Fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Fan dasturi…………………………………………………………………....123



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə3/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

Fan dasturi…………………………………………………………………....123
Ishchi o‘quv dasturi…………………………………………….......................123
Tarqatma materiallar.............................................................................124-127
Kazuslar.......................................................................................................128-130
Baholash mezonlari...................................................................................131-135
ADABIYoTLAR............................................................................................135-136

KIRISh
XX asr oxirgi o‘n yilligining boshida jahon siyosiy xaritasida yangi davlat – O‘zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi va u so‘zsiz ravishda barcha davlatlarda va jahon hamjamiyati tomonidan e’tirof etildi. Albatta o‘zbek xalqi o‘zining ming yillik boy davlatchilik tarixiga ega. Biroq bu tarix XIX asr ikkinchi yarmidan boshlab, Rossiya imperiyasiga qaramlik va mustabid ittifoq davrida ancha xira tortgan, uzilish vujudga kelgan edi.
Bu uzilishning barham topishi o‘ziga xos tarixiy adolat tantanasi hisoblanadi. Odatda ko‘p hollarda biror davlat mustaqilligining shakllanishi, uni yuridik rasmiylashtirish va boshqa davlatlar tomonidan tan olinishi ziddiyatlar, kurashlar bilan o‘ylab, yuzlab yillar davom etadi. Mamlakatimizda bu jarayon ham ichki, ham tashqi jihatdan keskin ziddiyatlarsiz ro‘y berdi. Buning sababi shundaki, xalqlar tomonidan ham istalgan natija edi. Ikkinchidan, davlat mustaqilligini huquqiy rasmiylashtirish izchillik qoidalariga to‘la muvofiq ravishda I.A.Karimov boshchiligidagi rahbariyat tomonidan amalga oshirildi. Shu sababli ham mamlakatimiz mustaqilligining huquqiy shakllanish jarayonini yana bir eslash talabalar uchun ham, boshqa o‘quvchilar uchun ham ibratlidir.
O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi tomonidan 1990 yil 20 iyunda "Mustaqillik Deklaratsiyasi"1 qabul qilindi. O‘zbekiston davlat hokimiyatining Oliy idorasi respublikamizda yashovchi har bir kishining farovon hayot kechirishini ta’minlashni o‘zining bosh maqsadi deb bilib, O‘zbekiston xalqining kelajagi uchun tarixiy mas’uliyatini xis etgan holda, xalqaro huquq qoidalariga, umumbashariy qadriyatlarga va demokratik tamoyillarga asoslanib respublikamizning Davlat mustaqilligini e’lon qildi. O‘zbek davlatchiligi ushbu olamshumul tarixiy voqeani respublika fuqarolari bilan birga taraqqiyoparvar jamoatchilik zo‘r shodlik va ko‘tarinki ruh bilan kutib oldi.
Mazkur Deklaratsiyaga asoslanib O‘zbekiston Respublikasining Oliy Kengashi 1991 yil 31 avgustda "O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi Asoslari to‘g‘risida"2 qonun qabul qildi.
O‘zbekiston Respublikasi xalqaro munosabatlarning to‘liq sub’ekti bo‘lish imkoniyatiga erishdi. Mustaqillikning asosiy tamoyillari O‘zbekiston Respublikasining 1991 yil 8 noyabrda qabul qilingan qonuni bilan yuridik jihatdan mustahkamlandi.


Yüklə 19,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin