Fanidan o‘quv-uslubiy majmua



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə4/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

I.O‘QUV MATERIALLARI


1–MAVZU. Xalqaro xususiy huquq mohiyati, tamoyillari, manbalari va sub’ektlari.
Reja:



  1. Xalqaro xususiy huquqning predmeti.

  2. Xalqaro xususiy huquqning tuzilishi (tarkibiy qismlari).

  3. Xalыaro xususiy huhuqning sub’ektlari

Xalqaro xususiy huquq xalqaro huquq tizimida o‘quv darsligi va yuridik fanning bir tarmog‘i sifatida tan olingan alohida soha hisoblanadi. Ushbu soha xalqaro hayot sharoitida yuz beradigan xususiy, ya’ni fuqarolik huquqi va fuqarolik protsessual huquqi bilan tartibga solinadigan, shuningdek oilaviy va mehnat munosabatlarini o‘z ichiga oladi. Ushbu munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishining tartibga solinishi hamda nizo chiqqan taqdirda ularning hal qilinishi o‘ziga xos xususiyatlarga ega. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksida (FKning 1158-moddasi) xalqaro xususiy huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlar "chet el elementi bilan murakkablashgan fuqarolik-huquqiy munosabatlar" sifatida ta’riflanadi. Lekin bu yetarli emas. Chet el elementi bilan murakkablashgan munosabatlarning keng tarqalgan ko‘rinishlarda bo‘lishi, chet el huquqi sub’ektlarining turli davlat fuqaroligiga mansub bo‘lishi, ob’ektlarining turli davlatlar hududida joylashgan bo‘lishi, ushbu munosabatlarning vujudga kelishi, o‘zgarishi va bekor bo‘lishi uchun asos bo‘lgan yuridik faktlarni muayyan mamlakat huquqi orqali baholash, nizolarni muayyan hududda va o‘z vaqtida oldini olish, bartaraf qilish, hal etishni talab qiladi. Xalqaro hayotda bunga o‘xshash masalalarning turlari har xil bo‘lishi mumkin, ularni biron bir ro‘yxat bilan cheklab ham bo‘lmaydi, shuning uchun ular munosabatlarni turli sharoitda, turli ravishda murakkablashtirib yuborilishi uchun sabab bo‘ladi. Xususiy-huquqiy munosabatlarning murakkablashishida ba’zi xalqaro shartnomalar alohida o‘rin egallaydi. Bular qatoriga, masalan 1928 yildagi Bustamante Kodeksi (xalqaro xususiy huquq Kodeksi), 1980 yildagi Xalqaro oldi-sotdi shartnomalar to‘g‘risidagi BMTning Konvensiyasi, 1988 yildagi Xalqaro moliyaviy lizing to‘g‘risidagi Konvensiya, Xalqaro havo yo‘llariga tegishli ba’zi qoidalarni birxillashtirish to‘g‘risidagi 1929 yildagi Varshava Konvensiyasi va boshqalar kiradi. Ushbu manbalar vositasida chet el elementi bilan mu rakkablashgan munosabatlar, tovarlarni xalqaro oldi-sotdi, xalqaro moliyaviy lizing, xalqaro havo yo‘llarida yo‘lovchilar va yuklarni tashish to‘g‘risidagi tushunchalar, ularni tartibga solish tartib va qoidalari belgilanadi.
"Xalqaro huquq", "xalqaro xususiy huquq" tushunchalari turli ma’noga ega. "Xalqaro huquq" davlatlar, hokimiyat organlari o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, ya’ni ommaviy-huquqiy manfaatlar bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan huquqiy me’yorlar majmuidan iborat. "Xalqaro xususiy huquq" fuqarolik-huquqiy munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan normalardan tashkil topgan bo‘lib, ushbu munosabatlarning doirasi, tarkibiy qismlari biron-bir mamlakat chegarasi bilan cheklanib qolmaydi, xalqaro hayot ko‘lamida tabiiy hodisa sifatida rivoj topadi.
Xalqaro xususiy huquqning Xalqaro huquq (ommaviy huquq)dan farqi yana shundan iboratki, fuqarolik-xuquqiy munosabatlar bo‘yicha vujudga kelishi mumkin bo‘lgan nizolar ommaviy huquq qoidalariga o‘xshab diplomatik yo‘l bilan emas, balki fuqarolik da’vo qo‘zg‘atish yo‘li bilan sud yoki arbitraj organlarida ko‘riladi.
"Xalqaro huquq" va "Xalqaro xususiy huquq" normalari vositasida tartibga solinadigan munosabatlarning har birining o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lishidan qat’i nazar, ular o‘rtasida uzviy bog‘lanish mavjud. Turli davlatlar jismoniy va yuridik shaxslari ishtirokida "xalqaro xususiy huquq" normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlar vujudga kelishi uchun mazkur jismoniy va yuridik shaxclar davlatlarining o‘rtasida "xalqaro huquq", ya’ni ommaviy huquq normalari bilan tartibga solinadigan munosabatlar o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Umuman olganda xalqaro huquq va xalqaro xususiy huquqning vujudga kelishida boshlang‘ich yagona asos bor. Bunday asoslar qatoriga xalqaro huquqning umum tan olingan tamoyillari va normalari, jumladan davlatlarning mustaqilligi tan olinishi, xalqaro nizolarning tinchlik yo‘li bilan hal qilinishi, ichki ishlarga aralashmaslik, inson huquqlarining barcha tomonidan hurmat qilinishi, xalqaro majburiyatlarning vijdonan, bekamiko‘st bajarilishi va boshqa umumbashariy tamoyillar kiradi.
Xalqaro xususiy huquq normalari vositasida faqat bitta davlat ichidagi va ushbu davlatning milliy qonunchiligi bilan tartibga solinadigan munosabatlar emas, balki uning doirasidan chetga chiqadigan, ya’ni turli davlatlar o‘rtasidagi, shuning bilan birga davlat milliy qonun-qoidalariga bevosita taalluqli bo‘lgan va ularda nazarda tutilgan munosabatlar tartibga solinadi. Biron-bir mamlakat fuqarosining huquqiy maqomining boshqa mamlakatda belgilanishi yoki uning asarining ushbu mamlakatda chop etilishi, turli transportda (havo, temir yo‘l, avtomobil) yuk va yo‘lovchilarni chet elga tashilishi, chet el firmasi bilan birgalikda korxonalar tashkil etilishi, muayyan davlat fuqarosining boshqa davlat fuqarosi bilan nikohdan o‘tishi va boshqa shaxsiy, mulkiy masalalar va ushbu masalalar yuzasidan sodir bo‘lgan nizolarni hal qilish va boshqa turli muammolarni tartibga solish muayyan davlatning ichki milliy qonunlari bilan emas, balki xalqaro xususiy huquq normalari yordamida amalga oshiriladi.
Xalqaro xususiy huquq davlatning ichki turli huquq sohalari (fuqarolik huquqi, oila huquqi, mehnat huquqi, fuqarolik protsessual huquq va h.k.) normalaridan, shuningdek kollizion, ya’ni turli davlatlar normalarining to‘qnashishidan tashkil topgan alohida huquq sohasidan iborat. Uning tabiati va predmetini ifodalovchi jiddiy va fundamental muammolar ustida izlanishlar, mubohasalar, tortishuvlar uzluksiz davom etmoqda. Ushbu masala bo‘yicha hurmatli talabalar o‘z fikrlarini bildirishlarini mamnuniyat bilan qabul qilamiz.

Yüklə 19,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin