Hisobotga ilovalar, tushuntirishlar va ma’lumotlar. Buxgalteriya hisoboti avvalom bor korxona mulki tarkibi hamda korxona moliya natijalarini ko‘rsatib beradi. Undan tashqari, bu hisobotda boshqa korxonalar bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar, moliya tashkilotlari va bank muassasalari bilan bo‘ladigan hisob-kitoblar aks ettiriladi. Hisobot ma’lumotlarini mana shunday to‘liq berilishi shu bilan belgilanadiki, korxona mustaqil iqtisodiy ob’ekt deb qaraladi.
Yillik buxgalteriya hisobotiga 15-20 varaqdan ko‘p bo‘lmagan tushuntirish xati ilova qilinadi. Bu tushuntirish xatida korxona faoliyati so‘nggi natijasiga ta’sir etgan asosiy omillar, korxonaning yillik hisoboti natijalari bo‘yicha qabul qilgan qarorlari va sof foyda taqsimlanishi, buxgalteriya hujjatlarini tekshirish haqida auditor xulosasi ko‘rsatib o‘tiladi. Agar yil boshiga boshlang‘ich balans o‘zgartirilgan bo‘lsa, u holda tushuntirish xatida o‘zgartirish sabablari ko‘rsatib o‘tiladi. SHu ningdek, unda hisobot yilidagidan boshqacha hisob siyosatini qo‘llashga doir qaror qilingan bo‘lsa, u haqida ham ma’lumot beriladi.
Mavzuni mustahkamlash uchun topshiriq va masalalar Topshiriq - hisobot yilida schyotlarning bosh va oxirigi qoldiqlari haqidagi ma’lumotlar asosida “Sarbon” MCHJ ning balansini tuzish
Topshiriqni bajarish uchun ma’lumotlar Buxgalteriya hisobi schyotlarining qoldig‘i (ming so‘mda)
Schyotning nomeri va nomi
Bosh qoldiq
Oxirgi qoldiq
Debet
kredit
Debet
Kredit
01- “Asosiy vositalar ”
shu jumladan, bino va inshoatlar
0002- “Asosiy vositalarni eskirishi”
0004- Nomoddiy aktivlar
0005- “Nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi”
1000- “Materiallar”
2010- “Asosiy ishlab chiqarish”
2810- “Tayyor mahsulot ”
5010- “Kassa”
5110 “Hisob-kitob schyoti”
6010- “Mol etkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan schyotlar”
4010-“Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan schyotlar”
6810-“Qisqamuddatli bank kreditlari”
7810-“Uzoq muddatli bank kreditlari”
6240- “Soliqlar va majburiy to‘lovlar kechtirilgan majburiyatlar”
6510- “Sug‘urta bo‘yicha to‘lov”
6710-“Mehnat haqi bo‘yicha xodim bilan hisob-kitoblar ”
6970- “Hisobdor shaxslarga berilgan qarz”
8300- “Ustav kapitali”
8520- “Rezerv kapitali”
Jami