Fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Glossariy: Bank o‘tkazmalari



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə17/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

Glossariy:
Bank o‘tkazmalari – bu hisob-kitobli bank operatsiyasi bo‘lib, telegraf, pochta orqali yoki o‘zgacha usulda bir bankdan boshqa bankka to‘lov topshiriqnomasini o‘tkazishdir. Bunday topshiriqnomalar – bank buyruqlari, bank-korrespondentlariga yo‘naltirilgan va benefisiarlarga aniq pul summasi to‘lovi haqidagi taqdim etilgan cheklar va boshqa to‘lov hujjatlaridir.
SWIFT tizimi – butunjahon banklararo telekomunikatsiya uyushmasi. Bu bankkka 200 dan ortiq tijoriy banklar a’zo bo‘lgan, shulardan 30 dan ortig‘i Rossiyadan. Har bitta to‘lov topshiriqnomasi qayd etilgan order bilan tuziladi. Uning kopiyasi o‘z hisobidan manfaatdor tomonga ko‘chirma asosida yuboriladi.
Inkasso – bu bank tomonidan to‘lovlarni, akseptlarni qabul qilish va to‘lovlarga yoki akseptlarga qarshi shuningdek, boshqa shartlarga ko‘ra hujjatlarni yetkazishga asoslangan, hujjatlar bilan qabul qilingan yo‘riqnomalarga ko‘ra amalga oshiriladigan xisob-kitob turi.
Akkreditiv” - bank operatsiyasi bo‘lib, unga binoan bank mijozning ko‘rsatmasiga muvofiq, agar mablag‘ni oluvchi akkreditivda nazarda tutilgan hujjat va boshqa shartlarni bajarganligi taqdim etilgan bo‘lsa, uchinchi shaxsga to‘lovni bajarish majburiyatini oladi.

3-MAVZU. BITIMLARNI KOLLIZION MASALALARI. ELEKTRON ShARTNOMALAR VA SMART KONTRAKTLAR.
Reja:
1. Umumiy masalalar;
2. Shartnomaviy munsabatlarga nisbatan qo‘llaniladigan huquq;
3. Tashqi iqtisodiy bitmning shakli va turlari;
4. Elektron shartnomalar;
5. Smart kontraktlar;
6. Blokcheyin texnologiyalarining huquqiy jixatlari.


Shartnomaga nisbatan huquq normalarini tanlash va qo‘llash
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1189-moddasiga ko‘ra xorijiy element mavjud bo‘lgan shartnomalar qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollardan tashqari uning tomonlari tanlagan mamlakat huquqi vositasida tartibga solinadi.
Ushbu moddaning mazmuni shartnoma tomonlarini muayyan mamlakatda amal qiluvchi huquqiy tartibotnigina tanlash huquqiga ega bo‘lib, huquqning va oqilonalikning etakchi qoidalarini tanlash imkoniyatiga ega emaslar deya talqin etilmog‘i lozim.
Shartnoma taraflari shartnomaning barcha qismiga yoki uning ayrim bo‘lagiga nisbatan qo‘llaniladigan huquqni tanlashlari mumkin. Bunda shartnoma tuzish paytida ham, keyinchalik ham qo‘llaniladigan huquq tanlanishi mumkin. Shuningdek, shartnoma taraflari shartnomaga nisbatan qo‘llaniladigan huquqni o‘zgartirish masalasini hal etishlari mumkin.
Amalda ko‘pchilik hollarda tomonlar shartnoma tuzar ekanlar, unga nisbatan qaysi mamlakat huquqini qo‘llash lozimligi masalasini hal etish haqida o‘ylab ko‘rmaydilar.
Agar shartnoma tuzuvchi taraflar o‘rtasidagi kelishuv bilan shartnoma munosabatlari qaysi mamlakat huquqiga bo‘ysundirilganligi masalasi ifoda etilmagan bo‘lsa, u holda O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1190-moddasiga ko‘ra, qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquq kolliziya normalari asosida hal etiladi.
Qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquq to‘g‘risida shartnoma taraflarining kelishuvi bo‘lmagan taqdirda, bu shartnomaga nisbatan:

  1. oldi-sotdi shartnomasida – sotuvchi;

  2. mulk ijarasi shartnomasida – ijaraga beruvchi;

  3. alohida huquqlardan foydalanish to‘g‘risidagi litsenziya bitimida – litsenziyachi;

  4. hadya shartnomasida – hadya qiluvchi;

  5. mol-mulkdan tekin foydalanish shartnomasida – ssuda beruvchi;

  6. pudrat shartnomasida – pudratchi;

  7. yo‘lovchi, bagaj va yuk tashish shartnomasida – tashuvchi;

  8. transport ekspeditsiyasi shartnomasida – ekspeditor;

  9. qarz shartnomasida yoki boshqa kredit shartnomasida-kreditor;

  10. topshiriq shartnomasida – ishonchli vakil;

  11. vositachilik shartnomasida – vositachi;

  12. omonat saqlash shartnomasida – saqlovchi;

  13. sug‘urta shartnomasida – sug‘urtalovchi;

  14. kafillik shartnomasida – kafil;

  15. garov to‘g‘risidagi shartnomada – garovga qo‘yuvchi hisoblanuvchi taraf ta’sis etilgan, turar joyiga ega bo‘lgan yoki asosiy faoliyat joyi bo‘lgan mamlakat huquqi qo‘llaniladi.

Qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquq to‘g‘risida shartnoma taraflarining kelishuvi bo‘lmagan taqdirda, yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan qoidalaridan qat’i nazar:
1) ko‘chmas mulk to‘g‘risidagi shartnomaga nisbatan – bu mulk turgan mamlakatning huquqi;
2) birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnomaga va qurilish pudrati shartnomasiga nisbatan ana shunday faoliyat amalga oshirilayotgan yoki shartnomada nazarda tutilgan natijalar yaratilayotgan mamlakatning huquqi;
3) kimoshdi savdosida, tanlov bo‘yicha yoki birjada tuzilgan shartnomaga nisbatan kimoshdi savdosi, tanlov o‘tkazilayotgan yoki birja joylashgan mamlakatning huquqi qo‘llaniladi.
Qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquq to‘g‘risida taraflarning kelishuvi bo‘lmagan taqdirda, boshqa shartnomalarga bunday shartnomaning mazmuni uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ijroni amalga oshirayotgan taraf ta’sis etgan, turar joyiga ega bo‘lgan yoki asosiy faoliyat joyi bo‘lgan mamlakatning huquqi qo‘llaniladi. Shartnomaning mazmuni uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘lgan ijroni aniqlashning imkoniyati bo‘lmagan taqdirda shartnoma eng uzviy bog‘langan mamlakatning huquqi asosida tartibga solinadi.
Shartnomaga nisbatan qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquqni aniqlash yo‘li bilan shartnomaning majburiy tartiboti belgilanadi. Majburiy tartibot asosida shartnoma bo‘yicha taraflarning majburiyatlari, ularni ijro etmaslik oqibatlari (muddatning o‘tib ketishi, lozim darajada ijro etmaslik) belgilanadi va aniqlanadi. Javobgarlikdan ozod qilish majburiyati ham majburiy tartibot bilan belgilanadi.
Shartnoma tuzilayotganida u qaysi qonunchilik tomonidan tartibga solinishini taraflar belgilashi mumkin. Taraflar erk muxtoriyati prinsiplariga ko‘ra tanlash huquqiga ega. Taraflarning o‘z xohishiga binoan shartnoma mazmunini belgilash huquqi ushbu muxtoriyatni tashkil qiladi.
Bizning qonunchiligimizda bitimning shakliga nisbatan huquqni qo‘llashga maxsus yondashish namoyon bo‘lmoqda (O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 1181-moddasi).
Shartnoma taraflari kelishuvi asosida huquqni tanlashning muhim ahamiyatini tan olgan holda, O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi qonunga ko‘ra tanlashni cheklash imkoniyatiga yo‘l qo‘yadi (agar qonunda boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, taraflarning kelishuvi bo‘yicha tanlangan tomonning huquqi bilan shartnoma tartibga solinadi). Kollizion bog‘lovchilarining bo‘linishiga yo‘l qo‘yiladi: shartnoma taraflari qo‘llaniladigan huquqni umuman shartnoma uchun ham, uning alohida qismlari uchun ham tanlab olishlari mumkin. Qo‘llaniladigan huquq taraflar tomonidan shartnoma tuzilayotganda ham, undan keyin ham istalgan vaqtda tanlanishi mumkin bo‘lgan: taraflar, shuningdek istalgan vaqtda qo‘llaniladigan huquqni o‘zgartirish to‘g‘risida kelishib olishlari mumkin bo‘lgan imkoniyat to‘g‘risidagi qoida taraflarning manfaatlariga oid.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida qayd etilgan kollizion normalarning tizimi Vengriya, Shveysariya va boshqa mamlakatlardagi shartnoma majburiyatlarini kollizion tartibga solish tajribasini aks ettiradi, ammo uning bir farqi mavjud: bu mamlakatlarning qonunlari tashqi iqtisodiy shartnomalarni tashqi iqtisodiyotga oid bo‘lmagan shartnomalardan ajratmaydi.
Qator mamlakatlarda taraflar tomonidan qo‘llaniladigan huquqni tanlab olish imkoniyati shartnomaning mahalliylashtirish shartlari, ularning o‘rtasida oqilona aloqa: shartnomaga muayyan tartibda u bilan bog‘liq bo‘lgan huquq qo‘llanilishi mumkinligi tomonlaridan chegaralangan.
Xalqaro oldi-sotdi va boshqa shartnoma majburiyatlaridan tartibga solish uchun qo‘llaniladigan huquqni taraflar tomonidan tanlab olish to‘g‘risida bu sohada kollizion huquqni yagonalashtirgan xalqaro konvensiyalarda gapirib o‘tiladi.
1955-yildagi xalqaro mol-mulkning oldi-sotdisiga qo‘llaniladigan huquq to‘g‘risida Gaaga Konvensiyasi taraflar tomonidan belgilangan mamlakatning ichki huquqiga savdo-sotiqni bo‘ysundiradi. Bunday belgilash aniq ifodalanishi yoki shartnoma shartlaridan ikkilanmasdan kelib chiqishi shart. Taraflar tomonidan bu huquq belgilanmagan taqdirda oldi-sotdi sotuvchining buyurtma olish paytida doimiy yashash mamlakatining ichki huquqi bilan tartibga solinadi (buyurtma sotuvchining korxonasi tomonidan qabul qilingan taqdirda, korxona joylashgan mamlakatning ichki huquqi qo‘llanilishi lozim), lekin sotib oluvchining doimiy yashash mamlakati yoki buyurtma bergan korxona joylashgan mamlakatida buyurtma qabul qilingan taqdirda, oldi-sotdiga ushbu mamlakatning ichki huquqi qo‘llaniladi.
1985-yilda mollarning xalqaro oldi-sotdi shartnomalariga qo‘llaniladigan huquq to‘g‘risidagi konvensiya qoidalari oldi-sotdi shartnomasiga taraflar tomonidan tanlab olingan huquq qo‘llanilishini ko‘rsatadi (7-modda, 1-band). 7-moddaga muvofiq taraflar qo‘llanila digan huquqni tanlab olishmagan taqdirda, oldi-sotdi shartnomasi sotuvchining shartnoma tuzish vaqtida tijorat korxonasi joylashgan davlat huquqi bilan tartibga solinadi. Boshqacha aytganda, ushbu holda shartnoma sotuvchi joylashgan mamlakatning huquqi tomonidan tartibga solinishi lozim.
Shunday qilib, bu masalada ega bo‘lgan xalqaro bitimlar (1955-yildagi Gaaga Konvensiyasi) tajribasi inobatga olingan.
Yevropa Kengashiga a’zo bo‘lgan mamlakatlarda shartnoma majburiyatlarining kollizion masalalarini tartibga solish asosini 1980-yildagi shartnoma majburiyatlariga qo‘llaniladigan huquq to‘g‘risidagi konvensiya qoidalari tashkil qiladi. Jismoniy shaxslar maqomi, vorislikka oid shartnoma majburiyatlari, ashyoviy huquq, nikoh munosabatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, oilaviy munosabatlar, veksel, chek va boshqa aylanma hujjatlardan kelib chiqqan, kompaniyalar huquqi va bir qancha boshqa masalalarga konvensiya qoidalari amal qilmaydi.

Yüklə 19,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin