Fanidan kurs ishi mavzu: bolalar nutqini o'stirishda ko'rgazmalilikni o'rni


Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar



Yüklə 89,93 Kb.
səhifə2/7
tarix21.12.2023
ölçüsü89,93 Kb.
#187913
1   2   3   4   5   6   7
Bolalar nutqini o\'stirishda ko\'rgazmalilikni o\'rni (2)

Xulosa




Foydalanilgan adabiyotlar





Kirish
Mavzuning dolzarblilgi: Наr bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi, jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi - bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlami mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi.
O‘zbekiston Respublikasi huquqiy demokratik jamiyat qurish yo’lidan borar ekan, o‘z fuqarolarining, ayniqsa, yangi jamiyat barpo etishga bel bog‘lagan, o‘sib kelayotgan yosh avlodning barkamol bo‘lib voyaga yetishiga alohida e’tibor qaratmoqda. Barkamol shaxs tarbiyasini tashkil etish barcha davrlarda ham ijtimoiy jamiyatning muhim talabi va asosiy maqsadi bo‘lib kelgan. Tabiiyki hozirgi ta’lim islohotlari sharoitida ham barkamol avlod tarbiyasi haqida gapirar ekanlar: «Vatanimizning kelajagi, xalqimizning ertangi kuni, mamlakatimizning jahon hamjamiyatidagi obro‘-e’tibori avvlambor farzandlarimizning unib, o‘sib, ulg‘ayib, qanday inson bo‘lib hayotga kirib borishga bog‘liqdir.» - deb alohida ta’kidlaganlar.
Hozirgi paytda yuz berayotgan globallashuv jarayoni va jamiyatni isloh etish sharoitida yangicha fikrlovchi shaxslarni tarbiyalash ta’lim tizimida ham jiddiy o‘zgarishlar kiritishni talab etadi. Dunyo davlatlari orasida O‘zbekiston Respublikasida birinchilardan bo‘lib umumbashariy tavsifga ega mazkur muammoni hal etishga doir konseptual-nazariy asoslar yaratildi va tizimli ravishda amaliyotga tatbiq etib borilmoqda. Mazkur ezgu maqsadni hayotda o‘z isbotini topishda 0 ‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» huquqiy asos bo‘lib xizmat qilmoqda.
«Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonunda belgilab berilganidek, maktabgacha ta’lim bola shaxsini sog‘lom va yetuk maktabda o‘qishga tayyorgarlik darajasini shakllantirish maqsadida tashkil etiladi. Ushbu ta’lim bolaning 6-7 yoshga to‘lguniga qadar oilada maktabgacha ta’lim muassasalari va mulk shaklidan qat’i nazar, ta’lim muassasalarida olib boriladi.
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonunining qoidalariga muvofiq, milliy tajribaning tahlili va ta’lim tizimidagi, jahon miqyosidagi yutuqlar asosida tayyorlangan hamda yuksak umumiy va kasb-hunar madaniyatiga, ijodiy va ijtimoiy faollikka, ijtimoiy-siyosiy hayotda mustaqil ravishda mo‘ljalni to‘g‘ri ola bilish mahoratiga ega bo‘lgan, istiqbol vazifalarini ilgari surish va hal etishga qodir kadrlaming yangi avlodini shakllantirishga yo‘naltirilgandir.
O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimining birinchi - maktabgacha ta’lim rivojining zamonaviy bosqichi qator o‘zgarishlar bilan tavsiflanadi: maktabgacha ta’lim ochiq turdagi ta’lim muassasasi sifatida shakllandi; maktabgacha ta’lim muassasalarining eng muhim funksiyasi bolalaming hayotiy faoliyatini muhofaza qilish va salomatligini mustahkamlash; tarbiyalanuvchilami maktab ta’limiga muvafaqqiyatli tayyorlash va boshqalar. Shuningdek, bugungi kunda Respublikamizda xilma-xil (yasli, bolalar bog‘chasi, bolalar bog‘chasi-boshlang‘ich maktab, davlatga qarashli va xususiy) turdagi maktabgacha ta’lim muassasalari ham faoliyat yuritmoqda.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi: Kurs ishiga kirish, 2 bob, 4 band, xulosa, va foydalanilgan adabiyotlardan iborat.


  1. Yüklə 89,93 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin