Fyodor Venediktovich Yezerskiy (1836-1916) - Hisob maktabining ilmiga ulkan hissa qo'shgan olimlardan - rus buxgalteri, hisobshunoslikning uch yoqlama shaklini kashf etgan. U hisobni korxona mablag‘larining doiraviy aylanishini aks ettirish uchun yetarli bo'lgan uchta: «Qiymatliklar», «Pullar» va «Kapital» schotlariga birlashtirgan. Yezerskiy uch yoqlama hisobshunoslik istalgan vaqlda mulkdorga korxona moliyaviy ^^^^^^^^Hnatijasini taqdim etish va korxona o‘z xarajatlarini qoplaydigan lhamda sof foyda olib boshlaydigan sanani belgilashga yordam berishi tufayli ikkiyoqlama yozuvning kamchiliklarini barlaraf etadi deb hisoblagan. U tovarlar ustamasini hisobga olish maqsadga muvofiqligini va uni statistik hisob-kilob qilish mumkinligini ko'rsatgan.
Moisey Xaritonovich Jebrak (1889-1962) - rus buxgalteri, xarajatlami hisobga olish va tannarxni kalkulatsiyalash me’yoriy(normaliv) usulning («Standard costs» ning variantiaridan biri) asoschisi. Bu usul sanoat korxonalarida keng qo'llanilgan. Jebrak xarajatlami tahlil qilish chog'ida korxona ma’muriyati ulami tayyorlagan buyumlar bilan etnas, balki ushbu buyumlarni tayyorlagan mas’ul shaxslar bilan solishtirish lozimligini ko‘rsat-| gan. U schotlami iqtisodiy mohiyatiga ko'ra yagona tasniflashl larafdori bo'lgan.
Aleksey Pavlovich Rudanovskiy (1863-1934) - rus buxgalteri, statikani(balansning o'zini) hamda dinamikani (moliyaviy nalijalar to‘g‘risidagi hisobotni u budjet deb nomlagan) o‘z ichiga olgan balans tuzgan, hisobga olinadigan obyektlami qayta baholashga yo‘l qo'ymaslikka ahd qilgan, natijaviy schotlardan keng foydalanishni tavsiya qilgan. Bilvosita xarajatlami ular qaysi hisobot davrida vujudga kelgan bo‘lsa, shu davrda hisobdan o'chirilishini talab qilgan, fond degan buxgalterlik kategoriyasini(kapita) o'miga) qo'llashni asoslagan, bosh buxgalter faqat yuqori tashkilotning bosh buxgalteriga bo'ysunishi va hech qachon istalgan bo'g'in rahbariga bo'ysunmasligini isbotlagan.
Yaroslav Vyacheslavich Sokolov (1938-yilda tug‘ilgan) - buxgalterlar sulolasining uchinchi. avlodi, Rossiya professional buxgalterlari institutining prezidenti, buxgalteriya hisobi va moliyaviy hisobotni isloh qilish bo'yicha idoralararo komissiya raisining muovini. U 1959-yiJi F.Engels nomli Leningrad savdo institutining hisob-iqtisod fakultetini tamomlagan. 1976-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan va shu yilning kuzida unga professor ilmiy unvoni berilgan, Lning ilmiy qiziqish sohasi buxgalteriya hisobining fundamental asoslarini va uning rivojlanish tarixini tadqiq qilish bilan bog'liq. Y.V.Sokolov 300 dan ortiq ilmiy asarlar muallift bo'lib, bu asarlaming ko‘pchiligi AQSH, Xitoy, Shvetsariya, Polsha, Chexiya va dunyoning boshqa inamlakatlarda chop etilgan.
Y.V.Sokolov o'quv-uslubiy ishlarga va buxgalteriya hisobi va nazorat sohasidagi ilg'or g'oyalami targ‘ib qilishga katta e’tibor berib kelmoqda, ommaviy axborot vositalarida buxgaterlik kasbining obro‘- sini ko'tarishga qaratilgan chiqishlari bilan qatnashmoqda.
7.Mustaqillik yillarida hisob ilmining rivojlanishl Yuqorida ta’kidlaganimizdek, hisobning rivojlanishi har bir mamlakatning tarixiy va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti kabi omillar bilan bog‘liq.
Mustaqillik davrida mamlakatimizda bozor iqtisodiyoti taraqqiy etgan mamlakatlar tajribasini inobatga olgan holda buxgalterlik hisobi, hisobot va nazoratning milliy tizimi shakllandi va rivojlanmoqda. Buxgalteriya hisobining nazariy va uslubiy jihatlari S.K.Qodirxonov, M.Ostonaqulov, B.Hoshimov, X.N.Musayev, A.S.Sotiboldiyev, R.R.Radjapov va boshqalar tomonidan rivojlantirildi. Buxgalteriya hisobining erkin bozor iqtisodiyoti makoniga xos quyi tizimi sifatida boshqaruv hisobini shakllantirishda S.Sh.Yuldashev, A.X.Pardayev, B.A.Hasanov, A.A.Karimov, A.A.Abdug‘aniyev, O.A.Masharipov kabi olimlar ulkan hissa qo'shmoqdalar.
Milliy buxgalteriya hisobi, hisoboti va audit tizimining huquqiy- me’yoriy bazasini yaratish va rivojlantirishda E.F.Gadoyev, T.I.Jo*- rayev, M.M.To‘laxo‘jayeva, Sh.U.Haydarov, X.A.Ortiqov, X.A.To‘x- sanov, B.Q.Abdinazarov va boshqalar faoliyat ko‘rsatmoqdalar.
Iqtisodiy tahlil, moliyaviy nazorat va auditorlik faoliyatining nazariy va uslubiy jihatlarini rivojlantirishda E.A.Akramov, I.T.Abdu- karimov, M.Q.Pardayev, Yu.M.Itkin, M.M.To‘laxo‘jayeva, D.S.Qud- biyev, N.S.Sanayev, Z.T.Mamatov, A.Usanov, N.Hasanov, B.Q.Ham- damov kabi olimlaming ilmiy ishlari salmoqli o'rin tutadi.
Tijorat banklari faoliyati, tovar-moddiy zaxiralar hisobi, tahlili va auditi masalalari yuzasidan A.Q.Qodirov, N.F.Karimov, F.Abduvo- hidov, Z.Umarovlar tomonidan ilmiy izlanish olib borilmoqda..
Ishlab chiqarish hisobi va tannarx kalkulatsiyasining ilmiy va uslubiy asoslari O.M.Jumanov, N.Yu.Jo'rayev, A.K.Ibragimov, I.Ismo- nov, A.Abdullayev, R.Xolbekov, A.Rizoqulov, A.I.Aliqulovlar asar- larida o‘z aksini topgan.
Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida investitsiyalar hisobi va auditi bo'yicha K.B.O'rozov, B.X.Pardayev, Sh.X.Ilhomov, O.Jo'rayev va boshqalar fundamental izlanishlar olib borishmoqda.
Buxgalterlik ilmining tarixiga oid tadqiqotlar natijalarini umum- lashtirish asosida buxgalterlik qachon paydo bo'lgan degan savolga to’rt xil javob berilib, bu to’rttala javob quyidagicha asoslanadi:
6000 yil muqaddam, ya’ni kishilik jamiyatida sodir bo’lgan faktlami maqsadli ravishda ro’yxatga olish yoki belgilab qo’yish boshlangan paytda;
500 yil muqaddam, ya’ni Luka Pacholining nomi yuqoridagi qayd qilingan kitobi(traktat) chiqqan vaqti;
100 yil muqaddam, ya’ni buxgalterlik ilmining dastlabki nazariy qurilmalari paydo bo’lgan vaqt.
Mustaqillik yillarida buxgalteriya hisobi milliy tizimining barpo bo’lishi va rivojlanishi hamda xalqoro hamjamiyatga uyg’unlashuvi.
Ushbu to’rtta javobning majmuasi buxgalterlik hisob ilmi chuqur falsafiy mushohadaga molik kasb, to'g’rirog’i ma’lum ma’noda «hunar», «san’at» ekanligi va uning evolutsiyasi to’tr davrga xos to’rtta darajada umumlashtirilishidir.
- 6000 yil oldin buxgalterlik amaliy faoliyat, hisobchilik sifatida, xo’jalik faoliyatini tushunish vositasi sifatida qo’llanilgan;
- 500 yil oldin adabiyotda muhokama qilinadigan mavzu, adabiy va madaniy tilning bir bo’lagi darajasiga ko’tarilgan;
- 100 yillardan buyon esa mustaqil fan - hisobshunoslik, hisobni tushunish vositasi, «biznesning tili» sifatida mavjuddir.
- Mustaqillik davrida buxgalteriya hisobining milliy me'yoriy-huquqiy tizimi shakllandi va bu tizim moliyaviy hisobotning xalqoro standartlarga muoviq rivojlanmoqda.
Xulosa qilib aytganda, buxgalterlik hisobi kishilik jamiyatining ibtidosidayoq vujudga kelib, insoniyat tarixidagi taraqqiyot bosqichlarini bosib o’tgan va u to yerda hayot bor ekan takomillashib boraveradi.
Nazorat savollari Buxgalteriya hisobini qanday tarixiy zarurat vujudga keltirgan?
Buxgalteriya hisobi qachon paydo bo’lgan?
Buxgalteriya hisobining rivojlanishiga qanday omillar ta’sir ko’r- satgan?
Buxgalteriya hisobining qanday asosiy maktablari bo’lgan va ulaming xususiyatlari qanday?
Buxgalteriya hisobining: Italiya, Fransiya, Germaniya, Anglo-amerika va Rossiya maktablarining xususiyatlari, ulaming asosiy vakillari va uslubiy ishlanmalari to’g’risida ma’lumot bering.
Temuriylar davlatida hisob ishlari qanday bo’lgan?
Buxgalteriya hisobining istiqbolini qanday tasawur qilasiz?