Fanidan O’quv-uslubiy majmua



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə77/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

Elektron raqamli imzo deb elektron hujjatdagi mazkur elektron hujjat axborotini elektron raqamli imzoning yopiq kalitidan foydalangan holda maxsus o'zgartirish natijasida hosil qilingan hamda elektron raqamli imzoning ochiq kaliti yordamida elektron hujjatdagi axborotda xatolik yo'qligini aniqlash va elektron raqamli imzo yopiq kalitining egasini identifikatsiya qilish imkoniyatini beradigan imzoga aytiladi.
Dastlabki kuzatish qanday ko'rinishda amalga oshirilmasin, buxgalteriya hujjatlarining yuqorida ko'rib chiqilgan turkumlanishi korxonada dastlabki hisob tizimini shakllantirishga jiddiy ta’sir
ko'rsatadi. Dastlabki hisob hisob jarayonining boshlang‘ich bosqichi bo'lib, unda xo'jalik muomalalarining ma’lumotlari o'lchanadi va hujjatlarda qayd qilinadi
Hisob ishlarining keyinchalik avtomatlashtirilishi, kishilik jamiyatiga yangi bilim obyektlarining kirib kelishi qog'oz hujjatlar bilan bir qatorda odamlar tomonidan qabul qilinishi qulay bo'lgan qog'ozsiz hujjatlami ham vujudga keltirmoqda.
Shunday qilib, dastlabki kuzatish buxgalteriya hisobi axborot tizimining asosi bo'lib xizmat qiladi. U buxgalteriya hisobini tashkil etishning boshlanishida mavjud bo'lib, dastlabki hujjatning muhim qismi hisoblanadi.
Turli tashkiliy huquqiy shakldagi xo'jalik yurituvchi subyekt- laming paydo bo'lishi va tadbirkorlikning rivojlanishi dastlabki hisobning qo'llanilish sohasini kengaytiradi. Ayni vaqtda xo'jalik muomalalarini ro'yxatga olish jarayonida avtomatlashtirishning rivojlanishi dastlabki hisobni ma’lum darajada cheklab qo'yadi. Lekin bunday cheklash xo'jalik muomalalarini ro'yxatga olish va iqtisodiy axborotlami tayyorlash sifatiga salbiy ta’sir ko'rsatmaydi. Ushbu cheklashlar quyidagilardan iborat:
s axborotlami kiritish bosqichida keraksizlarini chiqarib tashlash zaruratining oshib borishi;
г doimiy axborotlar (ishlaming tabel raqamlari, materiallaming' nomenklatura raqamlari va h.k.) ma’lumotlar bazasiga bir marta kiritiladi;
s o'zgaruvchan axborotlaming EHM xotirasiga to'liqlik va ishonchlilikka talab keskin o'sadi. Chunki boshqaruv apparatining har xil resurslardan foydalanish bo'yicha qabul qiladigan qarorlaming samarodorligi shunga bog'liq;
s dastlabki buxgalteriya hujjatlaridan har xil oraliq hisob-kitob ko'rsatkichlarining hamda doimiy rekvizitlaming chiqarib tashlanishi;
* foydalanuvchilaming dastur ta’minotga moslashuvchanligi;
s kiritiladigan ko'rsatkichlaming kodlashtirish tizimini qo'llash.
2. Hujjatlarning rekvizitlari, shakllari, ularni
unifikatsiyalash va standartlash

Buxgalteriya hisobida hujjatga asosan tegishli yozuvlami yozish uchun hujjatlarda sodir bo'lgan xo'jalik muomalasi to'g'risida to'liq ma’lumot aks ettirilishi lozim. Hujjatlarda aks ettiriladigan bunday ma’lumotlarga rekvizitlar' deyiladi.
Hujjatlaming rekvizitlari hisob obyektlariga nisbatan belgi rekvizitlari va mazmun rekvizitlariga bo'linadi.

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin