Fanidan kurs ishi mavzu


Tetiklashtiruvchi mashqlar



Yüklə 362,5 Kb.
səhifə3/5
tarix10.05.2023
ölçüsü362,5 Kb.
#110791
1   2   3   4   5
534-21 guruh Oqilova Kamola

Tetiklashtiruvchi mashqlar
Kapalaklar”
O‘yinning mazmuni: Bolalar stulchalarda o‘tirishadi.
Tarbiyachi bolalarga: «Bolalar qaranglar-a, qanday chiroyli kapalaklar; ko‘k, sariq, qizil!» Ular xuddi jonli kapalaklarga o‘xshaydi. Ko‘raylikchi, ular ucha oladilarmi? (ularni puflaydi). Qaranglar, uchib ketishdi. qani sizlar ham puflab ko‘ringlar-chi. Kimniki uzoqqa uchar ekan?
Tarbiyachi har bir kapalakning qarshisiga bittadan bolani turg‘azib qo‘yadi, bolalar kapalakka qarab puflaydilar.
O‘yin bir necha marotaba takrorlanadi. Bunda bolalarning to‘g‘ri turishiga, nafas olganlarida elkalarining ko‘tarilmasligiga ahamiyat berib borish kerak. Bolalar bir nafas chiqarishda, havo olmasdan turib, biron narsani puflashlari kerak. Lablar biroz cho‘chchaygan bo‘ladi. Har bir bola biror narsani 10 soniyadan (orasidan tanaffus qilish bilan) ortiq puflamasligi kerak. Endi “Dd” harflari bilan tanishamiz. Bosh “D” va kichik “d” ko‘rgazmadan, rasmli alifbodan, maxsus tayyorlangan ko‘rgazmadan (bosma shakli) ko‘rsatiladi. Bosh “D” harfi ko‘rsatilib, bu harfning qanday shakli? (Bosh shakli — Bosh D harfi) Bosh “D” harfi bilan qaysi so‘zlar yoziladi? Bu (“D”) qanday harf? (Bu kichik “d”harfi) U qaysi so‘zlarda yoziladi? (dutor, doira...) Men ko‘rsatgan “Dd” harflarini nimalarda o‘qiysiz? Nima uchun “D” harflari ko‘k rangda yozilgan? SHundan so‘ng kesma “Dd” harflari ,,Harf kassasi"ga qo‘yiladi


Bolalar uchun amaliy ish.
Tarbiyachi: Bolajonlar, kelinglar hammamiz plastilindan “D” harfini yasaymiz. Buning uchun “D” harfining shakliga diqqat bilan qarab olib, plastilindan shu shaklni yasaymiz.

Bolalar “D” harfi haqida quvnoq she’r eshiting.
Oyijonim olmani-
To‘rt bo‘lakka bo‘ldilar:
Bir bo‘lagin ko‘rsatib,
D”ga o‘xshar, dedilar. “D” harfli bo‘g‘in tuzish va uni o‘qish. Tarbiyachi harf terish kartoni, xattaxta tagligiga yoki xattaxtaga di,du,do‘,ad, id,od, o‘d bo‘g‘inlarini tuzib, yozib qo‘ygan bo‘ladi. Uni bolalarga o‘zi o‘qib namuna ko‘rsatadi. Bolalar bilan xo‘r bo‘lib o‘qiydi. So‘ng yakka-yakka o‘qitadi. Bunda “D” tovushiini ichda saqlab, keyin unlini qo‘shib birga o‘qish lozimligi amaliy ko‘rsatiladi.
SHu bo‘g‘inlar qayta bolalarning o‘zlariga tuzdiriladi va o‘qitiladi. Bunda tarbiyachi “Da” deydi va yo‘llanma beradi: avval qaysi tovushni eshityapsan (“D” tovushini), o‘shani ,,Harf jildi "dan olib qo‘y. “Daa”, endi oxirida qaysi tovushni eshityapsan? (“a” tovushini) “D” harfining qaeriga “a” harfini qo‘yasan? (orqasiga) Tuzgan bo‘g‘iniingni o‘qi: “Da”. (Qolgan bolalar o‘z joylarida kesma harflardan foydalanib bo‘g‘in tuzadilar ) SHu tartibda di,du,do‘,ad, id,od, o‘d bo‘g‘inlari tuzdiriladi va o‘qitiladi.

Yüklə 362,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin