Fanidan O’quv-uslubiy majmua


КО-1-shakl КО-2-shakl



Yüklə 5,37 Mb.
səhifə75/235
tarix25.12.2023
ölçüsü5,37 Mb.
#195382
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   235
UMK БУХ ХИС 2023 TAYYOR

КО-1-shakl




КО-2-shakl

«Nurli yo’l fermer xo’ialigi»
Korxona nomi
KASSA CHIQIM ORDERI № I I

Sana

oy

01

03


Bering Allayarov Karim Urazimbetovichga
Asos xo ‘ialik xaraiatlari uchun
128000 (Bir yuz yigirma sakkiz ming) so‘m tiyin
yozuv bilin
Ilova
Bosh buxgalter Muratboyeva E.
Oldim Bir yuz yigirma sakkiz ming so‘m 00 tivin
Yozuv bilan « 01 » mart 2012_y. Imzo: Allayarov К
pasport seriva CA №690721, Amudarvo tumani [IB tomonidan
berilean, 2007-vil I9-dekabr.
Axborot ta’minoti tizimidagi maqomi bo'yicha hujjatlar oddiy hujjatlar va qat’iy hisobot blankalariga bo'linadi.
KASSA DAFTARI
1-mart 2012-y. 42-bet

Hujjat raqa- mi

Kimdan olindi yoki kimga berildi

Korresponden siyalanuvchi schot

Ki rim

Chiqi m




Kun boshiga qoldiq

X

1785-00

X

112

Xudoyorov Rustamdan - ishlatilmagan hisob- dor summa

4420

3500

-

113

Ish haqi uchun bankdan olindi

5110

156500

-

114

Sotilgan materiallar uchun

9010

15000

-

82

14-hisoblashuv-to‘lov vedomosti bo'yicha ish haqi tarqatildi

6710




50000

115

Maxsus schotdan olindi

5530

58000

-

116

Xudoyorov Rustamdan -ishlatilmagan hisob- dor summa

4420

3500

-

83

Bankka - daromad va deponent ish haqi

5110

-

8000

84

Allayarov Karimga - xo'jalik xarajatlari uchun

4430

-

28000


6.2-rasm.
Oddiy hujjatlar - eng ko‘p qo'llaniladigan dastlabki hisob hujjatlaridir. Ularga umum qabul qilingan hujjatlar aylanishi tatbiq qilinadi, tuzish va saqlashga oddiy talablar qo'yiladi.
Qat’iy hisobot blankalari maxsus shakldagi hujjatlar bo‘lib, ulaming ro'yxati O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi bilan belgilanadi.
Tuzilgan joyiga ko‘ra hujjatlar ichki va tashqi hujjatlarga bo‘linadi.
Ichki hujjatlar korxonaning o‘zida rasmiylashtiriladi va qo'llaniladi ulaming ko‘p qismi mazkur korxonada muomalada bo'ladigan hujjatlar hisoblanadi. Bularga hisobdor shaxslaming avans hisobotlari, ish vaqtini hisobga olish tabeli, asosiy vositalami hisobga olish inventar kartochkalari, kirim orderlari va boshqalar kiradi.
Tashqi hujjatlar korxonadan tashqaridagi boshqa korxona va tashkilotlar tomonidan tuziladi. Ular korxonaga kiritilayotganida ro'yxatga olinishi lozim. Bularga schot-fakturalar, to‘lov topshiriq- nomalari va shunga o‘xshashlar misol bo‘ladi. Ichki va tashqi hujjatlarga qo'yiladigan talablar asosan bir xil. Ammo barcha tashqi hujjatlar unifikatsiyalangan shakllardagi blankalarda rasmiylashtirishi lozim. Bunday shakllar bo'lmagan holda ular o‘miga majburiy rekvizitlarga ega bo'lgan boshqa hujjatlami taqdim etish mumkin.
Hisob yozuvlari qatorlarining soniga ko'ra hujjatlar bir qatorli (materiallami olish uchun talabnoma, kassa chiqim orderi) yoki ko‘p qatorli (limit-zabor kartasi, hisoblashuv-to‘lov vedomosti, to'lov vedomosti va h. k.) bo'lishlari mumkin.
Bir qatorli hujjatlar tor ixtisoslashgan tavsifga ega bo'lib bir turdagi hisob obyektlariga kiradigan bitta nomdagi obyektning harakatini aks ettirish bilan cheklanadi.
Agar hujjatlarda bir necha nomdagi obyektlaming harakatiga doir muomalalar aks ettirilsa, hatto bular bir guruh (guruhcha)ga kirgan holda ham, bunday hujjatlar ko‘p qatorli hujjatlar deyiladi. Ko'p qatorli hujjatlar so‘nggi vaqtlarda hisobchilik amaliyotida keng qo‘llanilmoqda. Ularning afzalligi axborotlaming tig‘iz joylashtirganligida bo'lib bunday hujjatlarga hisobga olinadigan obyekt bo'yicha ma’lumotlar bir marta kiritiladi. Ular buxgalteriya hisobi avtomatlashtirilgan sharoitda qulay.
Bir turdagi niuomalalarni rasmiylashtirish bo'yicha hujjatlar unifikatsiyalangan va boshqa hujjatlarga bo'linadi.
Unifikatsiyalangan hujjatlar - belgilangan tartibda tasdiqlangan va har xil mulkchilik shakli va har xil tarmoq xususiyatlariga ega korxonalarda bir turdagi xo'jalik muomalalarini rasmiylashtirish uchun mo'ljallangan hujjatlardir. Unifikatsiyalangan hujjatlarga avans hisobotlari, to'lov topshiriqnomalari, kassa kirim va chiqim orderlari va shunga o'xshashlar misol bo‘ladi. Ular mulkchilik shaklidan qat’i nazar O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko'rsatayotgan barcha korxonalarda qo‘llanilishi majburiydir.
Buxgalteriya hisobini avtomatlashtirish unifikatsiyalangan dastlab- ki hujjatlami va ulaming elektron versiyalarini ishlab chiqish hamda qo'llash imkoniyatlarini kengaytiradi.
Hujjatlami unifikatsiyalash hujjatlashtirishni tartibga solishga olib keladi. U hujjatlami standartlashtirish, ya’ni ular blankalarining bir xil hajmlarini ishlab chiqish bilan bir vaqtda amalga oshirilishi lozim. Bu hujjatlami tayyorlash uchun qog'oz sarfini kamaytiradi, ulami ishlash va saqlashni soddalashtiradi.
Yuqorida ko'rsatilgan ro'yxatga kiritilmagan hujjatlar boshqa hujjatlar toifasiga kiradi. Boshqa hujjatlarga jamlovchi hujjatlar: asosiy vositalar eskirishini hisob-kitob vedomosti, savdo ustamalarini sotilgan va sotilmagan tovarlar o'rtasida taqsjmlash vedomosti va boshqalar kiradi. .

Yüklə 5,37 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   235




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin