Fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Smart kontraktlar va blokcheynlar



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə23/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

Smart kontraktlar va blokcheynlar
Odam ishtirokisiz elektron vositalar orqali, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomaning yangi turlarini ham tuzish imkoniyatlari paydo bo‘layotganligi "aqlli shartnomalar" misolida ushbu yo‘nalishda yurisprudensiya sohasida ham yangi davr boshlanayotganligidan dalolat bermoqda. Bugungi kunda "aqlli shartnomalar"ning umum qabul qilingan ta'rifi mavjud emas, bu hodisa o‘zining juda yangi tabiati va murakkab texnologik asosiga ko‘ra ajralib turishini ta'kidlash zarur."Aqlli shartnoma" tushunchasiga berilgan ta'riflarga e'tibor qaratsak, ularning ko‘pchilig "majburiyatlarni avtomatlashtirilgan bajarilishi" degan konsepsiyani atrofida birlashgan.Shartnoma tushunchasiga keltirilgan hamda ilmiy doktrinal ta'riflarning tahlili quyidagi xulosalar chiqarishga imkon beradi: ularda yuridik tushunchalarni va axborot texnologiyalar sohasidagi tushunchalar bilan birlashtirishga harakat qilingan.
Qolaversa, mualliflarning axborot texnologiyalar sohasiga oid tushunchalar va atamalardan sof yuridik kategoriyalarga ta'rif berishda foydalanishga intilishi yaqqol ko‘zga tashlanadi. Bu o‘z navbatida ikki umuman bir-biriga turdosh bo‘lmagan sohalarga taaluqli tushunchalarni birlashuvi hodisasi yuz berib, ma'lum murakkab bo‘lgan qiyinchiliklar va qarama-qarshiliklarni ham keltirib chiqarishi tabiiy. Buning isbotini "aqlli shartnoma"ga ta'rif berishda keng foydalanilayotgan ikkita yondashuv: "dastur kodi" yoki "huquqiy shartnoma” misolida ko‘rishimiz mumkin.
Sodda qilib aytganda, aqlli shartnoma - bu tuzilishi va to‘liq amalga oshirilishi avtomatlashtirilgan shartnomadir. Shartnomani tuzish va uni amalga oshirishning avtomatlashtirish bo‘yicha ilk tadqiqotlar o‘tkazgan olimlardan biri Nick Szaboning qayd etishicha, "aqlli shartnoma shartnoma shartlarini bajaradigan kompyuterlashtirilgan tranzit algoritmidir". Lekin, mazkur ta'rif "aqlli shartnomalar"ni boshqa alla qachon avtomatlashtirilgan shartnoma turlaridan (misol uchun, Yevropa davlatlarida O‘tgan asrda qo‘llanilishi boshlangan tanga yoki pul summasini kiritish orqali ma'lum oldi-sotdi shartnomalarni bajaradigan avtomat uskunalari orqali tuziladigan shartnomalardan) farqlash imkonini bermaydi.
Avtomatlashtirilgan avtomatlar bilan solishtirganda aqlli shartnomalarda prinsipial jihatdan qanday yangilik mavjud degan savol tug‘ilishi tabiiy. Aqlli shartnomalarning yangilik darajasi va uning samardorligi haqida valyuta bozorida kompyuter texnologiyalari asosida tuziladigan shartnomalarning tutgan o‘rnini eslashni o‘zi kifoya. Mazkur kompyuter tizimi tomonidan boshqariladigan dastur sifatida amalga oshiriladigan savdolar natijasida 2018 yil holatiga ko‘ra, AQSh birjalarida sotiladigan aksiyalarning 75% dan ortiqi avtomatlashtirilgan savdo tizimining buyurtmalaridan kelib chiqadi.
Mazkur muallifning fikricha, blokcheynni shartnoma sohasida ikkala tomonning shartnomaviy ishlash jarayonini avtomatlashtirishga imkon beradi. Eski maktab avtomatlari faqat bir tomonning harakatlanishini avtomatlashtiradi, bu esa boshqa tomonning shaxsiy ishtirokini talab qiladi (masalan, tanga kiritish yoki bank kartasini qo‘llash).
Har ikkala tomonning ishlashi to‘liq avtomatlashtiriladigan bo‘lsa, shartnomada yangi sifat paydo bo‘ladi. Blokchaynga asoslangan shartnomalarning yana bir o‘ziga xos xususiyati shundaki, ular nafaqat shartnomaviy ishlarni avtomatlashtirishni, balki tuzish jarayonini ham avtomatlashtirishga imkon beradi. Ba'zan esa shartnoma taraflari tomonidan harakat qiladigan elektron agentlar tomonidan ham tuzilishi mumkin.
Yuqorida aytilganlarning barchasi shuni ko‘rsatadiki, "aqlli shartnomalar" shartnoma tuzishning mavjud modellaridan ancha farq qilib, ular kiberhujumdan himoyalanishni ham o‘zida aks ettiradi.

Yüklə 19,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin