Fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Auditoriyada oraliq uchun muammoli vaziyat



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə10/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

Auditoriyada oraliq uchun muammoli vaziyat
1. Rossiya Federatsiyasi xususiy huquqiy nizo doirasida o‘zining cheklangan immunitetidan foydalanib kelgan. Rossiya Federatsiyasiga tegishli bo‘lgan rasmlar galereyasi Yevropaga olib chiqilganida, nizolashayotgan tarafning talabiga asosan Yevropada mazkur mulkka ta’qiq o‘rnatildi va Rossiya Federatsiyasi o‘zining shartnomaviy majburiyatini bajarmaguncha yoki nizo sud tomonidan hal etilmaguncha ta’qiq yechilmasligi ko‘rsatildi.
Muhokama qiling: Yevropa sudi tomonidan o‘rnatilgan ta’qiq asoslimi, mazkur holatda davlat immuniteti qo‘llanilishi doirasini ko‘rsating va huquqiy baho bering.


Auditoriyadan tashqari oraliq uchun muammoli vaziyat
1. O‘zbekiston korxonasi bilan Amerika korxonasi o‘rtasida tuzilgan xalqaro oldi-sotdi shartnomasiga amerika korxonasining talabi bilan Amerika qonunchiligi bilan o‘rnatilgan eksort cheklovlariga (Masalan, tovarlarni uchinchi mamlakatga sotmaslik bilan bog‘liq ) amal qilish bilan bog‘liq bo‘lgan izoh kiritilgan.
Muhokama qiling: Bunday izohlar qanday xususiyatlarga ega? Ushbu qoidalarni buzilishi sud yoki arbitrajga murojaat qilishga asos bo‘la oladimi va bunday talablar milliy sud yoki arbitrajlar tomonidan qo‘llab quvvatlanadimi?


Yakuniy nazorat uchun muammoli savollar
1. Fuqaro A. Yaponiya fuqarosi, Toshkent viloyatida yashaydi, uning otasi O‘zbekiston fuqarosi. A.ning qizi endigina 5 yoshga to‘lganida u vafot etdi. Pasport olish yoshiga yetgan qizga O‘zbekiston fuqaroligini berishni rad etishdi, holbuki, u ham Toshkentda tug‘ilgan. Hozir u fuqaroligi bo‘lmagan shaxs hisoblanadi.
Muhokama qiling: Hokimiyat organlari xodimlarining harakatiga huquqiy baho bering. Qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquqni ko‘rsating va uni muhokama qiling?
2. O‘zbekiston Respublikasi hududida plastikni qayta ishlovchi va granula ishlab chiqaruvchi qo‘shma korxona ko‘rinishidagi yirik korporatsiya tashkil etildi. Mazkur korporatsiyaning Rossiya Federatsiyasida vakolatxonasi mavjud, shuningdek, korporatsiya xom-ashyolar sotib olish va mahsulotlarini sotish maqsadida bir necha davlatlarda o‘zining sho‘ba korxonasini hamda vakolatxonalarini ochmoqchi. Shuningdek, korporatsiyaning maqsadi tashkiliy huquqiy shaklini aksiyadorlik jamiyatiga aylantirib, chiqindilarni qayta ishlashga yo‘naltirilgan yirik xolding tashqil etmoqchi.

Yüklə 19,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin