Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə69/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Buxgalteriya hisobi.
Buxgalteriya hisobi — ichki boshqarish va tashqi iste’molchilarning maqsadlari uchun joriy va yakuniy axborotni olish bilan korxonalar, tashkilotlar hamda muassasalarning xo‘jalik faoliyati ustidan uzluksiz va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan kuzatish va nazorat qilish tizimidan iborat.
Buxgalteriya hisobi yordamida xo‘jalikda mavjud bo‘lgan har xil turdagi moddiy qiymatliklar va pul mablag‘larining miqdori, boshqa korxona hamda tashkilotlar bilan hisob-kitoblarning holati, undagi boshqa resurslarning umumiy hajmi haqida ma’lumotlar olinadi; tayyorlangan materiallar, ishlab chiqarilgan va sotilgan mahsulot hajmi hamda tannarxi aniqlanadi; xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari — foyda yoki zarar hisoblab chiqiladi; korxonaning rentabelligi hamda korxona va uning tarkibiy qismlarining boshqa qator ko‘rsatkichlari hisoblab aniqlanadi.
Buxgalteriya hisobida ham operativ va statistik hisobdagi kabi barcha o‘lchov birliklari — natura, mehnat va pul o‘lchovlari qo‘llaniladi. Lekin unda pul o‘lchov birligiga alohida ahamiyat beriladi, chunki u buxgalteriya hisobining umumlashtiruvchi ko‘rsatkichlarini olish imkonini beradi. SHuning uchun pul o‘lchovida buxgalteriya hisobining barcha ob’ektlari, garchi ular natura va mehnat o‘lchovlarida aks ettirilgan bo‘lsa ham, albatta, pul o‘lchovida ifodalanadi.
Buxgalteriya hisobining eng muhim xususiyatlaridan biri shundaki, uning hujjatlarida barcha xo‘jalik operatsiyalari yoppasiga qayd qilinadi. Bu barcha xo‘jalik jarayonlarining to‘la tavsifini olish uchun zarurdir.
Buxgalteriya hisobining boshqa xususiyatlaridan biri uning hujjatlanishidir. Buxgalteriya hisobi tizimida qayd qilinadigan har bir operatsiya (xo‘jalik jarayoni) o‘sha vaqtni o‘zidayoq hujjatlashtirilishi kerak. Hujjat buxgalteriya hisobi ma’lumotlarining yagona manbayi hisoblanadi. Barcha operatsiyalarni qamrab oladigan hujjatlarning mavjudligi buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan moddiy javobgar shaxslar faoliyati ustidan nazorat qilish va boshqarish uchun asoslangan ma’lumot- larni olish imkoniyatini beradi.
Buxgalteriya hisobida yakunlangan yig‘ma ko‘rsatkichlarni olish uchun yig‘ilgan ma’lumotlarni qayta ishlashning maxsus usullaridan foydalaniladi. Bu usullarning muhim xususiyatlari shundan iboratki, ular alohida ajratib olingan korxona, tashkilot va muassasalarning butun xo‘jalik faoliyatini uzluksiz va o‘zaro bog‘langan holda aks ettirilishini ta’minlaydi.
Buxgalteriya hisobining ma’lumotlari ayrim korxona, tashkilot va muassasalar hamda ma’lum bir kompaniya tarkibiga kiradigan korxonalar guruhi bo‘yicha boshqaruv qarorlarini qabul qilish va ularning ishini audit qilish uchun audit manbayi sifatida xizmat qiladi. Buxgalteriya hisobining qator ko‘rsatkichlari umumlashgan ko‘rinishda korxonaning moliyaviy holatini baholashda qo‘llaniladi. Umumlashgan ko‘rsatkichlarning bir guruhi faoliyatni baholashda ko‘pincha buxgalteriya hiso­bining ma’lumot- lariga asoslanadigan statistika yordamida olinadi.
Bozor munosabatlarini rivojlanib borish sharoitida buxgalteriya hisobining yagona tizimi o‘zaro bog‘liq bo‘lgan ikki qismi (moliyaviy va boshqaruv hisoblari) korxona rahbariyati tomonidan ichki foydalanish uchun o‘lchanadigan, ishlanadigan va topshiriladigan hisob axborotining barcha turlarini o‘z ichiga oladi. Moliyaviy hisob rahbariyat tomonidan firma ichida qo‘llaniladigan axborotdan tashqari, tashqi foydalanuvchilarga xabar qilinadigan axborotdan iborat bo‘ladi.
Buxgalteriya hisobi — iqtisodiy fanlardan biri bo‘lib, «Buxgalteriya hisobi nazariyasi» fani buxgalteriya hisobini tashkil etish texnikasi, shakli, predmeti, ob’ekti va usullarini o‘rgatadi. Bu fan xo‘jalik tarmoq- larida buxgalteriya hisobini yuritish usullarini o‘rganib, umumlashtirib, uning ilg‘or usullarini joriy etish bilan shug‘ullanadi. SHu bilan birga bu fan boshqa mamlakatlar buxgalteriya hisobini yuritish usullarining ilg‘or shakllarini xo‘jalik tarmoqlariga joriy etish yo‘llarini ishlab chiqadi va amaliyotga joriy etishga tavsiya etadi.
Jamiyatning rivojlanib borishi bilan hisob tizimining har xil turi va uning butun tizimi ham uzluksiz ravishda rivojlanib boradi. Dastlabki ma’lu- motlarni yig‘ish texnikasi, qayta ishlash uslublari yaxshilanib boradi.
Iqtisodiyotimizdagi hisob turlari asosan quyidagi funksiyalarni bajaradi:
– iqtisodiyot tarmoqlari korxona va tashkilotlarda sodir bo‘layotgan xo‘jalik jarayonlarini kuzatib borish;
– kuzatish orqali olingan ma’lumotlarni miqdoriy ko‘rsatmalarda ifodalash;
– korxona, tashkilot, muassasa xo‘jalik faoliyatlari- ni kuzatish natijalarini maxsus hujjatlarda qayd etish;
– maxsus hujjatlarda aks ettirilgan ma’lumotlarni umumlashtirish va guruhlashtirish, xo‘jalik jarayonlari ustidan nazorat o‘rnatish va ularga ta’sir etish.
Hisobning yuqoridagi funksiyalari ayrim korxona, muassasa, tashkilot va umuman olganda butun xo‘jalik yurituvchi sub’ektning iqtisodiy jihatdan asoslangan joriy va kelgusidagi reja ko‘rsatkichlarini tuzishda, ular bajarilishi ustidan nazorat olib borishda va jamiyatni boshqarishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin