2.3. Zamonaviy pedagogikada ta'lim paradigma (modeli)lari. Pedagogik paradigma (yunoncha «paradeigma» — misol, namuna) — pedagogika fani rivojining ma'lum bosqichida ta'limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida ilmiy pedagogik hamjamiyat tomonidan e'tirof etilgan nazariy hamda metodologik ko'rsatmalar to'plami bo'lib, u ta'limning konseptual modeli sifatida qo'llaniladi. Bugungi kunda ta'limning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan:
Ayni vaqtda ta'lim paradigmalarini belgilashga nisbatan uch xil yondashuv mavjud:
1. Qadriyatli (aksiologik) yondashuv-madaniyat inson hayotining
mazmuni sifatida tushuniladi.
Faoliyatli yondashuv asosan madaniyat moddiy va ma'naviy boyliklarini yaratishga yo'naltirilgan faoliyatning sinalgan usullari sifatida talqin etiladi.
Shaxsiy yondashuv — madaniyat muayyan shaxs timsolida namoyon bo'ladi.
Madaniyatga nisbatan turli yondashuvlarning mavjudligi bir qator paradigmalarning yaratilishiga zamin yaratadi. Har bir paradigma muayyan ta'limiy muammolarni hal etishga yo'naltiriladi. Xususan:
muayyan bilim, ko'nikma va malakalarning qimmatli hisoblanishi.
Ayni vaqtda quyidagi paradigmalar mavjud:
1. Bilim olishning an'anaviy paradigmasi (modeli) (J.Majo, L.Kro, J.Kapel va boshqalar) Unga ko'ra ta'limning asosiy maqsadi — «Bilim, qanchalik qiyin bo'lmasin bilim olish». An'anaviy paradigma maktabning maqsadi yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari — bilim, ko'nikma va malakalar, ilg'or g'oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish hamda ularni yoshlarga yetkazish muhim ekanligini yoritadi. Bilim olish paradigmasining asosiy maqsadi: ta'lim olish, taraqqiyot va madaniyatning eng muhim elementlarini avloddan-avlodga yetkazish.