1. O‘zbekiston Respublikasi korxonasi bilan Xitoy kompaniyasi pudrat shartnomasini tuzishdi. Xitoy kompaniyasi shartnoma shartiga ko‘ra sahnani bezatish uchun turli sahna bezaklarini tayyorlash majburiyatini olgan. Shartnoma bir necha bosqichlarda ijro etilishi belgilangan: bezak na’munalarini tayyorlash va buyurtmachi bilan kelishish, deraza va eshik pardalari xamda plastik ko‘rinishdagi bezaklarni tayyorlash va boshqa mayda detallar. Eshik va deraza pardalarini tayyorlash uchun materiallar O‘z.Res. korxonasiga yetkazib berildi. Xitoy kompaniyasi o‘z majburiyatlarni bajardi, ammo O‘z.Res. korxonasi tovar haqini o‘z vaqtida to‘lamadi.
Savol:Mazukur munosabatni muhokama qiling. Taraflar o‘rtasidagi munosabatni tartibga soluvchi huquqni aniqlang. Mazkur vaziyatga nisbatan 1980 yildagi Xalqaro oldi-sotdi shartnomalari to‘g‘risidagi Vena konvensiyasi tadbiq etiladimi?
2. O‘zbekiston tashkiloti va chet el firmasi o‘rtasida quyidagicha shakillantirilgan shartnoma XXH nuqtai nazaridan to‘g‘rimi: “Mazkur shartnoma yuzasidan vujudga keladigan, taraflarning huquq va majburiyatlari subsidiar tartibda O‘z.Res. qonunchiligi va XXH normalari bilan, ayrim holatlarda BMTning 1980 yildagi Tovarlarni xalqaro oldi-sotdi shartnomalari to‘g‘risidagi konvensiya va INKOTERMS–2010 qoidalari bilan belgilanadi”?
3. O‘zbekiston tashkiloti (sotuvchi) va Finya firmasi (sotib oluvchi) o‘rtasida tuzilgan oldi-sotdi shartnomasi yuzasidan nizo kelib chiqsa 1964 yildagi Tovarlarni xalqaro oldi-sotdi shartnomalari to‘g‘risidagi Gaaga konvesiyasi, shuningdek, Xalqaro savdo palatasi tomonidan ishlab chiqilgan, Namunaviy xalqaro oldi-sotdi shartnomalari (XSP №556 nashr) qoidalari qo‘llanilishini kelishilgan.
Savol:Mazkur shartnoma qoidasini qo‘llaniladigan huquqni belgilovchi asos sifatida foydalanish mumkinmi? O‘z.Res. sudida masalani xal qilishda qanday shartnomada ko‘rsatilgan normalarni qo‘llash lozim?
4. Toshkent shahrida Rossiya va O‘zbekiston tashkilotlari o‘rtasida tovarlarni xalqaro oldi-sotdi qilish shartnomasi tuzildi. Taraflar o‘rtasida nizo kelib chiqqanida, da’vogar RF arbitraj sudiga da’vo bilan murojaat qildi. Nizoni ko‘rib chiqish jarayonida MDHga ishtirokchi bo‘lgan davlatlar tashkilotlari o‘rtasida “Tovarlarni yetkazib berishning umumiy shartlari to‘g‘risida”gi kelishuv va 1980 yildagi “Tovarlarni xalqaro oldi-sotdi shartnomalari” to‘g‘risidagi Konvensiyalar o‘rtasida hujjatlarning yuridik kuchini aniqlash yuzasidan muammo kelib chiqdi, masalani xal qilish esa ikkala xalqaro hujjatlarning doirasiga kiradi. Da’vogarning talabiga ko‘ra, mazkur munosabat Vena konvensiyasi qoidalariga muvofiq tartibga solinishi lozim, javobgar esa “Tovarlarni yetkazib berishning umumiy shartlari to‘g‘risida”gi kelishuv qoidalarini qo‘llashni talab qilmoqda.
Savol:Masalani yuqorida keltirilgan tegishli xalqaro hujjatlar doirasida xal qiling, shuningdek, “O‘zbekiston Respublikasi xalqaro shartnomalari to‘g‘risida”gi 1995 yildagi Qonun va 1969 yildagi “Xalqaro shartnomalar huquqi to‘g‘risida”gi Vena Konvensiyasining yuridik kuchini aniqlang.
5. Taraflar tashqi iqtisodiy bitim imzolashib, shartnomaga nisbatan O‘z.Res. qonuni qo‘llanilishi to‘g‘risida kelishib olishdi. Shu bilan birga shartnoma ijrosi yuzasidan da’vo muddatini ham 6 yil qilib belgilashdi. Nizo kelib chiqqanidan so‘ng taraflardan biri 4 yil muddat o‘tganidan keyin Xalqaro arbitraj sudiga murojaat qildi. Masalani ko‘rib chiqish jarayonida Xalqaro arbitrajda da’vo muddatini taraflar kelishuviga ko‘ra o‘zgartirilganligiga nisbatan shubxa tug‘ildi.
Savol:Taraflar kelishuviga muvofiq qo‘llanilishi lozim bo‘lgan huquq yoki kollizion normalar milliy huquqning imperativ normalari xuddi ommaviy tartib kabi chet el huquqiga nisbatan muayyan ustunlikga egami?
6. Turkmanistonlik va O‘zbekistonlik tadbirkorlar Qozog‘iston Respublikasida tashkil etilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlari ko‘rgazmasida “Tovar yetkazib berish to‘g‘risida” yozma bitim imzoladilar.