Fanidan o‘quv-uslubiy majmua


Free Sotuvchi tashuvchigacha yetkazib beradi Cost



Yüklə 19,78 Mb.
səhifə22/74
tarix20.11.2023
ölçüsü19,78 Mb.
#165561
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74
Халқаро хусусий ҳуқуқ УМК

Free
Sotuvchi tashuvchigacha yetkazib beradi

Cost
Sotuvchi tashuvchigacha yetkazib beradi va transportning tashish to‘lovlarini to‘laydi

Delivery
Sotuvchi sotib oluvchi mamlakatiga yetkazib beradi


INKOTERMS 2010

E

EXW

Ex Works

Franko-zavod

F

FCA
FAS
FOB

Free Carrier
Free Alongside Ship
Free On Board

Franko-tashuvchi
Kema borti bo‘ylab erkin
Bortga erkin

C

CFR
CIF
CPT
CIP

Cost and Freight
Cost, Insurance and Freight
Carriage Paid To
Carriage and Insurance Paid To

Qiymat va fraxt
Qiymat, sug‘urta va fraxt
…gacha tashish to‘langan
…gacha tashish va sug‘urta to‘langan

D

DAP
DAT
DDP

Delivered at Place
Delivered at Terminal
Delivered Duty Paid

Belgilangan joyiga yetkazib berish
Terminalga yetkazib berish
Bojni to‘lab yetkazib berish

INKOTERMS 2010 da 11 ta termin mavjud bo‘lib, ulardan 7 tasini istalgan transport turlarida asosiy tashishni tashkillashtirish mumkin:
EXW (ex works, franko-zavod): Tovar sotuvchining shartnomada ko‘rsatilgan joydan (zavodidan, omboridan va boshqa) olib ketiladi va eksport bojlarini to‘lash sotib oluvchining zimmasida bo‘ladi.
FCA (free carrier, franko-tashuvchi): tovar sotib oluvchining asosiy tashuvchisiga shartnomada ko‘rsatilgan joyga yetkazib beriladi.
CPT (carriage paid to…, …gacha tashish to‘langan): tovar sotib oluvchining asosiy tashuvchisiga yetkazib beriladi, shartnomada ko‘rsatilgan yuk yetkazib beriladigan joygacha bo‘lgan asosiy tashish haqini sotuvchi to‘laydi, sug‘urta haqini, import bojlarini sotib oluvchi to‘laydi va asosiy tashuvchi yukni yetkazib bergan joydan yukni sotib oluvchining o‘zi olib ketadi.
CIP (carriage and insurance paid to…, …gacha tashish va sug‘urta to‘langan): mazkur termin ham CPT bilan bir xil, ammo bunda asosiy tashishni sug‘urtalash sotuvchi tomonidan amalga oshiriladi.
DAP (delivered at place, belgilangan joyiga yetkazib berish): sotuvchi yetkazib berishni amalga oshiradi, qachon mahsulot belgilangan joyiga yetkazib berilgan transport vositasida sotib oluchi tasarrufiga beriladi. Sotuvchi belgilangan joyiga yetkazib berish bilan bog‘liq barcha xavfni oladi.
DAT (delivered at terminal, terminalga yetkazib berish): shartnomada ko‘rsatilgan bojxona terminaligacha yetkazib berish haqi, jumladan, eksport bojlari va asosiy tashish haqi, shuningdek sug‘urta to‘lovlari ham sotuvchi tomonidan to‘lanadi, bojxonadan yukni olib ketish sotib oluvchi tomonidan amalga oshiriladi.
DDP (delivered duty paid, bojni to‘lab yetkazib berish): tovar sotib oluvchiga shartnomada ko‘rsatilgan joyga yetkazib beriladi, bunda barcha to‘lovlar xavfi yuzasidan barcha majburiyatlar sotuvchi zimmasida bo‘ladi.
Shuningdek, INKOTERMS 2010 da faqatgina dengiz transporti va hududiy suv transportlarida yuk tashish uchun foydalanilishi mumkin bo‘lgan 4 ta termin mavjud:
FOB (free on board, bortga erkin): tovar sotib oluvchining kemasiga yuklab beriladi. Sotuvchining tovarning zarar ko‘rish yoki shikastlash xavfi yuzasidan majburiyatlari yuk kemaga ortilgan paytdan boshlab to‘lanadi.
FAS (free alongside ship, kema borti bo‘ylab erkin): sotib oluvchining kema borti bo‘ylab tovarni sotuvchi olib boradi, shartnomada yuk tushiriladigan port ko‘rsatiladi, tashish haqini va yuklab tushirish xarajatlarini sotib oluvchi to‘laydi.
CFR (cost and freight, qiymat va fraxt): tovar sotib oluvchining shartnomada ko‘rsatilgan bortiga yetkazib beriladi. Sotuvchi kerak bo‘lgan shartnomalar tuzadi va hamma xarajatlarni va fraxt haqlarini to‘laydi.
CIF (cost, insurance and freight, qiymat, sug‘urta va fraxt): deyarli CFR bilan o‘xshash, ammo bunda asosiy tashish bo‘yicha sug‘urta to‘lovlarini sotuvchi amalga oshiradi. 

Yüklə 19,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin