Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə20/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Jak Savart (1622-1690) - buyuk fransuz yuristi va buxgalteri, «Tijorat kodeksiwning asoschisi (1673-yil), alohida korxona xo'jalik faoliyatini buxgalterlik hisobining predmeti deb hisoblagan, hisobning sintetik va analitik hisob turlariga bo'linishini asoslab bergan. Ikkita balans tuzish zarurligini ko'rsatib bergan: bittasi bosh daftar schotlari bo'yicha va ikkinchisi inventarizatsiya ro'yxatlari bo'yicha, ushbu balanslar o'rtasida odatda, har doim tafovutlar bo'lishini ta’kidlagan. U savdo kalkulatsiyasini tuzish uslubini birinchi marta bayon qilib bergan. I
U xronoiogik jumalni murakkab yozuvlami aks ettirish uchun qulay qilish maqsadida unga summalar uchun ikkita ustun (xususiy va umumiy) kiiitgan.
Keyinchalik A.Mendels (1803 y.) va E.Degranj (1802 y.) buxgalterlik amaliyotiga xronoiogik va sistematik yozuvlami kiritish zarurligini asoslagan. A.Mendels xo'jalik operatsiyalarini ro'yxatga olish jumalidagi oborotlar yig'indisining bosh daftardagi debet oborotlar va kredit oborotlar yig'indisiga teng bo'lishi lozimligini asoslagan.
J.P.Savari zamonaviy buxgalteriya hisobining asosiy tushun- chalaridan biri: schotlaming sintetik schotlar va analitik schotlarga; hisob registrlarining sintetik va analitik hisob registrlariga bo'linishini asoslagan. U ikkita postulat ishlab chiqqan:

  1. barcha analitik schotlar qoldiqlarining yig'indisi ular qaysi sintetik schotga taalluqli bo'lsa, uning qoldig'iga teng bo'lishi kerak;

  2. barcha analitik schotlaming debet va kredit oborotlari stunmasi ular qaysi sintetik schotga taalluqli bo'lsa, uning debet va kredit oborotiga teng bo'lishi lozim.

J.B.Dyumarshe hisobchilikning integral shaklini ishlab chiqqan. Uning mazmuni shundan iboratki, birinchi darajali har bir schotga debet va kreditga ajratish uchun ikkita sinxronistik yozuv jumali ochilishi lozim. Ushbu shakl buxgalteriya hisobining jumal-order shaklini yaratish uchun katta ahamiyat kasb etgan. Bu shakl bo'yicha schotning debet oboroti kreditlanuvchi schotlar ko'rsatilgan holda vedomost tomonida, kredit oboroti esa debetlanuvchi schotlar ko'rsatilgan holda jumal-order tomonida aks ettiriladi. Shuningdek, J.B.Dyumarshe Buxgalterlar xalqaro gerbining asoschisi hatn hisoblanadi.
Fransiyalik olimlar Ye.Leote va A.Gilbio schotning uchta: hisobchilik, ijtimoiy va iqtisodiy funksiyalarini ilgari surgan.
1673-yilda Fransiyaning Tijorat Kodeksiga muvofiq har bir korxona ikki yilda bir marta balans tuzishi talab qilingan. Shu tariqa moliyaviy hisobotning asosiy foydalanuvchisi -- investorlar davri vujudga kelgan.
4. Germaniya maktabi
XX asming birinchi yarmida Germaniya buxgalterlar maktabi ustunlik qila boshlagan.
Ulaming yorqin namoyondalaridan biri I.F.Sher bo'lib, u buxgalteriya hisobining asosini schotlar etnas, balki balans tashkil etadi deb hisoblagan. U buxgalteriya hisobining tuzilishi va mazmunini umumiylikdan xususiylikka qarab o'rgangan.
Italiya maktabi ham, fransiya maktabi ham xususiylikdan umumiylikka tomon harakatlangan. I.F.Sher tomonidan yaratilgan hisob nazariyasi balans nazariyasi deb atalgan.

  1. .F.Sher kapital tenglamasini ishlab chiqqan:

A-M=K (Aktiv - Majburiyat = Kapital)
Ushbu tenglama Sher postulati deb ataladi. Uning mazmuni korxona kapitali uning aktivlari va majburiyatlari o'rtasidagi farq sifatida aniqlanishini bildiradi. Bundan balans tenglamasi keltirib chiqarilgan. .
A=K +M (Aktiv - Kapital + Majburiyat)
Shunday qilib, I.F.Sher nazariyasiga ko'ra, har qanday hisobchilikning asosini balans tashkil etadi.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin