~ 98 ~
qum hisobida) urug‗lar ekiladi. Ekish chuqurligi 2 sm, ekilgan urug'lar ustini chiy yoki
xashak bilan yopiladi. Chunki zirk urug‗larini qushlar yeb ketishi mumkin.
Urug‗lami to‗liq unib chiqishi keyingi yil aprelda 65-70% ni tashkil etadi. Bahorda
maysalar unib chiqa boshlaganda ustidagilar olib tashlanadi
va tuproqni nam holda
saqlash uchun har kuni ertalab va kechqurun leykada sug‗oriladi. Maysalar 3-4 ta barg
chiqargandan so‗ng ular pikirovka qilinadi (may boshlarida va o‗rtalarida). Bunda
ildizning 1/3 qismi qoldiriladi va qatorlar orasi 70 sm va o‗simliklami bir-biridan 15-20
sm uzoqlikda ekiladi.
O‘simliklami yaxshi parvarish qilish uchun ekilgandan so‗ng darrov kam miqdorda
suv bilan tuproq yaxshilab namlanguncha sug‗oriladi. Keyingi parvarish ishlari chopiq
qilish, sug‗orish va 100-120 kg/ga azot o‗g‗iti solishdan iborat. Vegetatsiya davrida 8-
10 marta sug‗oriladi (may oyida-1, iyun, iyulda -2, avgustda-2 marta, sentabrda -1
marta).
Zirk o‗simligini 3 yildan keyin katta dalalarga ekish mumkin.
Doimiy erga ekish
uchun 35x45x35 o‗lchamli chuqur qaziladi va maysalaming zararlangan ildizlari
yo‗qotiladi. Maysalaming poyalari ham qisqartiriladi. Ekilgandan so‗ng
darhol
sug‗oriladigan ariqlar ochiladi. Keyingi parvarish ishlari chopiq kultivatsiya va organik
mineral o‗g‗itlar solishdan iborat. Zirk, mevalari sentabr-oktabr oylarida pisha
boshlaydi. Quritishdan oldin begona aralashmalaridan tozalanadi va 13%
namlik
qolguncha oftobda quritiladi, qoplarda yaxshi shamollatiladigan xonalarda 2
yilgacha saqlanadi.
Ekma sedana
(Nigella Sativa)
— ayiqtovondoshlar
(Ranunculaceae)
oilasiga
kiradi. U bir yillik, bo‗yi 20-75 sm ga etadigan o‗t o‗simlik. Poyasi shoxlangan, poya va
shoxlarinmg uchi yakka xoldagi gul bilan tugavdi.
Pastki barglari qisqa bandli,
yuqoridagilari bandsiz poya va shoxlarida ketma-ket joylashgan. Hamma barglari
kengehiziqsimon, to‗mtoq yoki o‗tkir uchli bo‗lakchalarga
ikki-uch marta patsimon
qirqilgan. Gul kosacha barglari 5 ta, zangori rangli, cho‗ziq yoki tuxumsimon cho'ziq,
uchi to‗mtoq; gultojbargiari 5-8 ta, ikki labli, kosachabarglaridan uch marta kalta.
Mevasi - ko‗p urug‗li bargchalardan tashkil topgan to‗p meva. Urug‗i
uch qirrali,
burishgan, och-qo'ng'ir rangli. May-iyunda gullaydi va mevasi etiladi.
Dostları ilə paylaş: