1.2 Maktabgacha ta’lim muassasasida nutqini rivojlantirish metodikasi
Bolalarning ona tilida avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan xalq ma’jiaviy boyliklarini qanchalik meros qilib olishlari, tarbiyalanuvchilarning kelgusida o‘z davrining ilmiy yutuqlarini o‘zlashtira olishlari, ulaming insoniyatning ilg‘or she’riy va estetik ideallariga sodiqligi, ya’ni mustaqil O‘zbekistonda demokratik jamiyatning to‘laqonli quravchilari bo‘la olishlari tarbiyachiga bog‘liqdir. Bolalarga nutqni o‘rgatish uchun bo‘lajak tarbiyachi nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasini chuqur o‘rganishi va ushbu sohaifiing fanga ma’lum bolgan metodlarini o‘zlashtirishi, bolaning ona tilini o‘zlashtirish qonuniyatlarini tushunib yetishi lozim. Ta’limning fonetika sohasidagi vazifalari. Quloqni tovushlarga va yangi tildagi so‘zlarga o‘rgatish, tovush qurilishining asosiy qonuniyatlarini farqlash zamrligi to‘g‘ri adabiy talaffuz qoidalarini o‘zlashtirish, tilning tovush qurilishi asosiy qoidalari, ya’ni undoshlaming qattiqligi yumshoqligi, jarangli va jarangsizligiga qarab, bir-biriga qarama-qarshi qo‘yishni o‘zlashtirib olish asosida sheva bilan gapirishning oldini olish maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar nutqini o‘stirishning muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. To‘g‘ri adabiy talaffuzni mashq qilishni nutqni o‘zlashtirishning keyingi bosqichlarida ham davom ettirish darkor. Bolalaming o‘z ona tilidan boshqa tilni o‘rganishlari orfoepik (ifoda) qiyinchiliklaming yangi fonetik (tovush) qatlamga o'tishidan boshlanadi. Bunda shuni hisobga olish lozimki, ko‘p holatlarda ushbu qiyinchiliklar inson nutqida milliy sheva ko‘rinishidagi asoratlami qoldiradi. Ko‘pgina holatlarda esa orfoepik (ifoda) to‘siq mamlakatimizda o‘zga tilni o‘rganuvchilar uchun ijtimoiy lingvistik sharoitlar o‘zgarganiga qaramasdan yengib o‘tilmay qolaveradi. Hattoki, ms muhitida yashaydigan va o‘zga tilni yetarli darajada egallab olgan odamlar ham butun umr bo‘yi nutqdagi milliy shevadan xalos bo‘lolmaydilar. Shuning uchun maktabgacha yoshdagi , va kichik maktab yoshidagi bolalarga o‘zga tilni o'qitishda birinchi mashg‘ulotlardan boshlaboq, ularda to‘g‘ri adabiy talafiuzni shakllantirish ishiga alohida e’tibor berish lozim.
Nutqni rivojlantirish metodikasi - maktabgacha yoshdagi bolalarda nutqni rivojlantirishga yo‘naltirilgan pedagogik faoliyat qonuniyatlarini o‘rganuvchi fandir. Metodikaning asosiy vazifasi - ilmiy-psixologik asosda nutqni rivojlantirishning eng samarali vositalari, metodlari va usullarini ishlab chiqish hamda bolalarda zarur nutqiy ko‘nikmalami muvaffaqiyatli ravishda rivojlantirishlari uchun ular bilan bolalar bog‘chalari tarbiyachilarini qurollantirishdan iboratdir. Nutqni rivojlantirish metodikasi bolalarga ona tilini о‘rgatishning obyektiv xususiyatlari aks ettirilgan, nutqni rivojlantirish metodikasi sohasida O‘zbekiston Respublikasida va xorijda yaratilgan hamda hozirda mavjud bo‘lgan barcha ijobiy natijalar umumlashtirilgan. Metodik nazariyani bilmaydigan tarbiyachi faqat o‘z farazlaridan kelib chiqib yoki boshqalaming tajribalaridan nusxa ko‘chirgan holda bolalarni ko‘r-ko‘rona tarbiyalaydi. U ko‘p narsani nazardan qochiradi, chunki rang-barang metodlar va usullarni bilmaydi. Nutqni rivojlantirish metodikasi nazariyasi metodik amaliyot bilan birgalikda rivojlanmoqda. Ayrim metodik qoidalaming yashovchanligi amaliyotda tekshirib ko‘rilmoqda, amaliyotning o‘zi fan oldiga hali o‘z yechimini topmagan muhim masalalami qo‘ymoqda.
Nutqni rivojlantirish metodikasi maktabgacha ta’limdagi boshqa xususiy n ietodikalar bilan uzviy bog‘liq bo‘ladi, chunki nutq - bola shaxsini to‘la-to‘kis rivojlantirishning eng muhim vositalaridan biridir. Atrofdagilar nutqini tushunish va bolaning o‘z faol nutqi har qanday pedagogik jarayonda zarurdir. Nutq bolaning butun faoliyatida unga yo‘ldosh bo‘ladi. Intellekt, ya’ni tashqi dunyoni xotira, tasawur, xayolot, fikrlash, shuningdek, nutq yordamida anglash qobiliyati - bu insonni hayvondan ajratib turuvchi muhim xususiyatlardir. Va intellekt ham, nutq ham insonda ilk bolalik yoshida paydo bo‘ladi hamda u o‘smirda va yosh yigitda faqatgina uning organizmi rivojlanayotgani uchun emas, balki ushbu odam nutqni ham o‘zlashtirib olgan taqdirdagina jadal takomillashib boradi.
Lug‘at. So‘zning mazmun jihatlari haqidagi tasawurlami takomillashtirish, bolalar nutqlarini antonimlar, sinonimlar, ko‘p ma’noli so‘zlar, umumlashtimvchi nomlar bilan boyitish, obrazli so‘zlar, qiyoslashlar, o‘xshatishlar, aniq fe’llami faollashtirish. Nutqning grammatik qurilishi. So‘z o‘zgartirishdagi qiyin holatlami (ko‘plikdagi otning bosh va qaratqich kelishigi, o‘zgarmaydigan otlar, buymq mayllari, fe’l shakllari, tugallangan va tugallanmagan fe’l shakllarini vujudga keltirish) o‘zlashtirishga yordam berish. Fe’l, ot va sifatdan so‘z yasash usullarini shakllantirish. Gap tuzilmasini takomillashtirish, turli xil tuzilmadagi - oddiy, qo‘shma gaplaming, birovlar nutqining faol qo‘llanilishiga yordamlashish. Grammatik vositalami o‘rganish jarayonida nutqqa nisbatan tanqidiy munosabatni, to‘g‘ri gapirishga intilishni qo‘llab-quwatlash. Nutqning tovush madaniyati. Fonematik qabul qilishni, nutqning talaffuz va ifoda jihatlarini rivojlantirish. Artikulatsiya va akustika jihatidan yaqin tovushlami (qattiq va yumshoq, jarangli va jarangsiz, shuvullovchi, sonor) eshitishda ajrata olish va uni to‘g‘ri talaffuz etish. So‘zlardagi, tez aytishlardagi , qisqa she’rlardagi tovushlami to‘g‘ri ifodalashni mashq qildirish. Ifoda, intonatsiya sur’ati va balandligini beixtiyor tartibga solishni o‘rgatish. Yuqorida bayon qilinganlar asosida shunday xulosaga kelish mumkinki, maktabgacha bo‘lgan bosqichdagi katta yoshga yetib inson hayotining eng muhim davrlaridan biri - uning birinchi «dorilfununi» nihoyasiga yetadi. Ammo, haqiqiy dorilfunun talabasidan farqli ravishda bola birdaniga barcha fakultetlarda ta’lim oladi. U jonli va jonsiz tabiat sirlarini o‘rganadi (albatta, imkon darajasida), matematikadan dastlabki saboq oladi.
Leksika ishlarining barcha turlarini boshqa nutqiy vazifalar bilan o'zaro bog‘liqlikda so‘zli o‘yinlar, mashqlar, ijodiy vazifalar shaklida 0‘tkazish tavsiya etiladi. - Leksik mazmundagi o‘yinlar va mashqlar - nutqning mazmun jihatini rivojlantirishning zarur sharti hisoblanadi. Ularda turli predmetlar va obyektlami taqqoslash, turli umumiy xususiyatlar va funksiyalami ajratish muhim ahamiyatga ega. Bunda real obyektlar (o‘yinchoqlar, rasmlar, kiyimlar, mebel va h.k.) ham, xayoliy vaziyatlar (quvnoq va g‘amgin tulkichaning harakatlari, erta va kech kuz ob-havosi va h.k.) ham taqqoslanishi mumkin. Hikoya qilishdan oldingi lug‘at mashqlari bolalarning ravon nutqlarining aniq va obrazli so‘zlar hamda iboralar bilan boyitilishiga yordam beradi.
Tilning fikrlash bilan mustahkam uzviy bog‘liqligi kishilaming ishlab chiqarish faoliyati, fikr almashish va birgalikda harakat qilish zarurati tufayli yuz beradi. Garchi til va fikrlash bir-birisiz mavjud bo‘lolmasa-da, ular aynan bir hodisaga taalluqli emas. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqini rivojlantirishdagi asosiy natijalar muloqot sohasidagi chuqur о‘zgarishlar bilan bog‘liqdir. Tengdoshlar bilan muloqot qilish birinchi o‘ringa o‘tadi. Bola o‘z tengdoshini kattalardan afzal ko‘ra boshlaydi. 0 ‘yin jarayonidagi o‘rtog‘iga qaratilgan nutq kattalar bilan bo‘lgan muloqotga qaraganda ancha mazmunliroq bo‘la boshlaydi. Sherik bilan dialog - muvofiqlashtirilgan predmetli va nutqiy faoliyat tusiga ega bo‘ladi. Bolalar endi qo‘shnilari e’tiborini jalb qila oladilar, o‘zlari ham uning ishlari va bildirgan fikrlari bilan qiziqadilar. Maktabgacha yoshdagi katta bola uchun nutq obyektiv aloqalarning o‘ziga xos sohasi sifatida namoyon bo‘ladi, u bulami so‘z, tovush, qofiyalar va fikrlar bilan anglayci. Maktabgacha yoshdagi katta bolalar nutqi vazifalari turlicha. Nutqdan atrofdagilar bilan aloqa o‘matishda, o‘ziga, o‘z ishlariga va kechinmalariga diqqatni jalb qilishda, bir-birini o‘zaro tushunishda, sherik xulqiga, uning fikri va hissiyotlariga ta’sir ko‘rsatishda, o‘z faoliyatini tashkil etishda, o‘yindagi o‘z o‘rtog‘ining harakatlarini muvofiqlashtirishda foydalaniladi. Nutq atrof-muhit haqidagi muhim bilim manbai, tabiat, narsalar va odamlar dunyosi haqidagi tasavvurlami qayd etish vositasi, bilish faoliyati vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
O‘zining amaliy, bilish va shaxsiy ehtiyojlarini qondirish uchun bola mavjud barcha vositalardan, vaziyatdan kelib chiqib beixtiyor bildirilgan fikrlardan, nonutqiy vositalardan (imo-ishoralar, yuz ifodasi, harakat) va matnli nutqdan (foydalanilgan vositalar asosida tushunarli bo‘lgan) foydalanadi. Nutqning barcha turlari va shakllari til shaxsining takrorlanmas individual qiyofasini yaratgan holda o‘zaro hamjihatlikda mavjud bo‘ladi.
Dialogni rivojlantirish nafaqat shunchaki nutqning muayyan kompozitsion shaklini o‘zlashtirish, balki bolaning ijtimoiy va shaxs jihatdan shakllanishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Dialogik muloqot nafaqat aloqa (intellektual axborot) va o‘z manfaatlariga yo‘nalishni, balki sherikning nuqtayi nazarini, uning qiziqishlari, istaklari, kayfiyatini hisobga olishni ham ko‘zda tutadi. Dialogda nutqiy harakatlami muvofiqlashtirish bevosita o‘z tengdoshini tushuna olish va uning nuqtayi nazarini qabul qilishga bog‘liq bo‘ladi.
Nutqni rivojlantirish - bolaning yakka tartibdagi psixologik jarayonida markaziy o‘rinni egallovchi ijtimoiy-tarixiy tajribani o‘zlashtirishiga doir murakkab va ko‘p omilli jarayondir.
Bolalar nutqini rivojlantirishga doir ishlar maktabgacha tarbiya
muassasasidagi ta’lim-tarbiya ishlari ichida alohida o‘rin tutadi. Ushbu ishning maqsadi quyidagilardan iborat: bolalarga nutqiy muloqotning muhim shakli - og‘zaki nutqni adabiy til me’yorlariga muvofiq holda egallashni, to‘liq ko‘rinishda esa tushunish va faol nutqqi kirishishni o‘rgatish. Mazkur maqsaddan kelib chiqqan holda maktibgacha yoshdagi bolalar nutq madaniyatini rivojlantirish borasidagi vazifalar quyidagilar hisoblanadi:
1. Nutqning tovush madaniyatini tarbiyalash.
2. Lug‘atni boyitish, mustahkamlash va faollashtirish.
3. Nutqning grammatik to‘g‘riligini takomillashtirish.
4. Og‘zaki (dialogik) nutqni o‘rgatish.
5. Ravon nutqni rivojlantirish.
6. Badiiy so‘zga qiziqishni tarbiyalash.
7. Savod o‘rganishga tayyorlash.
2.BOB. BOLALAR NUTQINI O'STIRISHDA KO'RGAZMALILIKNI O'RNI.
Dostları ilə paylaş: |