Birinchi yili ob-havo va tuproqdagi namlikni hisobga olgan 
holda 6-7 marta sug‗oriladi. Ikkinchi va keyingi yillarda dorivor ukrop ekilgan 
maydonlar gullash fazasigacha ikki marta gektariga 50 kg dan azot o‗g‗iti bilan 
oziqlantiriladi. 

Yüklə 2,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   100




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin