Muhokama qiling: Mazkur korxona transmilliy korporatsiya xisoblanadimi? Qanday koxonalar tansmilliy hisoblanadi? Sho‘ba korxonasiga va vakolatxonaga huquqiy tavsif bering. Qayta tashkil etishni tavsiflang va xoldingni huquqiy tabiyatini izohlang.
1. Quyidagi vaziyatlarni ko‘rib chiqish taklif etiladi: A. Rossiya hududida Turkmaniston fuqarosi tomonidan jinoyat sodir etilishi;
B. Bolgariya fuqarolarining aliment to‘lash to‘g‘risida O‘zbekistonning vakolatli organlariga murojaat qilishi;
V. O‘zbekistondagi tashkilot va xorijiy firma o‘rtasida bitim tuzish;
G. Qozog‘iston fuqarosining Inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga murojaat qilishi;
D. Turli fuqarolikka ega bo‘lgan va O‘zbekistonda istiqomat qiluvchi er-xotin o‘rtasidagi mulkni bo‘lish masalasidagi munosabatlar;
Ye. O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasida tovar ayirboshlash va to‘lovlar to‘g‘risida shartnoma tayyorlash.
Savollar: 1. Yuqoridagi vaziyatlarning birortasida xalqaro huquqiy munosabatlar yuzaga keladimi? Agar yuzaga kelsa, unda qaysi birida? Javobingizni asoslang. 2. Yuqorida keltirilgan misollar orasidan xalqaro davlatlararo munosabatlar xarakteridagi hamda nodavlat xarakterdagi xalqaro munosabatlar keltirilgan vaziyatlarni ko‘rsating. 2. quyida keltirilgan har bir fikrni baholang va “to‘g‘ri”sini ko‘rsating: 1) xalqaro huquq – bu davlatlar tomonidan yaratilgan huquq; 2) xalqaro huquq – bu xalqaro huquq sub’ektlari uchun yaratilgan huquq; 3) xalqaro huquq – bu xalqaro huquq sub’ektlari tomonidan yaratilgan huquq; 4) xalqaro huquq – bu xalqaro huquq sub’ektlari o‘rtasida yaratilgan bitimlar natijada yaratilgan huquq. 3. Davlatlar xalqaro huquq normalariga rioya qiladilar, chunki ular: xalqaro javobgarlikdan qo‘rqishadi;
bunga o‘rganishgan;
xalqaro huquq normalariga rioya qilishni talab qiladigan dunyo jamoatchilik fikrini hurmat qiladilar;
bu ularning manfaatlariga mos keladi, deb o‘ylashadi;
xalqaro huquq normalari ahamiyatini va qadrini tushunadilar;
ularning xalqaro siyosati umume’tirof etilgan standartlarga muvofiq bo‘lishini istaydilar.
Ushbu savol bo‘yicha o‘z fikringizni bayon eting. 4. Xalqaro huquq mavjud emas, chunki: xalqaro qonun chiqaruvchi hokimiyat yo‘q; samarali xalqaro sud mavjud emas; xalqaro huquq normalari tez-tez buzilib turadi; xalqaro majburlash mexanizmlari mavjud emas; xalqaro huquqning barcha sub’ektlari uchun yagona bo‘lgan normalar mavjud emas.
Siz ushbu dalil (argument)larga qo‘shilasizmi? Yo‘q deb hisoblasangiz, nima uchun? TEST 1.Xalqaro shartnomalarning autentligini aniqlash shakllari?
A) parafirlash va ad referendum imzolash
B) yozma yoki og‘zaki bayonnoma orqali
C) maxsus normativ-huquqiy hujjat orqali
D) harakat yoki sukut orqali
2.Xalqaro huquqiy tan olish o‘z tabiatiga ko‘ra:
A) Davlat vakolatidan tashqarida yuz beradigan jarayon hisoblanadi.
B) Davlatlarning majburiyati hisoblanadi
C) Davlatning huquqi hisoblanadi
D) Hukumatlar uchun majburiy jarayon hisoblanadi.
3. Tobaro doktrinasiga ko‘ra…
A) Tan olish destinatorga (adresatga) tegishli sifatni ma'lum qilmaydi, balki uning paydo bo‘lganligini qayd etadi va destinator bilan aloqalarni amalga oshirishni yengillashtiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi.
B) Ichki davlat to‘ntarishidan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan hukumat o‘z mamlakati aholisi tomonidan “tan olinmaguncha” boshqa davlatlar tomonidan hukumat sifatida tan olinmasligi lozim.
C) Faqat tan olish destinatoriga (adresatiga) tegishli sifatni beradi, ya'ni davlatga – xalqaro huquqiy sub'ektlikni hukumatga – o‘z davlati nomidan xalqaro munosabatlarda ishtirok etish huquqini beradi.
D) Xalqaro huquqiy tan olishning hech qanday ahamiyati yo‘q.
4. Estrada doktrinasiga ko‘ra:
A) Faqat tan olish, tan olish destinatoriga (adresatiga) tegishli sifatni beradi, ya'ni davlatga – xalqaro huquqiy sub'ektlikni hukumatga – o‘z davlati nomidan xalqaro munosabatlarda ishtirok etish huquqini beradi
B) Ichki davlat to‘ntarishidan so‘ng hokimiyat tepasiga kelgan hukumat o‘z mamlakati aholisi tomonidan “tan olinmaguncha” boshqa davlatlar tomonidan hukumat sifatida tan olinmasligi lozim.
C) Hukumatni tan olishning alohida akti zarurligi inkor qilinib, tan olishning faqatgina bir usuliga – diplomatik munosabatlarni saqlab qolish yoki o‘rnatishga yo‘l qo‘yiladi.
D) Tan olish destinatorga (adresatga) tegishli sifatni ma'lum qilmaydi, balki uning paydo bo‘lganligini qayd etadi va destinator bilan aloqalarni amalga oshirishni yengillashtiruvchi vosita bo‘lib xizmat qiladi
5. Rasman tan olishning qanday shakllari mavjud
A) De jure, de facto, ad hoc.
B) Ad hoc.
C) Status quo
D) Tabula rasa.
6. “de jure”, “de facto” va “ad hoc” shakllari o‘rtasidagi farq nimada namoyon bo‘ladi?
A) Tan oladigan va tan olinadigan sub'ektlarning o‘zaro munosabatlaridan kelib chiqadigan oqibatlarning hajmida aks etadi.
B) Xalqaro huquq sub'ektlarining o‘zaro munosabatlari natijasida yuzaga keladigan majburiyatlarda aks etadi.
C) Tan oladigan va tan olinadigan sub'ektlarning o‘zaro munosabatlaridan kelib chiqadigan huquqlarda aks etadi.
D) Tan oladigan va tan olinadigan sub'ektlarning o‘zaro munosabatlari orqali ularning huquq va majburiyatlari hajmida aks etadi.
7. “de jure” tan olish:
A) To‘liq, yakuniy tan olish.
B) Muayyan davlat yoki hukumatning uzoq yashashi va hayotiy qobiliyatiga unchalik ishonmaslikni namoyon qilish.
C) Muayyan holat bo‘yicha davlat yoki hukumatni tan olish.
D) To‘liq, lekin faktik tan olish
8. Diplomatik munosabatlarning o‘rnatilishi qanday tan olish shaklini keltirib chiqaradi
A) De jure.
B) De facto.
C) Ad hoc.
D) Ultimus.
9. “ad hoc” tan olish:
A) Muayyan davlat yoki hukumatning uzoq yashashi va hayotiy qobiliyatiga unchalik ishonmaslikni namoyon qilish.
B) To‘liq, yakuniy tan olish.
C) To‘liq, yakuniy tan olish.
D) Aniq holat bo‘yicha tan olish.
10. Xalqaro huquqiy tan olishning qanday turlari mavjud
A) Davlatlar va hukumatlarni tan olish.
B) Millatlarni tan olish, Qo‘zg‘olon ko‘targan yoki urushayotgan tomonlarni, qarshilik ko‘rsatish tashkilotlarini tan olish.
C) Xalqaro tashkilotlarni tan olish.
D) Barcha javoblar to‘g‘ri